Reja kirish ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari
Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar
Download 56.51 Kb.
|
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki audit xizmatining tavsiflanishi 1
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar
Ichki nazorat tizimi va ichki auditning farqi quyidagicha: ichki nazorat korxonaning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki audit esa, ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki audit korxonaning ichki nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit xizmati va ichki nazorat tizimi bir-biridan farqlanadi. Tekshiruv jarayonida ichki audit tomonidan, komp’yuter xotiralariga saqlab qo’yilgan buxgalteriya muomalalar pul harakatlari noto’g’ri hisob raqamlarda aks ettirilganligi aniqlansa, bu holatda quyidagi choralar amalga oshiriladi: a) buxgalteriya hisobi shakli bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish; b) amaliy buxgalteriya dasturining sifati yoki hajmi, dastur-texnika kompleksiga baho berish; v) xatoni e’tibordan chetda qoldirgan buxgalterning professional bilimiga baho berish. 21. Oldindan o’tkaziladigan nazoratning ustuvorligi. Boshqarilayotgan ob’ektning ahvolining yomonlashuvi yoki oqsoqlanishi borasida tekshiruvning boshlang’ich bosqichlarida ogohlantirishi lozim. Bu holat nazoratdagi ob’ektning talab qilingan axvolga olib kelishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar va xarajatlarning oldini olishda yordam beradi. 22. Oldingi tekshiruvda kamchiliklar bo’yicha aniqlangan ma’lumotlardan foydalanish. Har bir nazorat jarayonida oldingi tekshiruvda aniqlangan kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarning qaytarilmasligini ta’minlaydi. 23. Rivojlanish va takomillashtirishning uzluksizligi. Vaqt o’tishi bilan hattoki boshqaruvning ilg’or usullari ham eskirib boradi. Ichki nazorat tizimini shunday tashkil etishi kerakki, u korxona faoliyatining ichki va tashqi o’zgarishlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yangi muammolarni hal etishda moslashuvchan bo’lishi kerak hamda korxonaning kengayishida zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak. Korxonada ichki audit tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashning asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdadir: Mas’uliyatlilik tamoyili: Korxonada faoliyat olib boruvchi har bir ichki audit xodimi o’z faoliyatini olib borishda iqtisodiy, ma’muriy va intizomiy mas’uliyatni his qilishi kerak. Agar xodim tomonidan mas’uliyat his qilinmasa, nazorat talab darajasida olib borilmaydi. Muvozanatni ushlab turish tamoyili. Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaning nazorat funktsiyasi qanday tarzda olib borilishi, resurslar bilan ta’minlanishi va bajarilishi bo’yicha auditor tomonidan buyruq berilmasligi lozim. Nazorat sub’ektlari tomonidan majburiyatlar korxonaning ish hajmi va imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida ma’lumot berish. Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha ma’lumot, ushbu kamchiliklar bo’yicha qisqa vaqt ichida qaror qabul qilish vakolatiga ega kishiga o’z vaqtida etkazilishi lozim. Agar ma’lumot kechiqtirilsa, salbiy oqibatlarga olib keladi. Dastlabki nazoratda oqibatlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha malumot o’z vaqtida etkazilmasa, bu nazoratni amalga oshirilishidan ma’no qolmaydi. Nazoratga oluvchi va nazoratga olingan tizimning mutanosibligi: Ichki audit tizimining murakkablik darajasi nazoratdagi tizimning murakkablik darajasiga mutanosib bo’lishi kerak, ya’ni ob’ekt bo’yicha tekshiruvni muvaffaqiyatli olib borish uchun ichki audit shu darajada murakkab bo’lishi lozim. Butlik tamoyili: Har xil turdagi ob’ektlar bir-biriga aloqador bo’lgan ichki auditni o’ziga qamrab olgan bo’lishi kerak, ya’ni audit tor doiradagi ob’ektlar bilangina chegaralanmasligi kerak. Javobgarlikning taqsimlanish tamoyili: Xodimlar o’rtasida vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quyidagi vazifalar yuklatilmasligi kerak: belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish, berilgan operatsiyalarni ro’yxatga olish, operatsiyalar bo’lganligini ta’minlash hamda ularni inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga kelmasligini oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida taqsimlash lozim. Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili: Har bir xo’jalik operatsiyalarining amalga oshirilishida vakolatli shaxs tomonidan ruxsat berilishi rasmiy ravishda ta’minlangan bo’lishi kerak. Rasmiy ruxsat bu umumiy turdagi xo’jalik operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi. Rasmiy ma’qullash bu boshqaruv tomonidan berilgan ruxsatidir. Yuqorida qayd etilgan tamoyillarning barchasi bir-biriga bog’liqdir, ularning birikishi aniq bir vaziyatdan kelib chiqadi Ichki nazorat tizimini tashkil qilish maqsadini amalga oshirish uchun alohida topshiriq lozim bo’ladi. Tashkilot rahbari ichki nazorat tizimini tashkil qilish va etarli darajada ushlab turishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: - buxgalteriya hisobotida nimaiki kiritilishi lozim bo’lsa barchasi kiritilishi kerak, shu bilan birga to’g’ri aniqlangan, klassifikatsiyalangan, to’g’ri baholangan va aniq yuritilgan; - buxgalteriya hisoboti tashkilot to’g’risida to’laligicha to’g’ri va obektiv baho berishi kerak; - tashkilot mablag’i qonunsiz o’zlashtirilgan yoki samarasiz foydalanilgan bo’lmasligi kerak; - har qanday chetga og’ishlar o’z vaqtida aniqlanishi, tahlil kilinishi va ayibdorlar javobgarlikka tortilishi kerak; - ichki hisobot tezlik bilan kerakli shaxslarga etkazilishi, ma’suliyati yuklatilgan shaxslar boshqaruv qarorini qabul qilishi kerak. Ichki audit etarli darajada bo’lishiga erishishning asosiy mezonlari quyidagilardir: - tashkiliy tuzulishning samaraliligi: - amalga oshirilayotgan tadbirlarning buxgalteriya siyosatiga mos bo’lishi: - aktivlar saqlanishiga qaratilgan tadbirlarning majburiyligi: - samarali ichki-audit dasturi. 1- chizma. Ichki audit xizmatining tavsiflanishi1 Download 56.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling