Reja: Kirish Iqtisodiyotda elastiklik
Download 0.79 Mb.
|
Reja- Kirish Iqtisodiyotda elastiklik
1. Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi. Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi. Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi) va Behavioral iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladi.
Taʼrif: Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda (ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllaniladi Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot boshlab beradi. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi, „Revue Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritiladi Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini (chekli xarajat va chekli daromadga asoslangan bozor muvozanati) yaratadi.
Elastiklik koʻrsatkichlari. Talab elastikligi Narxga bogʻliq talab elastikligi Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling