Reja: kirish jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining o’quvchilar faoliyatini tashkillash


I .BOB. JISMONIY TARBIYA DARSIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKILLASH


Download 66.88 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi66.88 Kb.
#1508715
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JISMONIY MADANIYAT MAKTAB O’QUVCHILARI SHAHSINI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA.

I .BOB.
JISMONIY TARBIYA DARSIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKILLASH.
O’quvchilarga taʼlim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sogʼlom, aqlan yetuk, maʼnaviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab taʼlimiga tayyorlashdan iboratdir. Talabalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tugʼma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha taʼlim muassasalarida oʼtkaziladigan jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanishni koʼnikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda oʼtkaziladigan jismoniy mashgʼulotlar bolalarning oʼsish va rivojlanish jarayoniga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Jismoniy rivojlanish – odam organizmi shakl va funktsiyalarining oʼzgarish jarayonidir. “Jismoniy rivojlanish” termini tor maʼnoda qoʼllaniladi, bunda u antropometrik va biometrik koʼrsatkichlarni anglatadi, chunonchi: gavda, boʼy, ogʼirligi, koʼkrak qafasi aylanasi, oʼpkalarning tiriklik sigʼimi, umurtqa pogʼonasi egikligining darajasi, qaddi-qomatning jismoniy holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tavon gumbazi oʼlchovining koʼrsatkichi, oʼng va chap panja mushaklari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlaish” terminini keng maʼnoda qoʼllaganda, unga jismoniy sifatlar( tezkorlik egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, koʼz bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Bolalarni yosh hususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini bolalarga qiziqarli metodlar yordamida tashkil etishni rejalashtirish.
Saflanish va qayta saflanish.
Bu harakat maktabgacha taʼlim muassasalaridagi mashgʼulotlarning boshidan to yakunigacha davom etadi.



Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling