Reja: Kirish Jismoniy tarbiyaning vujudga kelishi va rivojlanishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari. Jismoniy madaniyat jamiyatning rivojlanishidagi vazifalari. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi
Download 38.67 Kb.
|
11-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari
Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolari jismoniy kamolatga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir. Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismi, uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining sotsial, iktisodiy usishi darajasiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy madaniyat - muayyan tarixiy sharoitlar maxsuli. Har bir ijtimoiy-iktisodiy formatsiya jamiyat a’zolari jismining madaniyati xarakterli bo‘lib bu jisomniy madaniyat jamiyat tarakkiyotining muayyan davridagi butun bir halk boyligi, mulki bo‘lib shaxsning har taraflama barkamolligining mushtarak va majburiy sharti bo‘lib qolaveradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat (fizkultura) keng, jamlovchi tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya “fizkultura” tushunchasining tarkibiy qismi sifatida uch xil yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga oladi (B.A. Ashmarin, 1979). Maktab fizkulturasi - bolalarni jismonan tayerlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va fodalanaetgan moddiy, ma’naviy boyliklari majmuidir. Moddiy boyliklar - xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablaglar, jamiyat a’zolarining jismoniy kamoloti darajasi (sport yutuqlari) demakdir. Ma’naviy boylik - esa tarbiya tizimi yaratgan, shakllantirgan g‘oyaviy, ilmiy, tashkiliy, amaliy va maxsus ilmiy yutuqlar xisoblanadi. Jismoniy tarbiya orkali har qanday inson o‘ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini o‘zlashtiradi, shu soxa yutugi, uning shaxsi mulkiga (boyligiga) aylanadi. Jismoniy madaniyat jamiyatning rivojlanishida ma’lum xizmatlarni bajaradi: - inson harakat faoliyatini ratsional me’eri (normalari)ni belgilash;1 - fizkulturaga oid madaniy axborotni tuplash (axboriylik) xizmati va uni avloddan avlodga uzatish va tarkatishga vositachilik qiladi; - shaxslararo mulokot, o‘zaro aloqa (komunikativlik) munosabatlarni shakllantiradi; - shaxsning harakat estetikasi talabini qondirish bilan bog‘liq (estetikaga oid) xizmati; - insonning doimiy harakat qilishga bo‘lgan tabiiy talabini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va uning kundalik turmush uchun lozim darajadagi jisman - yaroklilik holatini ta’minlash (biologik) xizmati. Boshqa xizmatlari fizkulturani bazasi - sport, amaliy sog‘lomlashtirish fizkulturasi deb atalmish jismoniy madaniyat klassifikatsiyasining asosida yetadi. Jamiyat a’zosining jismoniy bilimi, jisman rivojlanganligi, jismoniy tayergarligi evaziga aktiv xaetiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yeki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. Shug‘ullanuvchilarning yeshiga qarab jismoniy rivojlanganlik, tayyorgarlik o‘zgaruvchan va o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Jismoniy madaniyatning boshlangich zamini shartli ravishda “maktabgacha va maktab fizkulturasi» orkali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yeshdagi bolalar mussasalarida umumta’lim maktablari va boshqa o‘quv tarbiya muassasalarida fizkultura o‘quv predmeti sifati da majburiy mashg‘ulot ekanligining tushunamiz. Bu o‘z navbatida umumiy jismoniy ma’lumot uchun asos yaratadi, jismoniy kobiliyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustaxkam soglikning bazasaning vujudga keli shiga sababchi bo‘ladi. Bu bilan har tomonlama bir shaxsga zarur bo‘lgan jismoniy salohiyat darajasining asosini yaratishga kafollat vujudga keladi. Maktab fizkulturasi esa tarbiyalanuvchida fizkulturaning zaminini shakllanishida asosiy poydevordir. Sport jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog‘liq bo‘lgan kobiliyatlarning rivojlanishini va usishini ta’minlaydi. Jamiyat fizkulturasining tarkibiy qismi xisoblanga sport, boshlangich ma’noda “kuch sinashaman”, “musobakalashaman” degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko‘ngil ochish, so‘ng, jismonan yuqori ko‘rsatgichga erishish vositasi, musobakalarda galaba kozonish tarzidagi faoliyat deb qaraldi. Sportning rivojlanishi asosan uch ko‘rinishda - o‘quv predmeti sifatida, ommaviy ko‘ngilli sport, “katta“ sport» tarzida ruy bermokda. O‘quv predmeti sifatida sport urta va oliy maktabda, armiyada jismoniy tarbiyaning vositasi bo‘lib xizmat kilmokda. Ommaviy ko‘ngilli sport darsdan tashkari va ish vaqtidan so‘ng davlat va jamoat tashkilotlari orkali va har bir shaxs ning initsiativi bilan amalga oshirilmokda. “Sportchi” so‘zi talaffo‘z etilganda, ko‘z ungimizga nafaqat kuchli, chidamli va chakkon hamda kaddi komati kelishgan yigit yeki kiz obrazi gavdalanibgina qolmay, irodali, to‘g‘ri, xakso‘zli, xaetga doim yaxshi umid bilan karaydigan, optimistik kayfiyatdagi, har qanday qiyinchiliklarni oson yenguvchi, kamtarin va o‘z yutuqlriga xotirjam insonni tushunamiz. Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan faoliyat bo‘lib, tarbiyaviy, va kommunikativlik funksiyasini bajaradi, lekin doimiy kasb emas. Sport ishlab chiqarishsiz faoliyat, ya’ni u moddiy ne’mat(boylik) yaratish bilan boglanmagan va o‘quv tarbiya jaraeni qonuniyatlariga buysundirilgan. Bolalar sportida yuqorida kayd kilingan ikkala belgi shunday ifodalanganki, o‘quvchilarning sport foaliyati darsdan tashkarida xisoblanib, o‘quv fani sifatida umumta’lim maktablari o‘quv rejalari va dasturlariga qisman kiritilgan va sinfdan tashkari ishlar, maktabdan tashkari muossasalaridagi mashg‘ulotlar shaklida aloxida ahamiyat, e’tibor bilan ko‘ngilli tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Sportning xarakterli alomatlarining barchasi bir butun bo‘lib, bolalar sportida o‘z aksini topgan. Uni bolaning darsdan tashkari faoliyatining turli ko‘rinishi deb belgilash ham, maxsus tayergarlik, musobakalarda katnashish yoki o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini xisobga olgan holda, oldindan belgilangan optimal harakat kobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lgan jarayon deb karash mumkin. Bolalar sporti ularning yeshi bilan chegaralangan, maxsus tayergarlikka kirishishga ruxsat beril gan muddatdan to umumta’lim maktabini bitirgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Yoshlar sporti. Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun joylashgan. Uning chegarasi yosh gruppasi bilan belgilanadi: - yoshlar, usmirlar sporti. Yeshlar sporti gruppalari asosan katta maktab yeshidagi o‘quvchilar, studentlardan tashkil topadi. Bu ibora shartli xisoblanib, sportda kizlarning ham ishtiroki nazarda tutiladi. Maktab sporti shug‘ullanuvchilarning yoshi va boshqa belgilariga qarab bolalar sportiga uxshash. Farki shundaki, bolalar sporti maktablar va maktabdan tashkari muassasalar orkali, maktab sporti esa faqat maktab o‘quvchilari bilan maktabda yo‘lga qo‘yiladi. Sport jamiyatimiz jismoniy madaniyati uchun ko‘rsatayotgan tashkari jismoniy tarbiya qilish xizmatini ham o‘zida mujassamlashtirgan. Sportda jismoniy tarbiyaning xususiy tomoni shundan iboratki, jismoniy kamolotga erishishning pedagogik tizimi mutaxassislashtiriladi va sportchining tayergarligi deb nomlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sport jismoniy madaniyat tar kibiga kiradi va mavjud jamiyat madaniyatining umumiy mulki, sport tayergarligi esa jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan bo‘lagi sifatida tarbiya tizimining manfaatiga xizmat qiladi. Ommaviy sport ham jismoniy madaniyat tarkibiga kiradi. Katta sport esa inson jismi madaniyatitning eng yuqori darajasidir. Amaliy jismoniy madaniyat - kasbga taalukli amalda qo‘llaniladigan va harbiy-amaliy fizkulturaga bo‘linadi. Ular bevosita xunar (kasb) faoliyati soxasida hamda ma’lum kasbdan kelib chikadigan talablar va mehnat sharoitiga bog‘liq maxsus tayergarlik tizimini kiritilishi bilan belgilanadi. Fizkulturaning amaliy tarlari, ularning organiq bog‘liqligi, kasbga oid amaliy tayergarlik va harbiy amaliy jismoniy tayergarlik ning umumiy jismoniy tayergarlik bazasi asosida yo‘lga qo‘yilishi, shakllanishi, vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Bundan tashkari, jismoniy madaniyatning amaliy turlari mazmuniga fizkultura va sport zaminidagi turli turkumdagi jismoniy mashqlar kiritilgan. Jismoniy madaniyat sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilishi mumkin va davolash maqsadida foydalaniladi. Shu tur fizkulturasi o‘z oldiga organizmning vaqtinchalik yo‘qolgan funksional imkoniyatlarini tiklash maqsadini qo‘yadi. Jismoniy madaniyat gigienasi ish kuni ramkasiga, kundalik turmush va dam olish rejimiga qaratilgan bo‘lib, organizmning kunlik hola tini yaxshilashga xizmat qiladi, o‘z navbatida asosiy xaetiy faoliyat funksiyasi “muxiti» (fani)ni shakllanishga imkoniyat yaratadi. Jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi xisoblangan jismoniy madaniyat madaniyatning boshqa turlari, bo‘laklari bilan tutashgan, umumiylashgan o‘zaro bog‘liqlikka ega.2 Jismoniy - madaniy va ommaviy - teatrlashtirilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiklashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy ahamiyati bepoendir. Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta ahamiyatga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofik foydalanishni, uning qaysi yo‘ldan ketaetganligi, yo‘nalishini, fizkultura amalieti, vazifalarini hal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yerdam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim(ma’lumot), umumiy jismoniy tayergarlik berish vazifalari hal kilinsa, xaeti davomida o‘quvchi jismoniy madaniyat uchun baza yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari kayd kilingan vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsa-da, fizkultura bazasining urnini almashtira olmaydi. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi: - jamiyat a’zolari kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilishi: - jamiyat a’zolarining sogligi va jismoniy tayergarligi: - jismoniy madaniy mashg‘ulotlarning moddiy-texnik ta’minlanishining mavjudligi va sifati: - fizkultura harakatiga raxbarlik kilaetgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi: - jamiyat a’zolarining sport yutuqlari. Xulosa Shunday qilib, jismoniy tarbiya inson jamiyatining karor topishi bilan vujudga keldi. Jismoniy tarbiya insonning tabiatini o‘zlashtirishga qaratilgan hayoti va faoliyatining kechishidagi abadiy tabiiy shart-sharoit sifatida muxim vosita tarzida namoyon bo‘ldi. Jismoniy tarbiya siz avlodlarning almashishi dvomida ilgor tajriba tuplanishi tasavvur qilib ham bo‘lmasdi. Ibditoiy jamoa tuzumi davrida ijtimoiy mehnat taksimoti sodir bo‘ldi, jamiyat sinflarga bo‘lina boshladi. Sinfiy jamiyat vujudga kelganga kadar rivojlangan jamiyatda jismoniy tarbiyani halkning o‘zi amalga oshirar edi, bu davrda jismoniy tarbiya halk tarbiya sistemasi ning bir qismini tashkil etardi, umumiy va kat’iy tartibda majburiy edi. Xukumron sinflar (sinfiy jamiyat shakllangandan so‘ng) jismoniy tarbiyani uzlarining iktisodiy va siesiy manfaatlariga moslab tashkil etdilar. Sobik shurolar davlati tadkikotchilari va chet ellik tarakkiypar var olimlarning olib borgan tadkikotlari shuni ko‘rsatdiki, jismoniy tarbiya bolaning usishi maromiga tashkaridan ta’sir etmay, amalga oshirilishi mumkin ekanligini, lekin bu jaroaen boshqarilsa, eng yaxshi natijalarga erishish mumkinligini isbotladi. Boshqarish imkoniyati chegarasiz emasligini ham unutmaslik lozim. Inson tabiatini o‘zgar tirish mumkin emas, shunga karamay, bolaning rezerv imkoniyatlarini tayerlanishi uchun mumkin bo‘lgan shart-sharoitni vujudga keltirish lozim bo‘ldi. Shunday rivojlanishga erishiish uchun “jismoniy tarbiya” deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil kilingan faoliyatdan foydalana boshlandi. Download 38.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling