Reja Kirish Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida umumiy tushuncha makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni o'ziga xos xususiyatlari Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar taxlili
Download 288.95 Kb.
|
Reja Kirish Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida umumiy tushunch
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Reja Kirish………………………………………………………………………..... 3 1.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida umumiy tushuncha ………...…….… 5 2.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni o'ziga xos xususiyatlari…………………....8 3.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar taxlili va ular o’zgarishini pragnozlash……. 11 4.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni barqaror o’sishini taminlash yo’lari...…… 20 Xulosa………………………………………………………………………... 25 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….…. 27 Kirish. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o'tgan davr mobaynida milliy xo'jaligimiz iqtisodiy jihatdan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi, iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib rivojlantirildi.Bundan ko'rinib turibdiki kurs ishi sifatida bu mavzuning tanlanishi bejiz emas. Chunki o'zgarib borayotgan gegrafiy-siyosiy strukturaning barcha mintaqalarda iqtisodiy ko'rsatkichlardan biri bo'lgan iste'molning ahamiyati juda katta desak mubolag'aga yo'l qo'ymagan bo'lamiz. Umuman olgandaiqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birligi sifatida uy xo'jaliklari kiritiladi. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Demak iste'mol va unga ta'sir etuvchi omillar mavzusini yoritishda uy xo'jaliklarining daromad, xarajat va joriy yildagi iste'mol ko'rsatkichlarining bazis yildagi iste'mol ko'rsatkichlari bilan o'zaro taqqoslanishi orqali ko'rsatilib beriladi. Mavzuning dolzarbligi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirishga, mamlakatimiz bozorini iste'mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Tijorat banklari tomonidan iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi korxonalarga, xususan, ularning modernizatsiya qilinishi va texnologik yangilanishiga moliyaviy ko'mak berish, yangi ish o'rinlari yaratilishi va aholining bandligi ta'minlanishida, ichki iste'mol tovarlari ishlab chikarish xajmining ko'payishi va minglab oilalar daromadlari ortishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning natijasi o'laroq quyidagi raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish xajmi 2011 yilda 11,2 %ga o'sdi, 1991 yilga nisbatan esa bu kursatkich 6,7 barobardan ziyod oshdi. Bugungi kunda iste'mol bozorini sifatli iste'mol tovarlari bilan to'ldirish, aholining iste'mol tovarlariga bulgan talabining shakllanishi va unga ta'sir etuvchi omillami o'rganish hamda savdoni shu asosda tashkil etib, iste'molchilarning talablarini to'laroq qondirilishini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish1. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importuning o`rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir. Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida “Mikroiqtisodiyot” fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar,qoidalar va xulosalarni puxta o`zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o`rganish oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. “Mikroiqtisodiyot” fanini o`qitishning maqsadi bakalavriat yo`nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti -harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bog’liq siyosatini muvofiqlashtirgan holda qo`llash va bu boradagi strategiyani to`g’ri asoslay olish ko`nikmasini shakllantirishdan iborat. Download 288.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling