Reja: Kirish. Mashinasozlik texnologiyasining rivojlanish tarixi haqida qisqacha


Download 133 Kb.
bet3/9
Sana01.03.2023
Hajmi133 Kb.
#1242197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi

Tabiat predmetlarini sifatini o’zgartirib, o’z ehtiyojini qondira oladigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayon deyiladi.
Texnologiya so’zi yunoncha so’zlar birikmasidan tashkil topgan bo’lib, texne - san’at, mahorat, ustalik yoki uddalash usulini ifodalasa, logos - o’qitish, fan so’zini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda texnologiya - mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarish tartibi-majmui yoki rejasi).
1804 y. akad. V.M. Saverin texnologiya to’g’risidagi birinchi qoidani ifodaladi va ”texnologiya - hunarmandchiliklar va zavodlar to’g’risidagi ilim” deb aniqlik kiritdi.
Texnologiyaning rivojiga russ bilimdonlari A. Andrey Choxov, M.V. Sidorov, Ya. Batish’ev, A.K. Nartov va jihozlar o’z hissalarini qo’shdilar.
Mashinasozlik texnologiyasida to’planib qolgan tajribolarni birinchilardan bo’lib tasvirlab berganlardan biri Moskva Universitetining proffessori I. Dvigubskiiy bo’ldi. 1807 y. u “Nachal’nie osnovaniya texnologii ili kratkoe opisanie rabot na zavodax i fabrikax proizvodimix” nomli kitobini yozdi.
1885 y. proffesor I.I. Timening (18381920) « Osnovi mashinostroeniya, organizatsiya mashinostroitel’nix fabrik v texnicheskom i ekonomicheskom otnoshenii i proizvodstva rabot » nomli ishi chiqdi. U birinchi bo’lib “Kesish nazariyasining asosiy qonunlarini ifodasini berdi.
1890-1900 yy. prof. A.P. Gavrilenkoning (18611914 yy.) “Tkxnologiya metallov” nomli kitobi chop etildi. Unda metallarga ishlov berish texnologiyasi tajribasining rivojlanishi umumlashtirilgan. Bu darslik rus muxandislarining bir necha avlodilari ta’lim olishlari uchun qo’llanma vazifasini bajardi.
1917 y. Sovet ittifoqi barpo etilgandan keyin dastgohsozlik sanoati yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va yuqori aniqlik beruvchi turli texnologik maqsadlar uchun turli dastgohlarni va takomillashgan keskich asboblarni yaratdi. Bularning hammasi, ittifoq muxandislari va olimlari tamonidan mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarining qonuniyatlarini ilmiy asoslarini yaratish imkonini berdi.
XX asrning boshlarida texnikaning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida to’planib qolgan turli detallarga ishlov berish, ularni yig’ish texnologik jarayonlari to’g’risidagi tajribalarni umumlashtirib ba’yon etishning zarurati paydo bo’ldi. Bundan tashqari Oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturlariga mashinasozlik texnologiyasi, moslamalarni, sexlar va zavodlarni loyihalash (masalan, “Texnologiya avtomobilestroeniya”, ”Texnologiya traktorostroeniya”, “Texnologiya stankostroeniya” va boshq.) kabi fanlar kiritildi.
Mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha birinchi mexnat natijasini chop etgan A.P. Sokolovskiy bo’ldi. Uning 1930...1935 yy.da besh tomlik kitoblari chop etildi va 1938 y.da “Nauchnie osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli mexnati chop etildi. 1933 y.da A.I. Kashirinning “Osnovi proektirovaniya texnologicheskix protsessov” va 1935 yili V.M. Kovanning «Texnologiya avtotraktorostroeniya » nomli hamda 1944 y. “Texnologiya mashinostroeniya” nomli 1959 y. “Osnovi texnologii mashinostroeniya ” va xuddi shungi o’xshash nomlik 1967 y.da MVTU ning V,M. Kovan boshchiligidagi kollektiv avtorlar nomi bilan V.S. Korsakov muxarrirligida darsliklar chop etilgan.
O’lchamlar zanjir nazarisini va bazalash qoidalarini yaratgan va texnologik ilmiy izlanishlarning echimini topish bilan ko’p shug’ullangan B.S. Balakshin 1944 yilda “Texnologiya stankostroeniya”, 1959,1966,1969 yillarda “Osnovi texnologii mashinostroeniya” darsliklarini yaratdi.
1985 y. A.A. Matalinning “Texnologiya mashinostoeniya” nomli ; 1986 y. A.A. Gusev, E.R. Koval’chuk, I.M. Kolesov va boshq. “Texnologiya mashinostoeniya” (maxsus qism) MOSSTANKIN darsliklari chop etildi. !997 va !999 yy.da I.M. Kolesovning “Osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli darsligi bunyod etildi.
1965 va 1973 yy.da B.L. Bespalov, L.A. Gleyzer, I.M. kolesov va boshq. ning “Texnologiya stankostroeniya” (maxsus qism) darsligi chop etilgan.
1998 y. MVTU-MGTU avtorlar jamoasi A.M. Dalskiy muxarrirligida 1-tom V.M. Burtsev i dr. “Osnovi texnologii mashinostroeniya” va 1999 y. G.N. Melnikov muxarrirligida 2-tom V.M. Burtsev i dr. “Texnologiya stankostroeniya” darsiklari chop etildi.
2002 y. A.G. Suslav va A.M. Dal’skining “Nauchnie osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli ilmiy monografiyasi chiqdi va 2004 y.da A.G. Suslovning “Texnologiya mashinostroeniya” nomli darsligi chiqdi.
2005 va 2007 yy.da B.M. Bazrovning “Osnovi texnologii mashinostroeniya” darsligi chop etildi.
Mashinasozlik texnologiyasi zavodlar, ilmiy-tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari jamoatlari ilm va sanoat ishchilarining katta mehnati natijalarini umumlashtirilishi asosida ilm sohasi kabi shakillanaboshladi.
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari, asosan ittifoq olimlari: B.S. Balakshin, N.A. Boradachev, K.V. Votinov, V.I. Dement’ev, F.S. Demenyuk, M.E. Egorov, A.A. Zikov, A.I. Kashirin, V.M. Kovan, V.S. Korsakov, A.A. Matalin, S.P. Mitrofanov, M.P. Novikov, A.V. Podzey, E.V. Rijov, E.A. Satel, I.A. Time, A.P. Sokolovskiy, D.V. Charnko, A.B. Yaxin, P,I. Yasheritsin va ko’p jihozlar tomonidan yaratilgan.
Agar ilm ilmiy bilimlar tizimi bo’lsa, unda bilim olish jarayoni ilmiy bilish (bilim olish) hisoblanadi.
Mashinasozlik texnologiyasi miqyosida ilmiy bilishning shakllanish jarayonini uch bosqichga ajratish mumkin: 1) texnologik jarayonlar to’g’risida empirik izlanish va empirik bilimlarning boshlang’ich yig’ilishi tug’ilishi va rivojlanish; 2) texnologik jarayonlarni bajarishda o’ringa ega bo’lgan xodisalar majmuining birinchi ilmiy suratlarining tug’ilishi; 3) nazariyalarni qurish.

Texnologik jarayonni tatbiq etishda asosan ikki masala echiladi:


1. Ehtiyojga qarab mahsulot tayyorlash talabini qoniqtirish;
2. Kam mehnat sarflab, qisqa vaqt ichida sifatli va arzon mahsulot-buyum tayyorlash.
Mashinalarni loyihalash va tayyorlash bitta jarayonning ikkita bosqichidan iboratdir. Bu bosqichlar o’zaro uzluksiz bog’lanishdadir. Loyihalash jarayonini koncnruktsiyaning texnologiyabopligini hisobga olmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Texnologiyabopgina koncnruktsiya mehnat harajatlarini tejash, aniqlikni oshirish, yuqori unumli jihozlar, moslama va asboblarni qo’llash, energiya’ni va vaqtni tejash imkonini beradi.
Konstruktsiya qancha texnologiyabop bo’lsa, uni ishlab chiqarish shuncha takomillashgan va arzon bo’ladi.
Mashinani tayyorlash bosqichida asosiy diqqat e’tibor uning sifatiga beriladi va uning eng muhim ko’rsatkichi – aniqlikka. O’tgan yuz yillik ichida detallarni tayyorlash aniqligi deyarli 2000 marta oshdi. Bunaqa ortish hech bir mashinaninig xizmat qilish tavsifida kuzatilgan emas. Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda bu, ya’ni detallarni mikrometr va mikrometrning qismi aniqligida tayyorlash norma tusini olgan. “Aniqlik” tushunchasi nafaqat o’lchamga tegishli, balki shaklga, sirtlarning o’zaro joylashishiga, detallarning fizik-mexanikaviy tavsiflariga va ularni tayyorlash muhitiga ham tegishlidir.
Ishlab chiqarish sharoitida berilgan sifatda mashinalarni yaratish, mashinasozlik texnologiyasining ilmiy asoslariga tayanadi. Mashinalarni sifatli tayyorlash jarayoni (tanavorlarni tanlash, ularga ishlov berish va detallarni yig’ish) mashinasozlik texnologiyasining qonuniyatlarini qo’llash bilan amalga oshirilishi kuzatiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining rivojlanishi bir necha bosqichlardan o’tgan. Bu bosqichlar quyidagilar: birinchi bosqich ishlab chiqarish sanoati tashkil topgandan boshlab, uni oyoqqa turg’azib tubdan yangilangunga qadar bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi (1930 y. gacha).

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling