Reja: kirish nerv sistemasining tuzilishi


Download 311.01 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi311.01 Kb.
#1766597
  1   2
Bog'liq
ODAM MIYASI


TAQDIMOTI
BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
IV-BOSQICH K.BIO-EU-19 GURUH TALABASI
ABDURAZZAQOVA MADINANING
BIOINFORMATIKA FANIDAN
TAYYORLAGAN
Mavzu: Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlili
 
REJA:
KIRISH
  • Nerv sistemasining tuzilishi

  • 2. Orqa miyaning funksiyasi
    3. Orqa miyaning o'tkazuvchilik funksiyasi. 
    4. Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. 
    5. Po'stloq osti Derv markazlari. 
    6. Vegetativ nerv sistemasi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Vegetetiv nerv sistema ikki neyronli bo’lishi bilan somatik nerv sistemasidan farq qiladi. Vegetativ nerv sistemasining tolalari nerv markazlaridan chiqqach, organga uzilib, gangliy hosil qiladi. Gangliydan chiqqan nerv tolalari organga Yetib boradi. Nerv sistemasi simpatik qismining markazlari orqa miya ko’krak-bel qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Orqa miya oldidan ikkinchi neyron boshlanib, uning tanasi joylashgan qism umurtqa pog’onasi oldi simpatik tugunlar hosil qiladi. har ikki tomondagi simpatik stvolda 3 ta bo’yin, 10-12 ko’krak, 5 bel, 4 ta dumg’aza va 1 ta dum tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan chiqqan nerv tolalari yurak, qizilo’ngach, bronxlar, o’pka, va boshqa ichki organlarni nervlar bilan taminlaydi.
Nerv sistemasining tuzilishi
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv sistemasi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqa¬digan 12 juft nervlva hamda umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (1 - rasm). Markaziy nerv sistemasining segmentar, ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Orqa miya ikki xil: reflektor va o'tkazuvchilik fimksiyasini bajaradi. Orqa miyaning reflektor funksiyasi. Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat. Refleks - bu tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi. Masalan, og'riqni sezish, qo'l va oyoqlarning harakati, nafas olish va chiqarish, ko'zni yumish va ochish kabilar. Refleks yoyi. Har bir refleksning rejleks yoyi bo'lib, u quyidagi qismJardan iborat: 1) retseptor - to'qima va organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo'zg'aladi; 2) sezuvchi nerv tolasi - reseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi; 3) nerv markazi miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat; 4) harakatlantiruvchi nerv tolasi - nerv markazidagi qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi; 5) ishchi a'zo - muskul, bez, qon tomirlari, ichki organlar va hokazo.

Download 311.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling