Reja: kirish pul islohotlari va uning elementlari. Pul tizimining turlari


Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari


Download 34.84 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1631107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul islohotlari va unimuomalasini barqarorlashtirishdagi o

1. Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari
Inflyasiya lotincha infeotio so’zidan olingan bo’lib shish, burtish, ko’pchish ma’nosini anglatadi.
Inflyasiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida
qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli usma kasalini ifodalashda qullanilgan.
Lekin xaqiqatda ham xavfli, u umumiqtisod uchun xavfli.
Inflyasiya so’zining iqtisodiy ma’nosi-muomilada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir.
Inflyasiya so’zi pul muomilasi sohasida AŠShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomilaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qoђoz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan.
Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyasiya bilan o’zviy boђliq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada franso’z revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyasiyalarning xususiyati shundagi, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi. Hozirgi davr inflyasiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyasiyaning asosiy sabablari.
a) Jamђarma va iste’mol o’rtasidagi.
b) Talab va taklif o’rtasidagi
v) Muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo’zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difisetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan boђliq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto’ђri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo’zilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilђi, valyuta buyicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyasiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
1. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.
1. Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10
foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.
2. So’zib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.
3. Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
4. Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan boђliq.
Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud.
Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.
Inflyasiyadan chiqish uchun:
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini raђbatlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).
2. Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish.
3. Muomiladgi pul muassasini cheklash va boshqalar.
Xozirgi sharoitda inflyasiyaga qarshi kurashish choralari.
1. Ish xaki va ijtimoiy tulovlarni indesasiyalab borish.
2. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini kayta ko’rib chiqib turish.
3. Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l quymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar).
4. Šimmatli qoђozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.
Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri.
1. Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi bo’ziladi.
2. Bo’sh mablaђlarni ishlab chiqarish sohasidan muomila (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi.
3. Tovarlarni normal xarakati bo’zilib bozordan bozorga kuchib yurishi sodir bo’ladi.
4. Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi.
5. Iste’mol va extiyojni izdan chiqaradi. Šadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi.
6. Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi.
7. Bank foizlari oshadi, o’zoq muddatli kredit berish barham topadi.
8. Aholi mablaђlarini jamђarmaga jalb etish qiyinlashadi.
9. Barter munosabatlari vujudga keladi.
10. Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyasiyani yanada kuchaytiradi.

Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling