Reja: kirish qishloq
Download 1.8 Mb.
|
IX БОБ Таннарх
MAVZU: FERMER XOJALIKLARIDA O‘SIMLIKCHILIK MAHSULOTLARI TANNARXI STATISTIK TAHLILI VA TANNARXNI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI Reja: KIRISH Qishloq xo‘jalik maxsuloti tannarx statistikasining vazifalari. Maxsulot tannarx tarkibi. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning iqtisodiy-statistik tahlili Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari dehqonchilik (o‘simlikchilik) va chorvachilik maxsulotlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular tayyor maxsulot sifatida va tugallanmagan ishlab chiqarish shakli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tayyor maxsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish mumkin. Tugallanmagan ishlab chiqarishga joriy yilda ekin turlariga va chorva mollariga qilingan xarajatlari hisobga olinib, bulardan maxsulot olinmaydi, lekin keyingi yillarda maxsuloti olinishi mumkin bo‘lganligi uchun, bu xarajatlar joriy yildagi yalpi maxsulot qiymati tarkibiga kiritiladi. Bu xarajatlarga kuzgi bug‘doyni ekish uchun, kelasi yil hosil olish uchun shudgorlangan yerlar, yosh ko‘p yillik daraxtlarni hamda ishchi xayvonlarni o‘stirish va hokazolar kiradi. Demak, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining kalendar davridagi qiymatini (tugallanmagan ishlab chiqarishni hisobga olgan xolda) aniqlash uchun shu davrdagi jami ishlab chiqarilgan maxsulotlarning qiymatiga tugallanmagan ishlab chiqarish koldigining farqi qo‘shib hisoblanadi. Dehqonchilik (o‘simlikchilik) yalpi maxsulot tarkibiga quyidagilar kiradi: Hisobot yilda qishloq xo‘jaligining ekin turlari bo‘yicha olingan maxsulotlarning qiymati; Yosh ko‘p yillik daraxtlarni o‘stirish xarajatlari; Tugallanmagan ishlab chiqarishning ortish (kamayish) qiymati. Hisobot yildagi qishloq xo‘jaligi ekin turlari bo‘yicha qiymatini aniqlash uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlarning miqdorini bir birlik maxsulotning qiymatiga (sotish bahosiga) ko‘paytiriladi. Bu hisob- kitoblar har bir ekin guruhlari bo‘yicha alohida-alohida hisobga olib boriladi: galla va dukkakli ekinlar; texnika ekinlari; kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari; yem-xashak ekinlari bo‘yicha. Ko‘p yillik daraxtlarni o‘stirish qiymatini aniqlashda shu ko‘p yillik daraxtlarni o‘tqazishdan to hosil berish davrigacha bo‘lgan xarajatlar jami summasi olinadi. Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari faqatgina yil oxirida bo‘lishi mumkin. Agarda, hisobot yilda qilingan xarajatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa (bazis yilga nisbatan), shu davrdagi ishlab chiqarilgan maxsulot qiymati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham yalpi maxsulot qiymatiga tugallanmagan ishlab chiqarishning darajasini kushmasdan, balkim hisobot va bazis yildagi qilingan xarajatlarning farqi qo‘shib hisoblanadi (bazis yildagi qilingan xarajatlar chiqarilib tashlanadi, hisobot yildagi xarajatlar esa qo‘shiladi). Mahsulot tannarxi bu uni ishlab chiqarish va realizatsiyasi uchun qilingan sarflarning pul hisobidagi ifodasidir. Qiymat, tannarx, baho, foyda kabi iqtisodiy kategoriyalarning harakat etish qonunlarini bilmasdan turib, yalpi va sof daromad, rentabellik, kapital mablag'larning qoplangan muddati kabi bir qator iqtisodiy kategoriyalarni tushunib bo'lmaydi. Busiz qishloq va suv xo'jaligida qiymat qonuni xarajatidan ongli ravishda foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Jonli va buyumlashgan mehnat sarfidan tashkil topgan ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari butun ishlab chiqarish usuliga tegishli bo'lib, jamiyat uchun zarur mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy mehnat miqdorini his ettiradi. Bu xarajatlar ish vaqti bilan o'lchanadi. Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarishga qilgan jami xarajatlari mahsulotlarning butun qiymati bilan belgilanadi. Jamiyatda bu xarajat uch qismdan iborat: I. Ishlab chiqarish vositalarining mahsulot qiymatiga o'tgan qismi — S. Zaruriy mehnat bilan yaratilgan mahsulot qiymati —V. Jamiyat uchun yaratilgan qo'shimcha mehnat mahsuloti — m. Ijtimoiy qiymatning birinchi ikki qismi qishloq xo'jalik korxonalari mahsulotining tannarxini tashkil etadi (S =V). Mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining pul bilan ifodalangan bir qismi bo'lib, bu qism iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati va mehnatga to'langan ish haqi qiymatini o'z ichiga oladi. Mahsulot tannarxi ijtimoiy xarajatning bir qismini tashkil etib, mahsulot yetishtirish va uni realizatsiya qilish xo'jalik uchun qanchaga tushganligini ko'rsatadi. Mahsulot tannarxi yordamida xo'jalikda mahsulot yetishtirish arzonga yoki qimmatga tushayotganligini aniqlash mumkin. Mahsulot tannarxi qishloq xo'jalik korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati natijalarini mujassamlashtiradigan ko'rsatkichdir. Uning yordamida xo'jalikda moddiy, pul va mehnat resurslaridan qay darajada foydalanayotganligini aniqlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, mahsulot yetishtirish texnologiyasini muntazam ravishda takomillashtirish, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlikni amalga oshirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, hisob-kitob ishlarini tartibga solish kabi bir qator iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Shuning uchun tannarx mehnat resurslaridan, yer fondidan, texnikadan boshqa ishlab chiqarish vositalaridan qay darajada foydalanilayotganligini ifodalaydi. Mahsulot tannarxining doim pasaya borishiga erishish lozim. Mahsulot tannarxi qancha past bo'lsa, unga shuncha kam jonli va buyumlashgan mehnat sarflangan, mahsulot birligi hisobiga shuncha ko'p foyda olingan bo'ladi. Har bir korxona tomonidan xarajatlar, ishlab chiqarish vositalari va mehnatga xaq to'lash uchun sarf qilingan mablag'lar qiymat shaklida doim qoplab turilishining, binobarin, hisobga Olib borilishining obyektiv zarurligi tannarxning alohida iqtisodiy darajasi bo'lishini taqozo qiladi. Shu sababli qiymatning tannarxda gavdalangan qismi har bir korxona uchun katta ahamiyatga egadir. Korxona o'z mahsulotini sotib, shundan kelgan daromad hisobiga o'z xarajatlarini, mahsulot tannarxini qoplaydi. Mahsulot tannarxi statistikasining vazifalari ana shulardan kelib chiqadi. Bu vazifalar esa tannarx darajasi va tuzilishini o'rganishdan, bu ko'rsatkich dinamikasini tekshirishdan, biznes reja bajarilishini tahlil qilishdan, reja bajarish darajasiga ta'sir etuvchi sabablarni aniqlashdan va tannarxni pasaytirishning qo'shimcha zaxiralarini qidirib topishdan iboratdir. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling