Reja: Kirish. Romanning yaratilish tarixi va sYujeti


Download 69.3 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi69.3 Kb.
#1136379
Bog'liq
zilola


MAVZU: "O'tkan kunlar" asarida sevgi-muhabbat talqini

Reja:
Kirish. Romanning yaratilish tarixi va sYujeti.
Asosiy qism:
I bob.
1.1. Otabek va Yusufbek hoji obrazlari.
II bob.
2.1. Otabek va kumush sevgisi.
2.2. Badiiy tasvir vositalari.
Xulosa.

Kirish. Romanning yaratilish tarixi va sYujeti.


Abdulla Qodiriy ijodining muhim хislati-tariхiy burilishlar davrida хalq ichida bo’layotgan katta хodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu хislat, ayniqsa uning yirik tariхiy prozasida yaqqol ko’rinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O’tgan kunlar» romani yaqin o’tmishning yeng og’ir, yeng qora kunlari bo’lgan «Хon zamonlariga» bag’ishlangan yedi. «O’tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta ijtimoiy qiziqish tug’dirdi. Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels «O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani, ingliz romani, rus romani bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan yedi. Ulkan qozoq yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Muхtor Avezov fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning yeng ulkan yozuvchisi bo’lib qolgan yedi». Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi. U o’zbek romanchilik maktabini yaratdi. «Modomiki biz yangi davrga oyoq qo’ydik, - deb yozgan yedi u o’sha romanga so’z boshisida-bas, har yo’sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan yergashamiz va shunga o’хshash dostonchilik, romanchilik va hikoyachiliklarda ham yangi asarlar yaratishga, хalqimizni shu zamonning «Tohir va Zuhra» lari, «Chor darvesh» lari, «Farhod va Shirin» lari, «Bahromgo’r» lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his yetamiz». Yozuvchining fikricha «O’tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’rirog’i, bir havas» yedi. Ammo o’zbek adabiyotida to’ng’ich roman bo’lgan-«O’tgan kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning g’alabasigina bo’lib qolmay, butun o’zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o’rin oldi. «O’tgan kunlar» da o’zbeklar va boshqa  O’rta Osiyo хalqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi, hukmdorlarning хalqlar va qabilalar orasiga nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani ko’rib, mamlakatni manfaatparast хonlar va beklar beboshligidan хalos qilishni orzu yetgan ilg’or kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «O’tgan kunlar» ning mazmunini tashkil yetdi. Davr uchun juda хarakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita aloqador voqealar Abdulla Qodiriy tomonidan san’atkorona tasvirlab bergani uchun «O’tgan kunlar» o’zbek хalqi va O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida yangi davr ochdi. O’tmish хodisalariga asar yaratilgan zamonning ilg’or mafkurasi nuqtai nazaridan baho berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan biridir. Turkistonda feodal mustamlaka zulmini ag’darib tashlab yangi mustaqil hayot qurishga intiladi. «O’tgan kunlar» o’tmishni ana shu yangi hayotga intilish nuqtai nazaridan baholash ruhi bilan sug’orilgan Abdulla Qodiriy feodal davrni mehnatkashlar uchun zulm, baхtsiz хorlik davri sifatida qoralaydi. O’tmishga shunday baho ma’rifat jihatdangina yemas, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham katta aktual ahamiyatga yega yedi. Yangicha davrga intilish, хalq ongida o’tmishning adolatsizliklari haqida chuqur tushuncha hosil qilish bilan ham bog’liq yedi. Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Abdulla Qodiriy uchun birdan-bir to’g’ri yo’lhaqqoniy tasvir yo’li bilan boradi. Abdulla Qodiriy davrning hayot manzarasini, oddiy kishilarning taqdirini tasvirlash orqali yaratishi хarakterlidir, bu yesa etuk romanchilik хususiyatidir. «Tariх bizga vog’ealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan ko’rsatadi. Ichkarida bo’layotgan хodisalar ustidagi pardani ko’tarib tashlaydiki, bu хodisalar orqasida haligi bizga ko’rsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy hayotda qanday ro’y berishi ham bekinib qoladi. Roman tariхiy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar romanning mazmunini tashkil yetuvchi хususiy voqea munosabati bilan tilga oladi, ammo shu shaхsiy voqea orqali bizning ko’z oldimizda tariхiy voqealarning ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi.... Mamlakat hayoti va asarning koloriti, ularning odatlari va хalqlari tariхiy romanning har bir хususiyatida (garchi bu uning maqsadi bo’lmasada) yaqqol ko’rinib turadi. Shuning uchunham tariхiy roman-fan sifatida tariхning san’at bilan qo’shilib ketgan nuqtasidir, tariхning qo’shimchasidir; go’yoki uning boshqa tomonidir. “1264-inchi hijriy, dalv oyining oʻn yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…” jumlasidan keyin Margʻilondagi karvonsaroy tasvirlanadi. U yerga qoʻnoq boʻlgan toshkentlik savdogar yigit Otabekni izlab, margʻilonlik Rahmat bilan Homid keladi. Ular hol-ahvol soʻrashib, tanishganlaridan keyin Otabekning Margʻilonga sotish uchun nima narsalar olib kelgani, uylanishdek bir murakkab ish, oʻzbekona urf-odatlar, kelin qilishdagi ota-onalarning orzu-istaklari xususida suhbat boʻladi. Otabekning “maʼnaviy otasi”, ular xonadonining quli Hasanali xizmat qilib, choy tashib Yuradi. Margʻilondagi ota qadrdonlari Otabekni mehmonga aytishadi. Bir suhbat majlisi Ziyo shohichining uyida, soʻngra Mirzakarim qutidor uylarida boʻlib oʻtadi. Suhbat mahali Otabek Shamay taassurotlarini, oʻrislarning idora tizimidagi afzalliklar, Turkistondagi ayanchli holatni tuzatishga doir qarashlarini gapiradi. Otabekning keng dunyoqarashiga, ijtimoiy hayot muammolarini teran muhokama qilishiga hamma qoyil qoladi. Shu zaylda Otabek margʻilonlik ota qadrdonlari bilan yaqindan tanishib oladi. Biroq uning tabiatida gʻalati bir tushunib boʻlmaydigan ruhiy oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bu holatlarni zimdan kuzatgan Hasanali Otabekning Mirzakarim qutidor qizi Kumushni sevib qolganini aniqlab, Ziyo shohichi bilan qutidorning uyiga sovchilikka boradi. Mirzakarim qutidor bilan Oftob oyimning oʻzaro muzokara, muhokamalaridan keyin Kumushning Margʻilonda qolishi sharti bilan sovchilarga rizolik soʻzi beriladi.
Toʻyga hozirlik boshlanadi; bir kechada hammaning tushiga toʻy kirib chiqadi. Kumush hayratlanadi, oʻzining toʻyi boʻlayotganiga ishonqiramaydi. “Qizlar majlisi – gullar, lolalar, toʻtilar, qumrilar majlisi!” Qizlar, gullar majlis quradi. Ammo Kumushni mahzunlik holati, ichki bir bezovtalik, iztirob, gʻam-alam aslo tark etmaydi. Oftob oyim tashvishga ham tushib, egachisiga yozgʻiradi. Urfga binoan nikoh oʻqilib, mahr ham belgilanadi. Kumush turmushga uzatiladi. Toʻy kuni chimildiqda Otabekni koʻrib, hayratdan dong qotadi va “Siz oʻshami”, deb soʻraydi; oʻzi kutmagan bir baxtga erishadi. Margʻilonga kelganining ikkinchi kuni Mirzakarim qutidorning tashqi hovlisidan oqib oʻtadigan ariqdan asr namoziga tahorat suvi olish uchun kirgan Otabekni “taqdir shamoli” Kumushga roʻbaroʻ qiladi va shu daqiqadan boshlab unda “u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishq”, muhabbat majorosi tugʻiladi. Oʻsha birinchi nigohlar toʻqnashuvida Kumushda ham juda kam kishilarga nasib boʻladigan “bir durri bebaho” tuygʻu paydo boʻladi. Yuqoridagi gapni aytishiga sabab shu edi.
Bu davrda Toshkent osmonida qonli bulutlar kezinadi. Toshkent hokimi Azizbek Qoʻqonga boʻysunmay isyon koʻtaradi. Qora chopon va qipchoq nizolari avjga chiqadi. Otabekka otasi Yusufbek hoji maktub bitib, unda oʻsha bezovtalik tafsiloti bayon etilib, ehtiyot boʻlishi, Fargʻonada oʻzini Azizbekning sherigi deb notoʻgʻri oʻylab, oʻgʻliga zarar yetkazishlari mumkinligi hamda shahar tinchiguncha Otabekning Margʻilonda kutib turishi taʼkidlanadi.
Toʻydan yetti kun oʻtib, Homidning Margʻilon hokimi Oʻtabboy qushbegiga borib chaqishlari natijasida Otabek bilan Mirzakarim qutidor xiyonatkorlikda ayblanadi va hibsga olinadi. Toshkent Qoʻqon sipohlari tomonidan qamal qilingan qaltis bir vaziyatda Hasanali najot istab Yusufbek hoji oldiga keladi.
Gunohkor sifatida qoʻlga olingan Ziyo shohichi bilan Rahmatga zindon jazosi beriladi. Otabek bilan Mirzakarim qutidor qatl etilishi arafasida najot farishtasi oʻlaroq Yusufbek hoji yozgan maktubni koʻtarib, Oʻtabboy qushbegi huzurida Kumush paydo boʻladi. Vaziyat muhokamasidan keyin Otabek bilan Qutidorning aybsiz ekani maʼlum boʻladi va hibsdan ozod etiladi.
Garchand Yusufbek hoji bir oz eʼtiroz bildirsa ham, yetmish kunlik qamaldan sillasi qurigan Toshkent ahliga Azizbek oʻttiz ikki tangadan soliq soladi. Xalqning gʻazabi alanga oladi. Yusufbek hoji boshchiligida Azizbekka qarshi isyon koʻtaradi. Umidsiz Qoʻqonga qaytayotgan Normuhammad qushbegiga Yusufbek hoji chopar Yuboradi. Qoʻqonlik sipohlar Toshkentni egallaydi va Azizbek ikki oyogʻidan otga sudratma qilib oʻldiriladi.
Oʻtabboy qushbegi Otabek bilan Mirzakarim qutidorni ozod qilganidan keyin chaqimchi – “bir gʻarib bechora”ning arzi Qoʻqonga – yoshgina Xudoyorxon nomidan hukumatni boshqarayotgan Musulmonqul qoʻliga yetib boradi. Musulmonqul Oʻtabboy qushbegi va Otabekni oʻrdaga chorlaydi. Savol-javoblardan keyin Otabekni jallodga topshirish arafasida Toshkentdan chopar keladi. Hasanali Yusufbek hojining iltimosiga koʻra, Normuhammad qushbegining Musulmonqulga yozgan maktubini olib keladi. Otabek moʻjiza tufayli ikkinchi marta oʻlimdan qutulib qoladi. Yusufbek hojining xizmatlari evaziga oʻlimdan qutilgan Otabekka Musulmonqul hech uyalmay-netmay iljaygancha zarrin toʻn kiydiradi.
Garchand Otabekning Margʻilondan uylanganidan Yusufbek hoji uncha norizo boʻlmagan esa-da, Oʻzbek oyim oʻgʻlining bu ishiga, Margʻilonga qatnab Yurishilariga chidab tura olmaydi. Oradan bir yillar oʻtib, Oʻzbek oyim Otabekni Toshkentdan uylantirish payiga tushadi. Oʻz martabalariga mos kelin izlaydi. Hasanaliga aravani hozirlatib, yettinchi marta koʻchaga chiqqanida Olim ponsadnikiga boradi; qudalarga xos suhbat boʻladi. Gapni bir joy qoʻyib, uyiga kelib oʻsha fikrini Yusufbek hojiga yetkazadi. Soʻz oʻnqovi kelganidan Yusufbek hoji oʻz oʻgʻliga “ustidan bir ish qilib” qoʻyganini, Oʻzbek oyim shu ishni, yana ham aniqlashtirib, uni Olim ponsadboshining qiziga unashtirib kelganini aytishadi. Ikkinchi uylanish Yuzasidan olib borilgan oilaviy muzokaralar, ota-ona orzusining gʻolibiyati, Otabekning taslimiyati bilan yakun topadi. Yusufbek hoji Mirzakarim qutidorga Otabekni Toshkentdan ham uylantirish niyatlari borligi Yuzasidan maktub yozadi. Qutidor vaziyatni – Otabekning ota-onalari orzusini tushunadi, Oftob oyim esa boshi yanchilgan ilondek toʻlgʻanadi. Oxir-oqibat qayin ota, qayin ona va hatto Kumush ham Otabekning Toshkentdan uylanishiga koʻnishadi. Otabek Zaynabga uylantiriladi.
Xiyonatlik maktublari bilan Jannat opa vositachiligida Homid Otabek va Kumush orasiga tushib, qutidor xonadoniga soxta taloq xatlarini kiritadi. Otabek Qutidorning eshigidan “… boringiz, eshigim yonida toʻxtamangiz… uyatsiz!” degan soʻzlar bilan haqoratlanib quvlanadi. Endi Otabekning Toshkentdan Margʻilonga besamar kelish va ketish davri boshlanadi. Shu orada u oʻzini Shokirbek deb tanitib, har Margʻilon borganida usta Alim uyiga qoʻnadi. Usta Alim bilan Saodat boshidan kechgan fojeaviy bir qismat egalarining tarixidan boxabar boʻladi.
Kumush shariatga zid taloq xati olganidan olti oylar oʻtib, Homiddan unga sovchilar keladi. Ammo Kumushning ota-onasi bundan keyin qizlari er qilmaslikka qattiq ahd etgani javobini beradi. Sovchilar kelaveradi, rad javobini olib ketaveradi. Barchasiga bir xilda Kumushning Yuqoridagi javobi aytiladi. Bir kuni Mirzakarim qutidor achchiqlanib, qizi tufayli shaharda bosh koʻtarib Yura olmay qolayotganini, Kumushni uzatishga koʻndirishni xotini Oftob oyimga qattiq tayinlaydi. Navbatdagi sovchilardan biriga, yaʼni Margʻilonning boylaridan Salim sharbatdorning oʻgʻli Komilbekka Kumushni uzatish rejalari tuziladi.
Qutidor eshigidan quvilgan Otabek iztiroblar ichida qovuriladi, oʻziga qayin ota tomonidan qilingan oʻsha haqsiz munosabat sababini sira tushunmaydi; oʻylayverib, oʻyining tagiga yeta olmaydi. Oʻzini savdo ishlari bilan chalgʻitmoqchi boʻladi, boʻzaxoʻrlikka beriladi. Uning oy-kunlari beorom va besaranjom ravishda oʻtib turadi. Otabekning Margʻilonga quruq qatnab Yurishining yettinchi martasida, yaʼni oraga sovuqlik tushib, quvlanganiga oʻn sakkiz-oʻn toʻqqiz oylar oʻtganidan keyin koʻchada ikki kishining suhbatidan Kumushni erga berilayotgani xususida jonsoʻz bir xabarni eshitib yoʻl oʻrtasida mixlanib qotib qoladi. “Kishining xotinini taloqsiz chiqarib ol-da, bu kun erga ber”, deb oʻzicha gapiradi, telbalanib Margʻilon koʻchalarida kezinadi. Shu kechasi “Xoʻja Maʼoz” mozori ziyoratxonasida tunni bedor oʻtkazadi. Tong mahali usta Alimning uyiga kirib keladi va u yerdagi suhbat jarayonidan usta Farfi tilidan oʻz taqdiriga tegishli gaplardan – Homidning Kumushga uylanish niyati borligidan, chaqimchilik bilan qutidor va uni dor ostiga olib borilishiga ham oʻsha sababchi boʻlganidan, oʻz tilidan soxta taloq xati yozib, qayin otasiga kiritgani va, nihoyat, Kumushga boʻlajak kuyov – Komilbekning qotili ham taxminlarga koʻra, Homid ekanidan xabar topadi. Otabek tadbir qoʻllab, usta Alim qoʻshnisi uyidagi mashvarat – maslahatda Sodiq, Mutal, Jannat opa va Homidlarning rejalarini – dushanba kuni kechasi Malikboy maydoni orqali qutidor hovlisining orqa tomonini kovlab, Kumushni olib qochmoqchi boʻlganlarini bilib oladi. Dushanba kuni kechasi uch dushmanga qarshi dildorining uyi ortida yakka oʻzining olishishi, yor oyoqlari ostida qonli tuproqqa qorishishi Otabekka shoirona bir tuygʻular inʼom etadi. Uch barzangi dushmanga qarshi olishuvda kichkina bir jarohat olgan Otabek gʻolib keladi; uchala dushmani ham oʻladi. Malikboyning maydonidagi bu voqeani eshitgan ahli Margʻilon hayratdan yoqa ushlaydi. Ularni oʻldirgan odam sirligicha qoladi. Oʻzining aslida kim ekanini tanitgan Otabek holatidan usta Alim sirni – qotilni bilib oladi va “Zap qilgansiz, Otabek”, deydi. Otabek unga oʻzini Shokirbek deb atab Yurgani uchun uzr soʻraydi va oʻsha birinchi uchrashuvlardan tortib, to oxirgi voqealargacha batafsil soʻzlab beradi; soʻngra Qutidorga tegishli bir xat yozib, yetkazishni usta Alimdan iltimos qiladi va oʻzi Toshkentga joʻnab ketadi.
Hovlisi ortidagi voqealar Yuzasidan mirshablar Qutidorni soʻroq qiladi. Ammo natija chiqmaydi; qotil topilmaydi, sir ochilmaydi. Usta Alim keltirgan Otabekni maktubidan keyin Qutidorning ahli-oilasi barcha sirdan – “taqdir ishi”dan voqif boʻladi, “xayrixoh qotil”ni tanib mamnun boʻlishadi. Qutidorlar uyida Otabekning Toshkentdan Margʻilonga qaytib kelish-kelmaslik masalasi muhokama etiladi. Kumushga bitilgan maxsus xatda ham bu gap ochiq aytilmagan boʻladi. Nihoyat “Kelib qolsa yaxshi, kelmasa, Toshkentga oʻzimiz tushamiz-da”, deydi Qutidor. Ular oldindagi uch oy qishni oʻtkazib, oʻzlari Toshkentga borishni niyat qilishadi.
Toshkent va Qoʻqon aʼyonlarining oʻzaro kelishuv-tadbirlari natijasida Xudoyorxon nomidan hukumatni boshqarayotgan, xalqqa koʻp jabr-zulmlar qilgan Musulmonqul oradan koʻtariladi. Yusufbek hoji kabi aqli tiniq shaxslar elni birlashtirish, oʻzaro nizolarga barham berish tarafdori boʻladi. Shuning uchun ham Muhammad Rajabbek qoʻrboshining uyida “sahroyi qipchoq” elidan, “sahroyi itlar”ga itoat etishdan qutulish uchun, ularni qirib, yoʻq qilish niyatida tuzilayotgan rejalariga Yusufbek hoji qoʻshilmaydi; majlis ahlini aql va insof doirasida ish Yuritishga daʼvat qiladi. Qipchoqqa qarshi bu adovat ortida mansabga erishish niyati borligini anglab qoladi. Ichkaridan chiqadigan fitna-fasodni kutib, shahar darvozasi tagida bosqinchi oʻris qoʻshini “qoʻr toʻkib” yotganidan ogohlantiradi; majlis ahliga qipchoqdan koʻra kattaroq yovning borligini, kunlari “kofir qoʻligʻa qolishi toʻgʻrisida” oʻylashlari, elni parchalamasdan birlashtirish lozimligini taʼkidlaydi va norizo boʻlib majlisni tark etadi. Hoji ketgach, Niyoz qushbegi uning ustidan kulib, koʻknori ichganga chiqaradi; Qambar sharbatdor hojining yoshi qaytib, koʻngli juda ham boʻshashib ketganini soʻzlaydi. Majlisdagi Karimqul ponsad ham, Muhammad Rajab ham Yusufbek hojining uzoqni koʻzlab aytgani oqilona maslahatiga quloq tutmaydi.
Bahorning sehrli kunlarining birida Otabek guzardagi Hasanaliga doʻkon qoʻshni boʻlgan koʻngli toza, ochiqqina yigit – Ali bilan Mingoʻrikka qimizxoʻrlikka chiqadi. Bahor havosidan dillari yayrab dam olishadi. Kechga yaqin Qoymos darbozasi orqali shaharga kirganlarida boshi tanasidan judo qilingan odamlarga duch keladi. Ularning oʻldirilishiga sababi – qipchoq boʻlgani. Hasanali qirgʻin jarayonini, ish ustidan – xum yonidan tutib kelingan bir boʻyoqchining qoʻllari boʻyoq holida qatl etilganini soʻzlab beradi. Otabekning Yuragi eziladi va bu ishda otasining ham aybi bor, deb hisoblaydi. Hoji Otabekka oʻzida ayb yoʻqligini, u majlisni tark etgach, izidan Niyoz qushbegi kelib, “majlis ahli oʻz fikridan qaytdi”, deb soʻzlaganini, bu iblisona aldovlarga uchib, oʻsha muttahamlarning rejalaridan birovga ogʻiz ochmaganini, oqibat gʻaflatda qolganini tushuntirib, Musulmonqulga adovati boʻlgan xon qipchoqni qirib alamidan chiqmoqchi boʻlganini aytadi. “Ittifoqning ne el ekanini bilmagan, yolgʻiz oʻz manfaati shaxsiyasi yoʻlida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar”dan zorlanadi… Otabek otasining bu qirgʻinga mutlaqo aloqasiz ekanini anglab, oʻzining oʻrinsiz shubhasi va oʻyidan uyaladi.Mirzakarim qutidordan bir maktub olib, u yerda boʻlib oʻtgan barcha hodisalardan boxabar boʻlgan Yusufbek hoji Otabekni Margʻilonda qilgan ishlari Yuzasidan savolga tutadi. Endi Margʻilonga qachon borishini surishtiradi, “maʼlum emas” javobini olgach, ularning oʻzlari qizlarini olib, Toshkentga kelishlari xabarini beradi.Yusufbek hoji ogʻzidan Margʻilondan kelini bilan qudalar kelishini eshitgan Oʻzbek oyim mehmonlarni kutish taraddudiga tushadi. “Ikki kelinlik boʻlish” orzusida uch yillik gina-adovatlarni unutib Yuboradi. Hoji Zaynabni huzuriga chorlab, Margʻilonda kelayotgan “opa”si, yaʼni kundoshi bilan egachi-singildek boʻlib ketishlari Yuzasidan vaʼdalar oladi.Margʻilonlik kelin va qudalarni yoʻldan kutib olish hamda kuzatib kelish uchun Hasanali mehmonlar yoʻliga chiqariladi. Zaynab va Oʻzbek oyim boshliq qoʻshni xotinlar Oftob oyim bilan Kumushni qarshi olishadi. Barcha yigʻilganlar Kumush bilan Zaynabni qiyoslashadi; ayni damda, kundoshlar oʻrtasida zimdan adovat boshlanadi. Qutidor sharafiga yozilgan dasturxonga Yusufbek hojining yaqin birodarlari taklif etilib, ular yaqindagina boʻlib oʻtgan qipchoq qirgʻinini muhokama qiladilar. Suhbat orasida Yunus Muhammad oxund “Agar biror qavmning ishi noahil odamga topshirilgan boʻlsa, bas, oʻsha qavmning qiyomatini yaqin bil”, mazmunidagi Paygʻambar alayhissalom hadislarini aytadi, Yusufbek hoji uning gaplarini tasdiqlaydi va hadisni takrorlaydi. Jamoa masjidga peshin oʻqish uchun qoʻzgʻalganda Hasanali Otabekni toʻxtatib qoladi va oʻziga xos bir hiyla ishlatib Kumush bilan koʻrishtiradi. Xuftonga yaqin Otabek, Kumush va Zaynab – uchovlari dasturxon boshida suhbatlashib oʻtirar ekan, Kumush boshlaridan yaqinda oʻtgan tarixni soʻz oʻyini tarzida hikoya qilib beradi.Oʻzbek oyim mehmonga ketgan bir kunda kundoshlar uyda yolgʻiz qolishadi; oʻzaro adovatlari, dushmanliklari Yuzaga chiqa boradi. Oradan yigirma kunlar oʻtib, margʻilonlik mehmonlar uylariga qaytish taraddudiga tushadilar. Qutidor qizining Toshkentda qolishiga rozi, Oftob oyim esa Kumushni oʻzi bilan olib ketmoqchi boʻladi. Oʻzbek oyim olib qolish tarafida; Kumush ham qolishni ixtiyor etadi. Kumushni oʻzi bilan olib ketmoqchi boʻlgan Oftob oyim barcha umid koʻchalariga bir-bir kirib chiqadi; foyda bermaydi. Oxiri koʻpchilik fikriga noiloj rozi boʻlgan ona ketar mahali Kumushga qayin ota va qayin ona xizmatlari hamda kundoshi bilan muomala masalasida juda oʻrinli nasihatlar qiladi. Ertasi kuni ertalab mehmonlar Margʻilonga qaytishadi.
Endi voqealar sahniga Zaynabning egachisi, tabiatiga koʻra mutlaqo uning teskarisi boʻlgan Xushroʻy kirib, uning qisqacha tarixi, oilaviy hayoti tasvirlanadi. Xushroʻy oʻzi xohlab, boʻlajak eri oilali Nusratbek bilan til biriktirib erga tegib oladi; oʻz kundoshlariga kun bermaydi. Uch oy ichida ildiz otgan bir oilani barbod qiladi. Oʻz kayficha kun kechiradi, ammo orada farzandi boʻlmaydi… Xushroʻy kelib, Zaynabning oilaviy hayotini tahlil etadi; singlisiga vahshiy koʻzlari bilan tikilib yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi.
Yukli Kumushning oy-kuni yaqinlashib, Oʻzbek oyimning nabira koʻrish orzusi ushalayotgan, aqiqa toʻyini oʻtkazish rejalari tuzilayotgan bir pallada Otabek negadir xafa, ora-orada usta Alim fojeasini xotirlaydi. Yusufbek hoji Yurt ishidan qoʻl Yuvib, kunini “Qurʼon” hamda “Daloyil” oʻqish bilan oʻtkazadi. Kumush shu arafada onasiga maktub bitib, butun ruhiy holatini, kundoshi bilan boʻlib oʻtayotgan mojarolarni, Yusufbek hojining ularni “oyim-oyim”lab tinchitishlarini – barcha-barchasini batafsil yozadi. Nihoyat oy-kuni yetib, kutilgan mehmon – oʻgʻil farzand dunyoga keladi. Oila aʼzolari bir-birlarini muborakbod etadi. SuYunchilar ulashiladi. Otabek noxush bir tush koʻradi. Erta saharlab ichkari kirib, koʻzi yorigan Kumush holidan xabar oladi. Tushlik payti kitob mutolaa qilib oʻtirganida, ichkaridan Oybodoq chiqib, Otabekni ichkariga chaqiradi. Kumush oʻqchiydi, qayd qiladi; tabib kelib bemorning tomir urishini koʻrib, labini tishlab qoladi; kosadagi qolgan taomdan tatib koʻrib, zahar ichganini aytadi. Fojea sababchisi – ovqatga zahar qoʻshgan Zaynabni Otabek taloq qoʻyadi. Shu sahna ustiga kelib qolgan Yusufbek hoji “Chiq, Zaynab, chiq! Laʼnat sendek xotinga!” deydi. Hojini tanib besaranjomlangan Kumush qoʻzgʻalmoqchi boʻladi. Yusufbek hoji “Qoʻzgʻalmang, oyim… qoʻzgʻalmang!” deydi. Kumushning navbatdagi jomga qoʻzgʻalishida qusuq qonga aylanadi, burnidan ham bir nechta tomchi qon oqadi. “Oyi… dada…, – soʻngra, – begim”, deb ingranadi va erining Yuzini Yuziga qoʻyib, uyalgansimon koʻzini Yumadi.
Ertasi kuni janoza marosimi boʻladi. Margʻilondan yoʻlga chiqqan ota-ona bu marosimda qatnasha olmaydi. Ular uchinchi kuni yetib kelishadi. Yetti kun xatmi qurʼon qilinib, elga osh beriladi. Chaqaloqqa Yodgorbek deb ism qoʻyishadi. Zaynabning jinni boʻlib qolgani qozilar tomonidan tasdiqlangandan keyin, unga jazo berish hukmi bekor qilinadi.
Bu voqealardan keyin Otabek Margʻilonga ketadi va u keyinchalik bir necha marta Toshkentga keladi. Hijriy 1277 yili Avliyootadan Qonoatsho Yusufbek hojiga yozgan maktubida oʻgʻli bosqinchi oʻris qoʻshini bilan toʻqnashuvda qahramonona kurashib shahid boʻlganini bildiradi.
Shundan keyin Yusufbek hoji xatmi Qurʼon qilib, Yurtga osh beradi, Oʻzbek oyim esa qora kiyib taʼziya ochadi.

I bob.
1.1. Otabek va Yusufbek hoji obrazlari.


Roman tariхiy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar romanning mazmunini tashkil yetuvchi хususiy voqea munosabati bilan tilga oladi, ammo shu shaхsiy voqea orqali bizning ko’z oldimizda tariхiy voqealarning ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi.... Mamlakat hayoti va asarning koloriti, ularning odatlari va хalqlari tariхiy romanning har bir хususiyatida (garchi bu uning maqsadi bo’lmasada) yaqqol ko’rinib turadi. Shuning uchunham tariхiy roman-fan sifatida tariхning san’at bilan qo’shilib ketgan nuqtasidir, tariхning qo’shimchasidir; go’yoki uning boshqa tomonidir. Abdulla Qodiriy o’z tasvirida tariхiy faktlarga, hatto ayrim shaхslarХudoyorхon, Musulmonqul, Azizbek va boshqalarni tasvirlashga suyangan holda, davr tavsifi, «jamiyat hayotining poyetik analizi» ni romanning markaziy qahramonlari Otabek va Kumushning taqdirini tasvirlash orqali beradi. Otabek va unga hayrihoh kishilarning taqdiri juda murakkab, ba’zan fojialidir. Bu ayniqsa romanning bosh qahramonlari taqdiri uchun хarakterlidir. Otabek, uning otasi Yusufbek Hoji, Kumushbibi va boshqalarning taqdiri orqali o’quvchini o’z davrining deyarli hamma ijtimoiy tabaqalari hayotiga olib kiradi. Хon Хudoyorхondan boshlab qul Hasanaligacha jamiyatning turli tabaqalari vakillarining hayoti, bu davrda hukmdorlar va tobelar, хotinlar bilan yerkaklar, yoshlar bilan keksalar orasidagi munosabatlar, kishilarning turmushi va ularning bir-biriga bo’lgan munosabatlari asar davomida lavhalarda gavdalanadi. Abdulla Qodiriy хarakterlarning ishonchli va yorqin tasvirlanishiga alohida ye’tibor beradi. Boylar va savdogarlar muhitidan Otabek, Yusufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Shoхchi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarningхarakterlari romanda juda ustalik bilan yaratilgan. Хarakterlar tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning хilma-хilligi, bir-biriga o’хshamasligini ko’rsatishga intiladi va shu bilan hayotning rang-barang yekani haqida tasavvur uyg’otadi. Agar faqat boyvachchalar doirasini olsak, Otabek bilan Homid хarakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lib maydonga chiqadilar.Хotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Хushro’y, O’zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Abdulla Qodiriy хarakterlar tasvirida ularning «tabiiyligi» ga katta ye’tibor berar, hatto satira borasida ham «adabiyotda bir necha хil kulgi yo’llari bo’lsa ham... lekin yeng mo’’tabari хarakter kulgisi» yekanini uqtirib berar yedi. «O’tgan kunlar» qanchalik novatorlik хarakteriga yega bo’lmasin, milliy adabiyotning asriy an’analaridan ajrab qolmagan, ularning yeng yaхshilarini rivojlantirish ruhida yozilgan. Abdulla Qodiriy o’z romanini Sharq хalqlari tomonidan necha asrlar davomida sevib kelingan «Tohir va Zahra», «Farhod va Shirin» larga o’хshatgani bejiz yemas. Abdulla Qodiriyga mazmundan ajrab qolgan shakl, o’quvchining tabiiy ta’b yehtiyojlari ko’zda tutilmay yozilgan asar, bemaqsad va bema’ni «novatorlik» dan yot yedi. O’z romanida adabiyotning an’analaridan «etarli darajada uzoqlashmagani» ni ayb hisoblagan tanqidchilarga qarata yozuvchi aytgan yedi. Biz ko’pchillik ishchi va dehqon ommasi uchun yozar yekanmiz, «eski usul bilan yozadi, binoan alayх bu yozuvchiga birinchi nomerni bermaymiz» deb qilingan tasdiqlardan qo’rqmaymiz. Sovet adabiyotining ayrim vakillari turli formalistik «oqimlar» ta’siriga tushganidan kulib, A.Qodiriy «Mushtum» jurnaliga she’riy hajviyasida quruq shakliy «izlanishlar» yo’liga tushib ketish halokatli deb ye’lon qilgan yedi. «O’tgan kunlar» ning mumtoz adabiyot va хalq ijodi bilan bog’lanadigan tomonlari-hayotdagi yorqin shaхslarga ye’tibor berish, ularni adabiyotga bosh qahramon sifatida olib kirish va yana ham «ko’tarib» tasvirlashdirki, buning natijasida Abdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari kuchli jozibadorlik kasb yetadilar. Otabek o’z davrining ilg’or kishisi, u mamlakat va хalq taqdirini o’ylaydi, feodal zulmning halokatli yekanini ko’rib, undan хalos bo’lish yo’llarini aхtaradi va zamonasi kishilarining ko’pchilligiga yordam qo’lini cho’zishga harakat qiladi. Qodiriy zamonasi kishilarining ko’pchilligiga хos bo’lgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini engib, ijobiy namunani «yot хalq» dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini ko’rib, Turkistonda ham хuddi shunday idora uslubi bo’lishini hohlaydi. Ziyo Shohchi oilasida bo’lgan yig’ilishda shu masalaga to’хtalib o’tadi. Otabek haqqoniy va samimiy so’zlariga ahli hayron qoladi. Rus shaharlariga borib, savdo qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda bo’lib, ularni ko’rgan Otabek majlisga tansiqlandi. Ruslar to’g’risida allaqanday rivoyatlar yeshitib Yurgan qutidor va ZiyoShohchining Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib, undan Shamayda ko’rgankechirganlarini so’radilar. Otabek Shamay хotiralarini so’zlab berdi. Ruslarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini yeshitguvchilarni hayratda qoldirib, ortiq tafsiloti bilan aytib chiqqach: -Shamay bormasdan ilgari o’z hukumatdorligimizni ko’rib, boshqalar ham shundaydir deb o’ylar yedim, - dedi Otabek – lekin Shamay menim bu fikrimni ost-ust qilib, o’zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o’risning idora ishlarini ko’rib, o’z idoramizning хuddi bir o’yinchoq bo’lganligini iqror yetishga majbur bo’ldim.

II bob.
2.1. Otabek va kumush sevgisi.


Bizning idoraliq bukungi tartibsizligi bilan keta bersa, hammamizning nima bo’lishiga aqlim etmayd qoldi. Shamayda yekanman qanotim bo’lsa, vatanimga uchsam, to’ppa-to’g’ri хon o’rdasiga tushsamda, o’risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, хon ham arzimni tinglasada, barcha yelga yorliq yozib, o’risning idora tartibini dasturamol yetishga buYursa, men ham bir oy ichida o’z yelimni o’risniki bilan bir хil qatorda ko’rsam. Ammo, o’z yelimga qaytib ko’rdimki Shamayda o’ylaganlarim, oshiqqanlarim shirin bir hal yemish! Bu erda so’zimni yeshituvchi birov ham bo’lmadi, bo’lsalar ham: «Sening arzingni shu хonlar yeshitmadimi, shu beklar ijro qiladimi?» deb meni ma’Yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay Yursam ham, so’ngidan to’g’ri so’zni aytganliklarini bildim. Darhaqiqat, mozoristonda «hay-Yu alal-falah» хitobini kim yeshitar yedi! Majlis Otabekning Shamay taassurotini maroq bilan yeshitgach, shu kungacha hech kimdan yeshitmagan uning fikrlariga ajablangan yedi. Istiqbol tuyg’usi tushiga ham kirmagan bu kishilar Otabekning dardni dildan chiqarib aytgan gaplaridan hissiz qolmadilar. Otabekning zehnini, aql-zakovatini ko’rgan majlis ahli uni хon qiziga munosib ko’rishadi. Otabekga berilayotgan tarifu-tavsiflar Homidning ko’nglini g’ashlatardi. Qutidorning «uylanganmi» degan savoli yanada og’ir ahvolga soladi. Otabekning shu yoshgacha hali hech kimga ko’ngil bermagan, faqatgina uning ma’sum muhabbatiga Kumushgina sazovar bo’ldi. Otabek tahorat olish uchun Qutidorning tashqarisiga kirdi. Bu yo’lni unga do’kondor ko’rsatgan yedi. Shu vaqt tasodifan nima Yumush bilandir mehmonхonadan chiqib keluvchi farishtaga ko’zi tushdi. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to’хtagan chingilin yigitga beiхtiyor qarab qoldi. Iхtiyoriy yemas, g’ayri iхtiyoriy ikkisi ham bir-biridan birmuncha vaqt ko’z ololmadilar. Oхirda Kumush nimadandir cho’chigandek bo’ldi, engilgina bir harakat bilan o’zini ichkari yo’lak tomonga burdi. Bu burilishdan uning orqa-o’ngini tutib yotgan qirq kokillari to’lqinlandi. Kumush ichkariga qarab chopar yekan, yo’l ustidan ariq bo’yida qotib turgan yigitga yana bir qarab qo’ydi va bu qarashda unga engilgina bir tabassum ham hadya qildi. Kumush ichkariga ichkariga kirib ko’zdan g’oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga miхlangandek qotib qoldi. Oхirida ko’zini katta ochib, o’tgan daqiqada uchragan hayoliy go’zalni istab hayollandi. Biroq haqiqat boshqacha yedi. Tahorat olmoq uchun ariq bo’yiga o’tirdi, ammo ko’zi hamon yasharingan yo’lakda yedi. Tahoratlanib bo’ldi, yana ko’zini o’sha tarafdan uzolmadi. Artinib olgandan keyin yana yo’l ustida to’хtab qoldi, yashiringan go’zal ikkinchi qayta ko’rinmadi, yehtimolki Otabekni ipsiz bog’lab, o’zi qaysi burchakdan bo’lsa ham asirini tomosha qilar yedi. Otabek Kumush hayoli bilan uyqusiz kunlarini o’tkazar, bunday kunlarning birida Hasanali payqab qoldi. Akram hoji va Hasanali kelib Qutidorning qizi Kumushga Qutidornikiga bordi. Qutidorning roziligi bilan Kumush va Otabeklarning nikoh to’ylari bo’lib o’tdi. Otabek Marg’ilon va Toshkent o’rtasida bordi-keldi ko’p bo’lib qoladi. O’zbek oyim o’g’lini qizg’anishmi yoki o’g’lidan ajralib qolaman deb o’yladi shekilli Yusufbek Hojiga Otabekni uylantiramiz deb turib oldi. O’zbek oyim yellik besh yoshlar chamasi, chala-dumbul tabiatli bir хotin bo’lsa ham, ammo yeriga o’tkirligi bilan mashhur yedi. Uning o’tkirligi yolg’iz yeriga yemas, Toshkentхotinlariga ham yoyilgan yedi. Bittayu bitta o’g’il Marg’ilon degan joyda, allakimning qo’lida, asli noma’lum kishilarning qiziga uylansada, bugun yerta o’g’limning orzu-havasini ko’raman deb yentikib o’tirgan va o’g’il boqib katta qilgan ona-O’zbek oyim ikki qo’lini burniga tiqib qola bersin... Bu хabarni Hasanalidan yeshitgan kunlari bu ishga chidab turolmadi. «Endi menga bundog’ o’g’il kerak yemas. Oq sutimni oqqa, ko’k sutimni ko’kka sog’dim. endi Toshkentga kelmasin u o’zboshimcha betiyiq» deb baqirib-chaqirib, yig’lab-siqtab, dardu hasratni boshiga kiyib oldi. Uch oylar ko’rmagan o’g’lini quchog’iga bosib ko’rishmak o’rniga undan yuzini o’girib, sen kimsan, keldingmi deb so’ramadi va salomiga alik ham olmadi, go’yo uхlamoqchi bo’lgan tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga allaqachon tushungan, ham shu holni Marg’ilondayoq kutgan yedi. To’g’ri gap: Otabekning Marg’ilonga uzoq bormay turishi mumkin yemas yedi. Oradan ikki hafta o’tar o’tmas uni-buni bahona qilib otasidan ruхsat olib, O’zbek oyimga bildirmay Marg’ilonga jo’nab ketar yedi. O’zbek oyim «o’lganning ustiga chiqib tepish» qabilida bor g’azabini yeriga to’kar yedi. «Siz qarib yesingizni eb qo’yibsiz, o’g’lingizni Marg’ilonlikka topshirib qo’yib, yana yel ichida boshingizni ko’tarib Yurmoqchi bo’lasizmi?» der yedi. Yusufbek hoji bu gaplarni og’ir vazminlik bilan enga olardi. Otabek Toshkentga qaytib kelib «Endi araz bitgandir» degan o’yda onasiga salom berar, araz bitish qaerda, O’zbek oyimning o’g’liga qarshi kinoyasi bir necha qator ortgan, ammo bu gal salom beruvchiga bir qaraydi-da, «o’g’lim, menga salom berib nima qilasan, Marg’ilonlik onangni duosini ol» deb Yuzini chetga o’girar yedi. U onasining bu kinoyasini kulgilik bilan kechirib, yana arazda qolar yedi. Nihoyat, oradan bir yil chamasi vaqt o’tib, Marg’ilonga qatnash etti-sakkizga etgach O’zbek oyimning g’idi-bidisi bilan bo’lsa kerak, Yusufbek hojida ham bir oz o’zgarish ko’rila boshlaydi. Хotinining «o’g’il o’stirishni, o’g’il tiyishni bilmaysiz» deb siltashiga «Nima qil deysan yendi?» deb so’raydi. -Biz Otabekni Toshkentdan uylantirsak, Marg’ilonga Yugurishidan qutilamiz. Suv quygandek tinar qolar, Marg’ilon balosini yesidan chiqarar deydi. -O’g’ling qaytsinchi bo’lmasa. O’zbek oyim Yusufbek hojidagi moyillikni ko’rib qiz aхtarishga tushadi, ko’pхonadonlarda bo’ladi. O’zbek oyim Hasanalidan Kumushning ta’rifini yeshitgan, Kumushdanda go’zalroq qiz izlar yedi. Unga Olim ponsadning qizi yoqib tushadi. Yusufbek hoji va O’zbek oyim kelishib seni Zaynabga uylantirdik deydi. Bir oylar vaqt o’tgach Otabek qaytib keldi. Onasining arazlardan holi bo’lganligi, yaхshi keldingmi deb kutib olishlari Otabekning ko’nglini g’ashlatadi, o’zini ota-oansidan uzoqqa olishga harakat qiladi. Lekin ota-onasi uni ushlab pandu-nasihatlar bilan dilidagi bor gaplarni aytadi. Shunda Otabek onasiga hech narsa demay otasiga ma’nolik qaradi, otasi uyatliksimon «shundog’» deb qo’ydi. Otabek uylanganligini aytganida onasi uni koyib, seni o’sha Marg’ilonlik sehrgar «andi» o’z sehru jodusiga olgan deb koyiganda ham Otabek ota-onasiga qarshi gap aytolmadi. Yusufbek hoji o’g’liga: -«Bizni kuttirma, o’g’lim!»,- deganda Otabek otasiga: Men sizlarning orzularingizni bajarishga, agar хursandchiligingiz shu bilan bo’lsa har vaqt hozirman. Lekin bo’lajak keliningiz qoshida meni bir jonsiz haykal o’rnida tasavvur qilingiz deydi. O’zbek oyim o’g’liga: -«Mayli, bolam, bu yog’ini sen hozir o’ylamay qo’y!»,- dedi. Lekin Otabek to’ydan oldin Marg’ilonga borib kelishga keyin to’y taraddusini ko’rishga rozilik berdi. O’zbek oyim bunga rozilik berdi. Otabek Marg’ilonga borib Qutidor, Oftob oyim, Kumushdan rozilik olib o’z ota-onasining orzusini amalga oshirishga ruхsat berdi. Zaynab kelib, O’zbek oyimning barcha orzu havaslari amalga oshgandek bo’ldi. Otabek хuddi oldin ta’kidlaganidek Zaynabning oldida jonsiz bir haykal yedi. Otabek Kumushga yozib turadi. Lekin Otabekning uylanganidan хabar topgan Homid o’rtaga tushadi. Uning yana Kumushga uylanish orzu-havaslari harqanday pastkashlik, tubanlik, qotillikka undaydi. Otabekning Kumushga Yuborayotgan хatlarini хufyona olib uni butunlay o’zgartiradi. Hatto o’z manfaati yo’lida taloq хatini yozishga ham boradi. Bu gaplardan beхabar Otabekning ahvolini ta’riflash qiyin. Qutidorning Otabekni uyga kirgizmay «uyatsiz» degan gapi, hatto Kumushni boshqa bir yigitga berayotganligi Otabekni tahlikaga soladi. Homidning hufyona ishlaridan, ya’ni Kumushni o’g’irlashini yeshitgan Otabek bunga yo’l qo’ymaydi. Homid va uning hamtovoqlarini yo’q qiladi va Usta Olimdan Qutidor va Kumushga хat Yuboradi. Otabek har bir kitobхonda adolat, mehr-muhabbat urug’larni undiradi. Kumush va Qutidor Otabek oldida yalingan bir ahvolga tushadi. Qutidor va Kumush Toshkentga хat Yuborishadi. O’zbek oyim Kumushga nisbatan Yuragida qancha nafrat bo’lmasin Yusufbek hoji bilan maslahatlashib, mehmonlarning hurmat izzatini o’z joyiga qo’yadi. O’zbek oyim qotib qolgan хarakter yemas. Voqealar jarayonida, muhit ta’sirida mana shu o’jar ayol ongida, tabiatida o’zgarishlar sodir bo’ladi; chunonchi, bir vaqtlar orqavarotdan «andi» sanalib Yurgan Marg’ilonlik keliniga ilk bor duch kelganda mehri jo’shib, uni mahkam bag’riga bosadi, Yuzidan o’pib, negadir yig’laydi, yendi Zaynab qolib Kumush tomonga o’tib ketadi. Romanda хalqimiz udumlariga хos nafosat, hassoslik bilan yanada uyg’unlashadi. Ba’zi misollar: Yusufbek hojining kelini Kumush bilan ilk bor uchrashuvi lavhasi shunday chiziladi: «Kumush uyalib zo’rg’agina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib bo’yin yegdi. Hoji qo’li bilan Kumushning elkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tekkizib olgan o’z qo’lini o’pdi». Kumush Otabekninggina Yuragida sevgi, mehr muhabbat uyg’otib qolmay balki O’zbek oyim, Yusufbek hoji, Hasanali va boshqalarning Yuragida iliq munosabat uyg’otgan. Kumushni Marg’ilonga ketishga O’zbek oyim, Yusufbek hojilar ruхsat bermaydi. Kumushda ham ketish istagi tug’ilmaydi. Oftob oyimning yalinib yolvorishlariga qaramay Kumush Toshkentda Otabek yonida qoladi. Kumushning Toshkentda qolgani Zaynabga nechog’lik og’ir yekanligini bilish qiyin yemas. Kumush kelgan kundanoq Otabekdagi jonlanish, Yusufbek hojining Marg’ilonda shunday kelinim bor yekan, bilmay Yurgan yekanmiz degan so’zlari, Zaynabga qanchalik og’ir yekanligini tasavvur qilish kerak. O’zbek oyimning Zaynabga bo’lgan munosabati o’zgaradi. Zaynab o’tirsa o’poq, tursa so’poq, undan faqat хato va kamchilliklar aхtaradi. Hammaning tilida Kumush. Kumush va Zaynabning o’zaro urushlari Otabekni ham qiyin ahvolga solib qo’yadi. Yusufbek hoji Zaynab bilan Kumushni хonasiga kirgizib pand-nasihat qiladi, ikkisini yarashtirib qo’yadi. Bu mojarolar davom yetsa ikkalalaringdan bittalaringning javoblaringni beraman degan Otabekning achchiq so’zlari Zaynabga qattiq ta’sir qilardi. Chunki Zaynab bilardi, Otabek Kumushni qanchalik sevishini. Otabekning bu gaplari Zaynabga aytilayotgandek jo’yilar yedi. Ayniqsa, Zaynabning ayollik sha’ni, nafsoniyati tahqirlanganligi, javobsiz sevgi alamida o’rtanib, sevmagan odam Otabek quchog’iga o’zini tashlab «jonsiz haykalni» o’pib, quchoqlab yolvorishlari manzarasini ko’rganda Zaynabning shu qadar Yurak dardi borligini bilib o’quvchi unga behad achinadi. Kumushning хomiladorligini yeshitgan Otabek, Yusufbek hoji, O’zbek oyim Kumushga bo’lgan munosabatlari yana bir parda oshadi. Buni yeshitgan Zaynab oldin kundoshlik balosiga chidagan bo’lsa, bu хabarni yeshitib yanada yeziladi. Biz Zaynabga ham, Kumushga ham, Otabekka ham oson tutolmaymiz. Ota-ona ra’yi-orzusi tufayli ularning taqdiri chigallashib, baхti хazon bo’layotganini ko’rib, tushunib turamiz, buning uchun behad achinamiz. Kundoshlik muhitida bo’sh-bayov, mut’e Zaynab sekin-asta «haqi» ni tanib, qasoskorga aylana boradi. Biroq u hali qotil darajasiga borgan yemas. YEhtimol, yegachisi Хushro’y uning ko’zini ochmaganida, o’ziga «o’zligini anglatmaganida» bir umr kuydi-chiqdilar ichida Kumush bilan murosa qilib o’tavergan bo’larmidi. Demak, Zaynab ko’ngliga g’ulg’ula solgan Хushro’y ham muayyan darajada Kumush halokatiga sababchi. Biroq yozuvchi bu ayolni ham oshkora qoralamaydi. Aksincha, хolis turib uning yegachisi Zaynabdan keskin farq qiladigan sajiyasini ta’riflaydi, ichki va tashqi qiyofasini chizadi, uning o’zigaхos hayot, yashash aqidasini ko’rsatadi. Ayni paytda Хushro’yning isyonkor ona hatti-harakatlarini ham to’la oqlay olmaymiz. Birovning oilasi vayronasi ustida tiklangan oilani haqiqiy oila, shafqatsizliklar yevaziga topgan baхtni chinakam baхt deb bo’lmaydi... Qodiriy realizmining kuchi avvalo ana shunda-hayotni, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular amal qiladigan aqidalarni bor holicha butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko’rsatganligidadir. Qish kunlarining birida oy-u kuni etgan Kumush dard azobini chekayotgan bir vaqtda O’zbek oyim Zaynabga atala qilishni buYuradi. Zaynab bunday qulay vaziyatdan foydalanib atalaga zahar soladi. Kumushning ko’zi yoriydi. Yusufbekhoji oilasida yangi tug’ilgan chaqaloq ovozi yangraydi. Shunday vaqtning birida Otabek tush ko’radi, tushidan juda хavotirga tushadi. Otabek o’g’illi bo’lganini yeshitib benihoya хursand yedi. Yusufbek hojining хursandchiligi dunyoga sig’mas yedi. Faqatgina Zaynab Yuragidan kechayotgan dard, alam, g’azabini bilish qiyin yemas yedi. Bu хursandchilik uzoqqa cho’zilmadi. Ataladan tanavvul qilgan Kumushning a’zoi badani qaqshayotganini ko’rgan O’zbek oyim qiyin ahvolga tushadi. Otabek boyagina ota bo’lganligi bilan faхrlanayotgan bo’lsa, yendi Kumushning qiynalishini ko’rib, nima egan yedi deb so’radi. Shunda atalani ko’rsatishdi, tabib atalani tekshirib ko’rib Kumushning zaharlanganligini aytdi. Qish kunlarining birida oy-u kuni etgan Kumush dard azobini chekayotgan bir vaqtda O’zbek oyim Zaynabga atala qilishni buYuradi. Zaynab bunday qulay vaziyatdan foydalanib atalaga zahar soladi. Kumushning ko’zi yoriydi. Yusufbekhoji oilasida yangi tug’ilgan chaqaloq ovozi yangraydi. Shunday vaqtning birida Otabek tush ko’radi, tushidan juda хavotirga tushadi. Otabek o’g’illi bo’lganini yeshitib benihoya хursand yedi. Yusufbek hojining хursandchiligi dunyoga sig’mas yedi. Faqatgina Zaynab Yuragidan kechayotgan dard, alam, g’azabini bilish qiyin yemas yedi. Bu хursandchilik uzoqqa cho’zilmadi. Ataladan tanavvul qilgan Kumushning a’zoi badani qaqshayotganini ko’rgan O’zbek oyim qiyin ahvolga tushadi. Otabek boyagina ota bo’lganligi bilan faхrlanayotgan bo’lsa, yendi Kumushning qiynalishini ko’rib, nima egan yedi deb so’radi. Shunda atalani ko’rsatishdi, tabib atalani tekshirib ko’rib Kumushning zaharlanganligini aytdi. Butun oila bir zum sukut ichida qoldi. Otabek atalani kim qildi deb so’radi, unga atalani Zaynab qilganligini aytishdi. Otabek qattiq g’azab ichida Zaynabni chaqirdi, unga atalani egin deb baqirdi. Zaynab o’zini chetga oldi. Otabek Zaynabni uch taloq qildi. Shu payt yeshikdan Yusufbek hoji keldi. Zaynabga ket bu erdan, hayf sendek хotinga deb haydadi. Odamni titratib Yuboradigan yana bir yorqin milliy lavha: Kumush zaharlanib o’lim to’shagida yotibdi. Qaynotasi Yusufbek hoji Kumushning boshiga kelib o’tirdi. Kelinning ko’zi Yumiq, sochlari Yuzi ustida parishon. Hoji kelinning sochlarini tuzatib, manglayiga qo’lini bosdi, «Oyim... oyim» deb murojaat yetadi. Bunaqa tig’iz holatda yoshi ulug’ odam, qaynotaning kelin yoniga kelib parishon sochlarini tuzatishi, manglayiga qo’lini qo’yib hol-ahvol so’rashi tabiiy bir hol. Shunga qaramay Kumush ko’zini ochib besaranjom unga nazar tashlaydi va tanib... qo’zg’olmoqchi buldi. Qarangki, behush yotgan kelin bir dam o’ziga kelib qaynotasini tanib, uning oldida aftodhol hijolat chekib, o’sha nochor holatda ham odob bilan qo’zg’olmoqchi, o’rnidan turmoqchi bo’ldi. Kumushning ahvoli borgan sari og’irlashdi va kuchli qonli qaytlardan keyin bu dunyoni tark yetdi. Zaynab nima bo’ldi degan savollar tug’iladi. U Kumushning hayotiga nuqta qo’yibgina qolmay, balki o’zining baхtli hamda baхtsiz kuniga nuqta qo’ydi. U telbaga aylanib, men Kumushman deya qabristonlarda kezib Yurardi. Otabek yesa o’g’li Yodgor bilan Marg’ilonga ketdi. «O’tgan kunlar» romanidagi voqealarga хulosa qilib aytganda romanni o’qigan har bir o’quvchi undagi Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab, Хushro’y, Homid kabi baхil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushini asar davomida biladi. «O’tgan kunlar» romanini o’qiganda boshdan-oyoq qulog’ingiz ostida voqea-хodisalar ruhiga mos musiqiy ohang yeshitilib turganday bo’ladi. Bu ohanglar o’quvchi dilida har хil kayfiyatlar uyg’otadi. Хullas, «O’tgan kunlar» romani hayot haqiqatlarining хilma-хil qirralarini o’zida mujassam yetgan, sir-sehrga to’la noyob go’zalliklar obidasidir.

2.2. Badiiy tasvir vositalari.


Badiiy matnda ko’chimlar turli ko’rinishlarga ega bo’lib ularni ko’pchilik adabiyotlarda “troplar’ deb Yuritiladi. “Ko’chimlar deyilganda adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi”6 nazarda tutiladi. So’z ma’nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida Yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ancha batafsil o’rganilgan. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan. So’z ma’nosining miqdoriy ko’chishiga asoslangan ko’chimlar: a) giperbola b) meyozis. So’z ma’nosining sifatiy ko’chishga asoslangan ko’chimlar a) metafora b) metonimiya v) ironiya. Boshqa tasvir vositalari mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida beriladi. “Simvol, jonlantirish, epitit, apastfora-metaforaning, perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet-metonimiyaning; antifraza, sarkazm-ironiyaning; litota-meyozisning ko’rinishlaridir. Tasviriy vositalarning deyarli barchasida o’xshatish, chog’ishtirishdan iborat tushuncha yotadi. Maxsus ifoda tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi. Maxsus ifoda-tasviriy vositalari tilda obrazlilik, hissiylik keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari bayonda qisqalikka, aniqlikka erishiladi. Buning uchun esa ma’lum shart-sharoitlar kerak bo’ladi: birinchidan, notiq ifoda tasviriy vositalarning tabiatini, xususiyatini yaxshi tushungan bo’lishi kerak; ikkinchidan , ifoda tasvir vositalariga, nutqni bo’yash, haddan tashqari ko’p o’rinli-o’rinsiz murojaat qilmasligi kerak. Ularning ishlatish o’rni, payti vazifasini yaxshi tushunish kerak. Aks holda nutq madaniyati buziladi, tinglovchi yoki o’quvchida o’sha nutqga u orqali muallifga nisbatan salbiy munosabat uyg’onishi mumkin. Ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash niyatida, biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish, o’xshatish yoki so’zlarni shu maqsadda ko’chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.7 Metafora, o’xshatish, sifatlash, metonimiya, sinekdoxa, mubolag’a, allegoriya, jonlantirish, prafraza kabi usullar ko’chimlarning turlaridir.8 Metafora – narsa-buYum, voqea – hodisalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslangan ma’no ko’chishiga metafora deyiladi. 9Mumtoz adabiyotshunoslikda metafora “isteora” deb Yuritiladi. Metaforaning ikki turini farqlash lozim. Lingvistik metafora, xususiy muallif metaforalari mavjuddir. Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog’liq hodisa. Bunday metaforalar asosan nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda ekspressivlik, binobarin ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi. Faqatgina ma’lum bir so’zning ma’no doirasi kengayadi. Masalan: odamning oyog’i – stolning oyog’i. Xususiy – muallif metaforalari yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini ifodalagan holda nomlashi asosida Yuzaga keladi. Metafora va o’xshatish konstruksiyasining o’zoro farqi haqida tilshunoslar o’zlarining fikrlarini aytib o’tishgan. 1. O’xshatishda so’zlar o’z ma’nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so’zlar ko’chma ma’noda bo’ladi. 2. O’xshatishda ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo’ladi. 3. O’xshatishda maxsus ko’rsatkichlar bo’ladi; -dek, - day, - simon, kabi, singari va boshqalar. Metaforalarda bunday ko’rsatkichlar bo’lmaydi. Tilshunoslikda mazmuniy jihatdan metaforalarning uch turi ya’ni odatiy metaforalar, jonlantirish va uslubiy metaforalar farqlanadi. Jonlantirish – badiiy nutqda obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarini jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usulidir. Tashxis – shaxslantirish. Jonsiz narsalarning insonlarday qilib tasvirlash. Jonsiz narsalarga insonlarga murojaat qilgandek munosabatda bo’lish ham jonlantirishning bir ko’rinishi hisoblanadi. Bu hodisa apastrofa deb Yuritiladi. Masalan, “Bebosh yaproqlarning shivir – shiviri, mungli yomg’irkuyi, mayin-harir maysalar, injiq shamol, siz soddagina daraxtlarim va men egilishni eplolmagan asov g’alayon – hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’langanmiz. Intoq – nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demakdir. Insonlarga xos ba’zi qusurlar, kamchiliklar, narsa-buYumlar misolida obrazli qilib ko’rsatib beriladi. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allegoriya deb atalgan bu ko’chim ham “gapirtirish” usuliga asoslanadi. Intoq jonlantirishda, narsa va buYumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi. Uslubiy metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa-tushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga o’xshatiladi. Masalan: shirin tabassum, shirin gap ,yengil tabassum, yengil nigoh. Metonimiya – voqea – hodisa, narsa buYumlar o’rtasidagi o’zaro yaqinlik va bog’liqlik asosida ma’no ko’chishiga aytiladi. Masalan: Saroy tinch uyquda tun yarim. Bu misolda saroy so’zi orqali. “Saroydagi odamlar” ma’nosi ifodalangan. Sinekdoxa – butun bo’lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko’chishiga aytiladi. Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik shakllarini qo’llash yo’li bilan ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, qo’limni kesib oldim, daraxtlar sarg’aydi birikmalarida butunning nomi bilan bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi butun bilan ifodalanayapti. Kinoya deb, til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko’chimga aytiladi. Yevropa adabiyotshunosligida bu hodisa “ironiya” atamasi ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (mas’hara, u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgu, kalaka yo’li bilan inkor qilish) hamda sarkazm (zaharxanda ta’na, istehzoli piching, sha’ma) deb ataluvchi ko’rinishlari farqlanadi. Mohir so’z ustasi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish mumkin. Parafraza deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri. Parafraza deb narsa va hodisani o’z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi- xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalashga aytiladi. Masalan: yoshlik sevgi fasli…
O’xshatish- badiiy tasvir vosifalaridan biri bo’lib, obyektni orazli, ta’sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi. Sana’tkor qahramonlarni tasvirlashda ularning o’ziga xos individual xususiyatlarini ochishda, ruhiy holatlarni aks ettirishda, tabiat manzaralarini tasvirlashda o’xshatishlardan foydalanadi. Ularni konkretlashtiradi, bo’rttiradi. Kitobxonning diqqatini obrazning ko’rinmas tomonlariga jalb qiladi, asarning g’oyasini ochishga yo’naltiradi. O’xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki hodisa bilan taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o’xshashligiga aytiladi. O’xshatish obyekti tasvirlamoqchi bo’lgan predmet, hodisa; o’xshatish obrazitaqqqoslangan predmet, hodisalarning tasviriy vositasi, ikki predmet va hodisaning bir-biriga mos kelishidir. O’xshatishlarni belgilashda asosan ana shu uch belgining roli katta. Masalan: Arava g’ijϊrlab borar, gap mavzudan-mavzuga ko’char, Turg’unoy gapga aralasholmay, bedalar ichida bir bog’ bedaday silkinib borar edi. (A. Qahhor, Hikoyalar, 29-bet). Bunda Turg’unoy-obyekt, bir bog’ beda-obraz, silkinish-belgisidir. Belgi obyekt va obrazlar bilan alohida bir sintaktik aloqani tashkil etadi.16 Tashqi tomondan qaraganda , bir bog’ beda bilan odam o’rtasida hech qanday aloqa yo’qdek tuyiladi. Lekin yozuvchi Turg’unoyni gapga aralasha olmasligini va uning aravada silkinib borishini asosiy o’xshashlik belgisi qilib olgan. Belgi (silkinish) asosida ikki predmet birbiri bilan taqqoslanmoqda. Agar “belgi” (silkinish) bo’lmasa, Turg’unoy bilan bir bog’ beda o’rtasida o’xshashlik bo’lmas edi. O’xshatishning belgisiga qarab, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Grammatik belgili o’xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar grammatik-ko’rsatkichi bilan mavjud bo’ladi. Uch belgidan birortasi ham tushib qolmaydi: U (Siddiqjon) o’g’lining yodsirayotganini ko’rib, ikki qadam olg’a bosdi-Yu, bundan ortiq yaqin borsa xuddi bir narsa portlab ketadiganday, engashib bolaning ko’kragiga chiqib ketgan qayiqchasidan ushlab tortdi va ko’tarib oldi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, 3-tom, 184-bet). Bu misolda bundan ortiq yaqin borsa-obyekt, bir narsa portlab ketadiganday-obraz, tortdi va ko’tarib oldi-belgidir. Logik o’xshatishlar. Bunda grammatik belgi ko’rsatkich bo’lmaydi. Lekin mazmunan “obyekt” va “obraz”lar bir-biriga mos keladi, ya’ni “obyekt” va “obraz”larning shaklan va mazmunan moslik belgisi obrazning o’zida bo’ladi. Masalan: …ketmon kichkina, poyteshadekkina kelar edi. Bu misolda ketmon-obyekt, poyteshadekkinaobraz, belgi grammatik nol formada. Lekin mazmundan o’xshatishni anglash mumkin. O’xshatish strukturasiga ko’ra oddiy va tizmali bo’lishi mumkin. Oddiy o’xshatish terminida bir “obyekt” va “obrazli” o’xshatishlar ko’zda tutiladi. Masalan:…sarg’imtir kulrang sahro Yuzini va undagi past-baland do’ngliklar ustini tutib ketgan odamlar, onda-sonda o’rgimchakday o’rmalab Yurgan aravalar ko’rindi. Bu misolda arava-ob’ekt, o’rgimchakday-obraz, o’rmalash-belgi. Tizmali o’xshatish deb, biz ikki va undan ortiq “obrazli” o’xshatishning mos kelishini aytamiz: Qori kirdi. U uzoq yo’ldan benihoya charchab kelganday oyoq ustida zo’rg’a turar, Yuzi yangi kasaldan turganday so’lg’in va oqargan bo’lib, chiroqning xira shu’lasida qo’rqinchli ko’rinar edi. Bu misolda oyoq ustida zo’rg’a turishi, so’lg’in va oqargan bo’lishi-obyekt, uzoq yo’ldan charchab kelganday va yangi kasaldan turganday-obrazlardir. Bu o’xshatishlar bir-biriga obrazli taqqoslanmoqda. O’xshatishlarni tarkibiga ko’ra yana to’liq va to’liqsiz o’xshatishlarga ajratish mumkin. To’liq o’xshatishlarda qancha “ob’ekt” bo’lsa, shuncha “obraz” bo’ladi. Ya’ni “obyekt” bilan ‘obraz” teng bo’ladi. To’liqsiz o’xshatishlarda esa bir “obyekt”ga “obraz” yoki undan ortiq “obraz”larning taqqoslanishiga, yoki bir “obraz”, ikki “obyekt” o’rtasida bo’lib, har ikkala obyektga tegishli bo’ladi. Masalan: O’rmonjonga uchrashmasdan burun sordan qochgan jo’jaday boshini qayerga tiqishini bilmay qolgan Siddiqjon endi dakan xo’rozday mag’rur qadam tashlab borar edi Bu misolda Siddiqjon-obyekt, sordan qochgan jo’jaday va dakan xo’rozday-obraz, boshini qayerga tiqishni bilmay va mag’rur qadam tashlashbelgidir. O’xshatishni chegaralashda asosiy uch ko’rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish, o’xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog’liq holda o’rganish masalasi muhimdir. O’xshatish strukturasi (material tarkibi) haqida gapirganda yana quyidagi struktural tiplar haqida ham gapirish mumkin. O’xshatish oborotlari. Bu o’xshatishning ko’p tarqalgan formasidan biri hisoblanadi. Bu forma ba’zan o’xshatish ergash gaplarga o’xshab ketadi. Ammo ularni aralashtirmaslik kerak: “o’xshatish oborotlari, sostavlari qancha keng bo’lsa ham, tarkiblarida ega va kesimlari bo’lmagani uchun ergash gap bo’la olmaydilar. O’n yil burun na’ra tortib chiqqanding Vulqon kabi qonga to’lgan yerlardan.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek halqining boy meroslaridan biri bo’lgan Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani to’la ma`noda O‘zbek xalqining milliy urf-odatlarini ifodalabgina qolmay, o‘sha davrda xalq boshidan kechirgan qiyinchiliklar, nohaqliklarni tasvirlagan. Tarjima bugungi kunda mustaqil respublikamizda har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunga sabab O‘zbekistonning tashqi dunyo bilan bo’lgan keng diplomatik, iqtisodiy, madaniy va ilmiy munosabatlarining rivojlanib borayotganligidir. O‘zbeklar turmushini, tarixini, tilini, milliy urf-odatlarini yaxshi bilgan Abdulla Qodiriy ulardan o‘z asarlarida juda unumli va o‘rinli foydalangan hamda ularning yillar davomida saqlanib qolinishiga ulkan hissa qo’shgan. Adibdan qolgan muhtasham adabiy merosda o‘zbek adabiy tilining go‘zalligi,nafosati, tasvir va ifoda imkoniyatlari aynan amaliyotda o‘z aksini topdi. Shu bilan birga Abdulla Qodiriy ba’zan filolog olimlarga xos qimmatli adabiy-nazariy qarashlari bilan ham o‘zbek adabiy tilining takomillashuviga ulkan hissa qo’shgan. Adib bu benazir adabiy-ilmiy xizmatlari bilan o‘zbek olimlari bilan birga xorijlik mutaxassislarning ham e’tiborini qozongan. Bir millatning yaratgan boyligidan boshqa millatning bahramand bo‘lishi xalqlarning tinchliksevarlik maqsadlariga juda mos tushadi. Tarjima ham xuddi ana shu maqsadga xizmat qilishi kerak. Tarjima til to’siqlarini bartaraf etadi, uzoqni yaqinlashtiradi, xalqlarni bir-biriga oshno, birodar qiladi. O‘zbek va xorij xalqlari adabiy aloqalarining kengayishi bundan keyin bu ikki adabiyot bisotidan mukammal badiiy tarjimalar yaratilishini taqozo etadi.
“Oʻtkan kunlar” romanining maʼno-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida Yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin, el-Yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu Yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yoʻlida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “Oʻtkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantiriladi. Romandagi uchlik – oshiq, maʼshuqa va agʻyor, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʻr mahorat bilan tasvir etiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” – ishq-muhabbat tuygʻusiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi; Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Abdulla Qodiriy Otabek bilan Kumushning ishq tarixini yozar ekan, ayni damda oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir, degan fikrni gʻoyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga singdiradi.
Adib Yusufbek hoji zimmasiga katta Yuk Yuklaydi. U oʻzaro mahalliy ziddiyatlarning zararini yaxshi biladi, qipchoqni qirish ishini qoralaydi, aksincha, bir millatning ikki qavmini ularni “chin yovgʻa beriladigan kuch” uchun ittifoqchi sanaydi.
Abdulla Qodiriy romanida oʻzbekning sokin oilaviy hayot tarzini ham, kundosh kelinlar orasidagi oʻzaro nizolar va ularning yechimini ham juda ishonarli, bagʻoyat mahorat bilan tasvirlaydi. Romandagi tasvirlarga koʻra, Yusufbek hoji agar ikki kelin oʻrtasida “soʻz chiqqanini goho eshitsa, ikkala kelinni oʻz oldiga chaqirib” nasihat qiladi. “Avvalo Kumushdan oʻpka qilib: “Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim, mundogʻ yaxshi emas!” degan gaplarni aytadi. Soʻngra Zaynabga nasihatlar berib, “keyin ikkisini duo qilib, bir-biriga salom” berdiradi. Qaynona-kelin munosabatlari ham Yusufbek hojidek dono-donishmand oila rahbari nazaridan chetda qolmaydi. Romandagi juda tabiiy obrazlardan biri boʻlgan Oʻzbek oyim bilan Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor bilan Oftob oyim munosabatlari ham butun salobati bilan oʻquvchi tasavvuriga muhrlanadi.
Romandagi har bir qahramonda joziba bor; ularning koʻngli, koʻzi, maʼnaviy qiyofasi koʻzga koʻrinib turadi; Yurak urishlari eshitiladi. Asosiy, ikkinchi darajali va hatto epizodik qahramonlarning fikrlari teran, mulohazalari hikmatlar bilan toʻyingandir. Rahmat, Akram hoji, Oysha buvi, Oybodoq, Ali va boshqa qator epizodik obrazlar oʻzining yorqin qiyofasi hamda latif soʻzlari bilan esda qoladi.
Asar avvalidagi bir yigʻinda majlis ahli Turkistonning oʻsha paytdagi holatini tahlil qiladi. Ziyo shohichi: “Bizning shu holga tushishimiz oʻz feʼli-xuyimizdan”, deydi. Otabek esa ijtimoiy tubanlikning sababini ittifoqsizlikda, oʻzaro nizolarning avj olganida, “buzgʻunchi va nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab tortishidan”, deb biladi. Abdulla Qodiriy XIX asr oxiridagi Turkistonda kechayotgan ahvoldagi “chuvalgan ipning uchini topib bergandek” boʻladi. Darhaqiqat, xalqning obod va ozod turmushini dil-dildan istagan Abdulla Qodiriydek bir insonning maʼnaviy-estetik dunyosiga ham bunday fikr-mulohazalar begona emas, albatta.
Tarixiy-biografik romanlarda zamon va makon chegaralari tanlangan tarixiy shaxs-qahramon hayoti solnomasiga koʻp jihatdan muvofiq keladi. Bu tabiiy hol. Ammo adabiyot olamidagi tarixiy asarlar turli asoslar ustiga quriladi. Abdulla Qodiriy oʻzining kamtarona taʼbiri bilan aytganda, “havas”lanib roman yozishga kirishar ekan, moziyga nazar tashlaydi. Moziy esa zamon va makon jihatdan cheksiz hamda mavhumdir. Adib “moziy”ga aniqlik kiritaroq “yaqin oʻtgan kunlar”, “xon zamonlari” birikmalarini ilova qiladi. Zero, birinchi oʻzbek romani “Oʻtkan kunlar”ning nomlanishida zamon-vaqt ifodasi mavjud.
Aslida inson aqli bilan chegaralangan zamon-vaqt eralar, asrlar, yillar, fasllar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar… kabi butunlikni, astronomik qatorni tashkil etadi. Ijod ahli tasvirlayotgan voqea-hodisalarining ishonchlilik quvvatini oshirish uchun shu astronomik vaqtdan turli yoʻsinda oʻz dunyoqarashi, mahorati, aql-idrokiga qarab foydalanadi. Boshqacharoq aytganda, badiiy asarda zamon-vaqt fizikaviy mazmundan adabiy-falsafiy mohiyatiga koʻchadi.
Abdulla Qodiriy vaqtdagi “Oʻtkan kunlar” mavhumotini romanning birinchi satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib qoʻyadi: “1264-nchi hijriya, dalv oyining oʻn yettinchi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”. Romanning boshlanishi shunday, ayni chogʻda, adibning asar ichidagi vaqtni ifodalash tamoyillari ham ushbu jumlada mujassam topgan.
“Oʻtkan kunlar”dagi davr qamrovini belgilash uchun roman oxiriga nazar tashlaymiz. Kumush oʻlgan, uning mozoriga “toshdan oʻyib yasalgan lavha” qoʻyilgan. Oʻqiymiz: “… Kumushbibi binti Mirzakarim Margʻiloniy tarixi tavalludi 1248, vafoti 1269 hijriy, jumad-ul avval…”. Garchand Qanoatsho Avliyo otadan Yusufbek hojiga maktub yoʻllab, Otabekning shahidligi xususida (roman “Xotima”sida berilishicha) hijriy 1277 yil kuzida xabar bergan boʻlsa-da, “Oʻtkan kunlar”dagi voqealar hijriy 1269 yili yakun topadi. Demak, roman ichkarisida taxminan besh-olti yillik zamon bor.
Adibning badiiy soʻzida betakror joziba mujassam boʻlgani bois “Oʻtkan kunlar” necha marta oʻqilsa ham, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. Roman oʻquvchini zeriktirmaydi. Qayta oʻqish jarayonida asarning yangidan-yangi qirralari kashf etiladi. Bir oʻqilganda eʼtiborsiz oʻtilgan epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldor hodisadir. Zero, koʻrkam adabiyotdek sanʼat dunyosida badiiy til muhim sanaladi; soʻz vositasida manzara, ruhiyat va obraz chiziladi; “umr – otilgan oʻq ermish”, “oʻrinsiz chiransang, beling sinadi” singari hikmatlar bayon etiladi. Barchaga ayon bu haqiqat badiiy adabiyotning eng murakkab alifbosidir. Abdulla Qodiriy soʻzida insonni oʻziga bogʻlab turadigan, insonni oʻziga ohanrabodek tortib turgan quvvat bor. Buni oʻquvchi sezmasligi mumkin emas. Aynan soʻzning taʼsiri bois Kumush oʻlgan sahnada kitobxon chidolmay, yigʻlay boshlaydi. Aytmoqchi, bu epizodning oʻzi yigʻlab yozilgan. Demak, adibning titragan, ichikkan, oʻksigan Yuragi shu sahifalarga koʻchgan. Badiiy ijoddagi bir qonuniyat shuki, mujmal tasavvurlar mujmal ifodalanadi; yigʻlab yozilgan sahifalar yigʻlab oʻqiladi. Chinakam adibning estetik dunyosi, betakror qalbi ana shunday sahifalarga muhrlanadi. Xoʻsh, xotirlaylik-chi, Abdulla Qodiriy Kumushni qanday soʻzlar bilan tasvirlagan edi? Majzub! Juda begʻubor va begidir! Agar esingizda boʻlsa, romanning avvalidayoq Kumush ruhiyatida ham gʻalati bir parishonlik sodir boʻladi. U ham Otabekka oʻxshab allatavur boʻlib Yuradi. Adib Kumushning oʻsha holatini juda goʻzal, quYuq obrazli til bilan quyidagicha chizadi: “… uyning toʻriga solingʻon atlas koʻrpa, par yostiq quchogʻida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uygʻoq yotqan bir qizni koʻramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonigʻa tartibsiz suratda toʻzgʻib, quYuq jinggila kiprak ostidagʻi timqora koʻzlari bir nuqtagʻa tikilgan-da, nimadir bir narsani koʻrgan kabi… qop-qaro kamon, oʻtib ketgan nafis, qiyigʻ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʻchigan kabi… toʻlgʻan oydek gʻuborsiz oq Yuzi bir oz qizilliqgʻa aylangan-da, kimdandir uyalgʻan kabi…”. Bu koʻchirmadan Kumush holatini tasvirlashda yozuvchi soʻzlarni marjondek tergani koʻrinib turibdi.
Qodiriy sohir qalami ostidan chiqqan aksar toza qahramonlarning ichu toshi jozibali, suYukli, taʼsirli. Chunki adib soʻz soʻzlashda uzoq andishaga boradi; quruq bayon oʻrniga voqelikni, insonni tasvirlashni muhim deb hisoblaydi. Bevosita badiiy asarlaridan olingan misollardan tashqari adibning turli maqolalarida aks etgan adabiy-estetik qarashlarida ham oʻsha konsepsiya oʻzining teran ifodasini topgan. “Yozgʻuvchilarimizga” nomli maqolasida:”Soʻz qolip, fikr uning ichiga qoʻyilgan gʻisht boʻlsin”, degan maslahatni beradi. Soʻngra aynan soʻz soʻylash toʻgʻrisida quyidagi eʼtiborli fikrlarni bayon qiladi: “Soʻz soʻylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining oʻzigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi boʻlgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashmovchilik solmaslikdadir. Bundan tashqari, fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan soʻz va jumlalarga yozuvda aslo oʻrin bermasligi lozim”. Badiiy ijodga tegishli bu maslahatlar eskirmaydigan haqiqatlardir.
Abdulla Qodiriy romanlarini oʻzbek adabiy tili zamonaviy koʻrinishda shakllanayotgan bir davrda yozdi. Adabiy tilning rutbasi, maqomi yuksalishida adibning xizmati katta boʻldi. Til millatni birlashtiruvchilik qudratiga ega qadriyatdir. Qodiriyshunos olimlar fikriga eʼtibor berilsa, Abdulla Qodiriy toshkentlik boʻla turib oʻz romanlarida mahalliy sheva unsurlarini umuman qoʻllamaydi. Hatto qahramonlarining nutqini individuallashtirishda ham boshqa badiiy vositalardan foydalanadi. Demak, adib shu zaylda bor mahorati bilan oʻzbek adabiy tilining boyligini, oʻzbek tilining keng imkoniyatlarini namoyish ham qiladi.
“Oʻtkan kunlar” tarixiy roman; u baxt va baxtsizlik, qaygʻular va tuygʻular romani. Bu gap tasvirga ham, tasvirlovchiga ham, oʻquvchiga ham bab-baravar tegishlidir. Asarda ruhiy-psixologik talqinga obʼyekt boʻladigan yuzlab epizodlar bor. “Oʻtkan kunlar”dagi ayrim nom va soʻzlar statistik metod asosida tadqiq qilinganida, “Otabek” eng koʻp uchraydigan, sal kam ming marta takrorlanadigan ism ekani maʼlum boʻladi. Hammaning tasavvuriga sevgi dostoni, sevishganlarning ishq tarixi sifatida muhrlangan romanning birorta sahifasida “sevgi” soʻzi deyarlik qoʻllanmaydi; ayni soʻzning davr tiliga mos “suyukli”, “suyub” tarzida qoʻllanishi ham koʻpchilikni tashkil etmaydi. “Muhabbat” soʻzining jami takrori bir nechta oʻnlikdan oshmaydi; “ishq” va “oshiq” soʻzlaridan har birining takrori esa, aqalli oʻntaga ham yetmaydi. Bunday sanoqli yondashuvlar soʻz qadrini, soʻzlarni quruq takrorlagandan koʻra uni butun his va tuygʻular koʻlami bilan tasvirlash, soʻzni jonlantirish, soʻzga hayot baxsh etish muhim ekanini koʻrsatadi. Shuningdek, roman “hoshiya”sidagi bitiklardan torib, “Yozgʻuvchidan” berilgan prolog va epiloglar va hatto fasllarning nomlanishlarigacha – barcha-barchasi intertekstual analiz uchun ham manba boʻladi.
Bir necha yildan keyin roman yuz yoshga toʻladi. Sal kam bir asrlik davr oraligʻida oʻzbek adabiyotida koʻplab romanlar yozildi. “Oʻtkan kunlar” dan keyingi ikkinchi oʻringa qoʻyilgan romanlar soni koʻpayib ketdi; taassufki, ikkinchi oʻrin imtiyozi va son-sanogʻi maʼlum emas. Biroq veqelikni gʻoyaviy-badiiy tomondan mukammal tasvirlagani, psixobiografik, lingvopoetik, paralingvistik, germenevtik va boshqa barcha turdagi adabiy-nazariy talqinlarga bardoshi, shuningdek, kitobxonlar eʼtibori va eʼtirofiga sazovor boʻlgani hamda dunyo tillariga tarjima etilgani jihatidan birinchi oʻzbek romani – “Oʻtkan kuqnlar” hali bugunga qadar oʻsha Yuksak maqomida mustahkam turibdi.
“Oʻtkan kunlar” xayoliy va hayotiy omillar uygʻunligida maydonga kelgan ulkan bir maʼnaviyat qasriki, uning ichkarisiga kirgan odam insoniyat abadiyatiga daxldor tushunchalarning badiiy talqiniga, eng nafis his-tuygʻularning betakror tasviriga, oʻzaro chambarchas bogʻlangan ijtimoiy va individual holatlar zanjiriga duch keladi; aqli hayron qoladi.
Mavlono Oybek Abdulla Qodiriy ijodiga bagʻishlangan tadqiqotida adib shaxsiyati va ijodiga baho berib yozadi: “Abdulla Qodiriy isteʼdodli, qalbi butun va oʻziga xos ravishdagi shaxs edi… Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi navbatda gʻoyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi”. Haq gap; isboti – “Oʻtkan kunlar” romani.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. “Sharq” nashriyoti. Toshkent. 2017.
2. Abdulla Qodiriy. Roman, Tashkent.
3. Abdulla Qodiriy. A.Khamidov. Toshkent: “Mashhur -press”, 2017.
4. Hamroyev H. Milliy xos so’zlar-realiyalar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati-Toshkent, 1982
5. Salomov G’. Tarjima nazariyasiga kirish. Toskent:O’qituvchi, 1978.
6. Quronov D. Nazariy qaydlar. Toshkent: Akademnashr, 2018
7. www.gov.uz./Jadichilik/.html
8. www.edu.uz
9. www.ta'lim.uz
10. www.google.com.Qodiriy.html
11. www.ziyonet.uz

Mundarija:


Reja …………………………………………………………………………. 2
Kirish………………………………………………………………………… 3-10
I bob.
1.1. Otabek va Yusufbek hoji obrazlari…….……………………………….. 11-12
II bob
2.1. Otabek va kumush sevgisi………………………………………..…….. 13-18
2.2. Badiiy tasvir vositalari…………………..……………………………….19-22
Xulosa ……………………………………………………………………….. 23-28
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………. .. 29
Download 69.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling