Reja: Kirish Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va talab funksiyasi. Taklif tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni va taklif funksiyasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 93.64 Kb.
bet1/11
Sana29.01.2023
Hajmi93.64 Kb.
#1137810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Doc1


Reja:
Kirish
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir
qiluvchi omillar.
2.Talab qonuni va talab funksiyasi.
3.Taklif tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
4.Taklif qonuni va taklif funksiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to’g’ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Jumladan, O’zbekistonda talab va taklifning o’zaro mutanosibligi negizida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.


Iqtisodiyorni modernizatsiyalash sharoitida hayotimizda talab, taklif, bozor iqtisodiyoti, bozor muvozanati, kichik biznes, tadbirkorlik, narxlarni erkinlashtirish, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalarga tez-tez duch kelmoqdamiz. Shu ma’noda, mazkur tushunchalarning mazmuni va mohiyatini o’rganish bugungi xozirgi zamon iqtisodchi-o’quvchilari oldida turgan asosiy vazifalar qatoriga kirmoqda.
Bozor mеxanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o’rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab bеradi. Dastlab talab va taklifga narxning ta’sirini alohida qarab chiqamiz. Kеyin talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o’rnatilishi ko’rib chiqamiz. Shu o’rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o’rtasidagi mutanosiblikni bayon etishga alohida e’tibor bеriladi.
Shuningdеk, talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo’nalishlardan biriga aylangan istе’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.



Download 93.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling