Reja: kirish tashqi samaralar: mazmuni va turlari


Musbat (ijobiy) tashqi samara


Download 400.25 Kb.
bet3/9
Sana15.02.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1200522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijtimoiy nematlar samarali

Musbat (ijobiy) tashqi samara biror iqtisodiy subyektning faoliyati boshqa subyektlarga yutuq keltirganda vujudga keladi: MSB =MPB+MEB.
Bu yerda MSB - ijtimoiy chekli yutuq; MPB - xususiy chekli yutuq; MEB - tashqi chekli yutuq.
Ijobiy tashqi samaraga maorifni va ilmiy izlanishlarni keltirish mumkin. Maorif yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bundan jamiyatning har bir a’zosi yutadi. Xuddi shunday ilmiy izlanishlardagi kashfiyotlardan ham jamiyat va uning a’zolari yutadi. Har bir shaxs ta’lim olayotganda o‘zi oladigan yutuqni o‘ylashi mumkin, lekin, bundan jamiyat qanday yutuq olish mumkinligini o‘ylamaydi, ya’ni o‘zi oladigan yutuqni hisobga oladi, xolos. Shaxs ta’lim olishga qaror qilishidan oldin ta’limga ketadigan xarajat bilan ta’limdan oladigan yutuqni bir-biri bilan taqqoslab ko‘radi. Inson kapitaliga qilingan investitsiyalar jamiyat uchun optimal bo‘lgan miqdordan past bo‘ladi (15.2-rasm).


15.2-rasm. Ijobiy tashqi samara
Bozor muvozanati Е1 xususiy chеkli yutuq bilan ijtimoiy chеkli xarajat chiziqlari kеsishgan nuqtada o‘rnatiladi: MPB=MSC.
Ya’ni tenglikda jamiyat oladigan chekli yutuq hisobga olinmagan. Umuman olganda ijtimoiy chekli yutuq xususiy chekli yutuqdan tashqi chekli yutuq miqdoriga katta.

Shuning uchun ham, ishlab chiqarish hajmini umumiy chekli yutuq, ya’ni ijtimoiy chekli yutuq ijtimoiy chekli xarajatga teng bo‘lgunga qadar oshirish mumkin. Demak, jamiyat uchun samarali bo‘lgan muvozanat, ijtimoiy chekli yutuq chizig‘i bilan ijtimoiy chekli xarajat chizig‘i kesishgan E2 nuqtada erishilishi mumkin. Natijada, samaradorlik FE2E1 uchburchak yuziga teng miqdorga oshadi.


Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, ijobiy tashqi samara bo‘lganda iqtisodiy ne’matlar samarali hajmdan kam miqdorda sotiladi va sotib olinadi, ya’ni ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlar kamroq ishlab chiqiladi.
2.Tashqi ta’sirlarni yumshatish bo‘yicha davlat siyosati
Salbiy tashqi samaraga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni ko‘p ishlab chiqarilishini kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlarni optimal hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish (transformatsiya qilish) kerak.
Tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish uchun xususiy chekli xarajatlarni (va mos holda chekli yutuqni) ijtimoiy chekli xarajatlarga (chekli yutuqlarga) yaqinlashtirish lozim.
Ushbu muammoni yechish uchun soliqlardan va subsidiyalardan foydalanish A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling