Reja Kirish Toshkentdagi hayot
Ma’muriy chegaralar va ehtiyoj chegaralari
Download 1.88 Mb.
|
Mening shahrim Toshkent
Ma’muriy chegaralar va ehtiyoj chegaralari
Bir amallab masalaning mohiyatiga yetib keldik. Demak, shahar antropologiyasini o‘rganish, odam shaharni qanday tushunishi, qabul qilishini, shaharliklarning shaharga munosabati o‘rganish amaliy ahamiyatga ham ega – bu bilimlar negizida shaharning chegaralarini belgilash, shahar muhitini yaratish mumkin. B ugungi urbanistikada “shaharlar odam uchun” prinsipi ustuvor. Qo‘pol qilib tushuntirganda, “poliklinika mana bu yerda, amallab yetib kel” deyilmaydi, “balki mana shu yerga poliklinika qursak, hammaga qulay bo‘ladi” degan mantiqdan kelib chiqib binolar rejalashtiriladi. Bundan tashqari, shahar insonga asosiy ehtiyojlaridan biri bo‘lmish erkinlikni taqdim etishi kerak; shaharda sevimli mashg‘uloting bilan shug‘ullanishga, ijodkorligingni namoyon etishga imkoniyat bo‘lishi kerak. Sportga qiziqasanmi? Yaqiningda bepul sport maydonlari bo‘lishi kerak. Kitob o‘qiysanmi? Jamoat kutubxonalari talab etiladi. San’atga qiziqasanmi? Shahringda san’at muzeylari, galereyalari, konsert saroylari, o‘z suratlaringni yoki musiqiy iste’dodingni namoyon etadigan erkin maydonlar bo‘lishi lozim. Shahar qiyofasini shakllantirishda istiqomatchilarning ijodiga murojaat etish ham keng tarqalgan holdir – buning uchun devorlarga graffiti chizishga ruxsat beriladi, odamlar to‘planib bog‘ yaratishi uchun joy ajratiladi, oddiy aholining installyatsiyalari bog‘larga joylashtiriladi va h.k. Xullas, antropologlar shaharliklarni o‘rganadi, ular taqdim etgan bilimlar asosida urbanistlar shaharlarni loyihalaydi, o‘zgartiradi. Mana shu hamkorlik negizida olib borilgan ishlar natijasida oxirgi yillarda Yevropa shaharsozligida ko‘p yaxshi natijalarga erishildi. Yevropada odamlarga qulay, ishlashga, dam olishga, yashashga sharoit bor shaharlar yaratish avj olgan – bu qit’adagi shaharlarda birin-ketin bog‘-rog‘lar, mashinasiz yo‘llar vujudga kelyapti, jamoat transporti rivojlanyapti. Afsuski, bu tajribani doim ham shunday olib, O‘zbekistonga joriy etib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda o‘z farovonligimizni o‘zimiz mustaqil yaratishimizga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa Toshkentga kelsak, bu shaharni o‘rgatish va o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri uning kattaligidir. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling