Reja: Kirish. Turkiy tillar haqida umumiy ma’lumot
Hozirgi turkiy tillar taraqqiyoti
Download 34.58 Kb.
|
Dilshoda turkiy tillar
Hozirgi turkiy tillar taraqqiyoti
Hozirgi turkiy tillar taraqqiyoti quyidagi davrlarni o 'z ichiga oladi: 1.Turkiy tillar taraqqiyotining Oltoy davri (eradan avvalgi III asrlarga qadar). 2.Qadimgi xun davri (eradan avvalgi III asrlar va yangi eraning V asrlariga qadar). 3. Qadimgi turk davri (V-X asrlar). 4. 0 ‘rta turk davri (X -X V asrlar). 5. Yangi turk davri (XV -XX asrlar). 9 6.Eng yangi turk davri (XX asr).19 Oltoy tillari oilasi. Hozirgi tilshunoslik fanida tillar o ‘rtasida genetik aloqadorlikning yangi qirraralari ochilmoqda. Taxminan 200 til oilasidan 22tasi Yevrosiyoga, 20ga yaqini Afrikaga, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to‘g‘ri keladi. XIX asr oxirida, asosan, 4 ta til oilasi ajratilgan: turkiy, mo’g'ul. tungus-manchjur, koreys tillari. XX asrda mazkur tillarning qardosh ekanligi ta’kidlandi va umumlashtirilib oltoy tillar oilasi deb nomlandi. Bu kabi an’anaviy til oilalaridan kengroq bo'lgan, bir-biriga qardoshligi to‘la asoslanmagan til oilalarini “makrotiloilalari” deb nomlash taklif qilingan. V.M.Ilyich-Svitich tadqiqotlarida aks etgan nostratik gipoteza (lotin tilida nos ter “bizntki” m a’nosini beradi) til oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga birlashtirishni nazarda tutadi. Nostratik makrotiloilasiga hind-yevropa, ural, oltoy, kartvel, dravid tillari kiritilgan. Bu tillar o'rtasidagi o'xshashlik, asosan, olmoshlarda kuzatiladi: tatap. мин, mord. moh. “men"; zansK. munens, rus. мне; mar. тый, m o‘g ‘. ci (>x ti), rus. ты: udm. mu , teleut тети, xaysa mu, rus. мы: komi maito, m o‘g‘. tere, rus. mom; o'zb. kum, fin. кеп, somali кит а “kim”. O 'zaro o'xshashlik bir qator leksik asoslarda ham kuzatiladi: turkiy qulaq, gruz. quri “quloq”, fin. kuule, yun. klyo "eshitmoq"; turkiy qaryn “qorin”, arab. qurb, tamil mruppai, lat. corpus “tana”; m o4g \ moren “daryo”, tamil marai “yom g'ir", rus море ; turkiy tuman, rus. темный; turkiy kelin, lat.glos, rus золовка, fin. kaly “ukaning xotini"; turkiy qara, teleut kari. Nostratik gipoteza muayyan faktik materiallarga ega boisa-da, hali ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan emas. Oltoy tillari o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar kuzatiladi. Masalan, turkiy - qol, xalxa - гол (geografik nom), manchj. dolo, kor. кол “vodiy”; turkiy baj, m o‘g ‘. bajan, tung.-manchj. bajan “boy"; turkiy bek, beki, tung.-manchj. beki “berk”; turkiy san “sana”, m o‘g‘. sana-“bilmoq”, tung.-manchj. sa- “bilmoq”; m o‘g \ moren “daryo”, evenk. му . kor. мул “suv”; m o‘g ‘. modun, tung-manchj. mo “daraxt”. kor. мой “o‘rmon, tog1”. 0 ‘zbek tilidagi мен m o‘g‘ul tilidagi minu “m enga”, evenk tilidagi мгтду "menga” so‘zlariga mos keladi. O'rin-payt kelishigi turkiy tillarda -da, m o 'g ‘ul tilida -da, tungus-manchjur tilida -de.20 Turk, m o‘g ‘ul, tungus-manchjur, koreys tillarida aksariyat o ‘rinlarda fonetik moslik kuzatiladi. Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimida yaqqol namoyon bo’ladi. Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida bo’lgan. Jumladan. oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. XULOSA
Turkiy tillarning fоnеtik, lеksik, grammatik хususiyatlarini, turkiy tillarning mоrfоlоgik, tipоlоgik o‘ziga хоslik-larini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va хususiy taraqqiyot bоsqichiga оid хususiyatlarning hоzirgi turkiy tillardagi ifоdalanish darajasini bеlgilash; turkiy tillar taraqqiyotidagi tashqi va ichki оmillarning o‘rnini tahlil qilish til talaq-qiyotiga хоs хususiyatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Murmaxanova А. Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971. 2. Nurmaxanova А. Nekotorїyе voprosї slovosocheyaniy v tyurkskix yazïkax. Issledovanie po grammatike i leksike tyurkskix yazïkov. Izdatelstvo «Nauka», Таshkent, 1965, str. 26-33. 3. Nurmaxanova А. Тipï prostogo predlojenie v tyurkskix yazïkax. «Nauka», Таshkent, 1965. 4. Меrgenbayev Е. Тüрki tillerdegi basqarïo‘atqalï baylanïsqan atao‘ïsh so‘z dizbekleri, «Qaraqalpaqstan», 1988. 5. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004. Download 34.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling