Reja kirish


Jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash Ushbu yo‘nalishda quyidagilar nazarda tutiladi


Download 25.87 Kb.
bet12/17
Sana05.01.2022
Hajmi25.87 Kb.
#227150
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
KURSACH

2.4. Jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash Ushbu yo‘nalishda quyidagilar nazarda tutiladi:

jinsi va yoshiga ko‘ra aholining jismoniy tayyorgarligi darajasi bo‘yicha maqsadli dasturlar va me’yoriy talablarni ishlab chiqish;

jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy, uslubiy va ommabop adabiyotlarni nashr etish dasturini tayyorlash, faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarning tarmoq bankini yaratgan holda jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-axborot bilan ta’minlash tizimini tashkil qilish, ilmiy, uslubiy va ommabop adabiyotlarni nashr etishni ta’minlash, sportning milliy turlari va xalq o‘yinlarini ilmiy-axborot bilan ta’minlash tizimini tashkil etish, “Fan sportga” ilmiy-sport jurnalini nashr etishni tashkil qilish;

sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda, keyinchalik salomatlikni mustahkamlash uchun jismoniy mashqlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar bergan holda, aholining barcha yosh guruhlarini har yili dispanserizatsiyadan va profilaktika ko‘rigidan, jismoniy rivojlanish ahvoli darajasini tekshirishdan o‘tkazish;

mamlakat terma komandalarini tayyorlash jarayonida sportchilarni muntazam tibbiy kuzatuvdan o‘tkazib borishni, yakka tartibda davolanish va salomatlikni tiklash bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqishni ta’minlash, sportning barcha turlari bo‘yicha ilmiy jihatdan ta’minlash guruhlarini shakllantirish;

vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlari va vrachlik nazorati shoxobchalarini kengaytirish, kasalxona va sanatoriylarda jismoniy tarbiya-salomatlikni tiklash markazlari ochish;

korxona, muassasa va tashkilotlarda sog‘liqni saqlash, mehnatni muhofaza qilish va jismoniy tarbiya mutaxassislarini birlashtiruvchi yagona salomatlik xizmatlari tashkil qilish.


Download 25.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling