Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sport ishlari vazirligiga jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirish, sport obyektlarini loyihalash va qurish, sport tovarlarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxona va tashkilotlar tashkil qilishga ko‘maklashish yuklanadi.
(5-bo‘limning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
2.6. Jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish
Vaqtli matbuotda, teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlarda sport mavzuidagi materiallarni quyidagi maqsadlarda keng yoritish nazarda tutiladi:
aholida sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni, o‘zining jismoniy rivoji to‘g‘risida qayg‘urish istagi va layoqatini shakllantirish;
jismoniy tarbiya va sportning davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy va tarbiyaviy vazifalarni hal etishdagi rolini targ‘ib qilish;
ishlab chiqarishdagi jismoniy tarbiyaning mehnatchilarning ish qobiliyatini oshirish va kasb kasalliklarini kamaytirishdagi imkoniyatlarini namoyon qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |