jismoniy tarbiya va sportni ilmiy jihatdan ta’minlash tizimini yaratish;
o‘quv-mashq jarayonining zamonaviy usullarini joriy etish;
sport zaxiralarini tayyorlash shoxobchalarini kengaytirish;
sport mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlikni, marketingni hamda jismoniy tarbiya-sport xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularning texnologik, ilmiy-texnikaviy va axborot bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
tarmoqni isloh qilishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
aholida olimpiya harakati to‘g‘risidagi bilimlarni, kichik yoshidan boshlab keksaygunigacha jismoniy mukammallikka bo‘lgan ongli ehtiyojni shakllantirish;
mamlakat sportchilarini Olimpiya o‘yinlariga, Osiyo o‘yinlariga, Markaziy Osiyo va Butunjahon o‘smirlar o‘yinlariga tayyorlashni hamda ularning mazkur o‘yinlarda muvaffaqiyatli qatnashishlarini ta’minlash.
2.2. Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |