Jismoniy tarbiya-sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minla
Malika Uluģbekovna, [09.02.21 11:13]
sh maqsadida olimpiya zaxiralari bilim yurtini kollejga aylantirish nazarda tutilmoqda. Barcha viloyat markazlarida olimpiya zaxiralari kollejlari ochish mo‘ljallanmoqda. Tizimni tashkiliy jihatdan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasida viloyat, shahar va tuman sport klublari, korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tizimiga ega bo‘lgan respublika tarmoq jismoniy tarbiya-sport klublari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Ularda xalq o‘yinlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Qishloqda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini kuchaytirish uchun sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil etish nazarda tutilmoqda. Ular sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga da’vat etilgan.
Fuqarolar turmushida jismoniy tarbiya va sport maqomini oshirish maqsadida har yili aprel oyining uchinchi shanbasida “Sport bayrami” umumxalq bayramini o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Ushbu bayramni, keng aholi qatlamlarini jalb etgan holda, yozgi sport mavsumining ochilishi tarzida o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |