Reja: Kirish Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha


Download 185.35 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi185.35 Kb.
#1172415
Bog'liq
xayol mavzusida slayd


Xayol haqida tushuncha
Reja:
Kirish
1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.
2. Xayol turlari va jarayonlari.
3. Xayol va ijodkorlik.
4. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi
xulosa
Hayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo'lgan vaqtli aloqalarning (assotsiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo'shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini qosil qilishga aytiladi.
Hayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po'stida ilgari qosil qilingan vaqtli aloqalarning (assotsiasiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo'shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari qosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo'shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po'stida inson o'z shaxsiy hayotida qech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo'ladi. Bu obrazlarning ko'pi voqelikka mutlaqo to'qri kelmaydi va natijada tormozlanib qoladilar. Boshqa birlari esa voqelikka to'qri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar.
Hayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko'rsatiladi:
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari va boshqalar
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o'zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar
Tizimlashtirish – o‘xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir hil obrazlarni qaytarilishi bo'lib, qar bir davr uchun tipik bo'lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari («O‘g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O'tgan kunlar») romani kabilar.
Aksentlashtirish – ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o'rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko'p qo'llaniladi
Hayol jarayonida hayol tasavvurlarining hotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.
Hayol tasavvurlari ongda paydo bo'ladi va barqaror bo'ladi.
Hotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek qis qilinadi. Hayol tasavvurlari esa yangilikni qis qilish tuyg’ularini beradi.
Hayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan boqliq bo'lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.
Hayolning quyidagi turlari ajratib ko'rsatiladi:
Tasavvur hayoli deb o'tmishda bo'lib o'tgan yoki hozirda bor bo'lgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya'ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi.
Ijodiy hayol – deb tajribamizda bo'lmagan va voqelikning o'zida qam uchratmagan narsa va qodisalar qaqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat hayol turiga aytiladi.
Ihtiyorsiz hayol deb – odam o'zining oldiga qech qanday maqsad qo'ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o'z-o'ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Ixtiyoriy hayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi.
Realistik hayol – turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik hayol – amalga oshmaydigan hayol turidir.
Hayol sifatlariga quyidagilar kiradi:
Hayoli kengligi,
Mazmundorligi,
Kuchi
Realligi,
Fantaziya boyligi
Hayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun bo'ladigan doirasi bilan belgilanadi.
Hayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan hayolning boyligi, hilma-hilligi bilan belgilanadi.
Kuchli hayolda odam juda tez ta'sirlanadi .
Hayol kuchi quyidagilarga boqliq bo'ladi:
Hayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog’liq bo'ladi.
Hayol kuchi hissiyotga boqliq bo'ladi, hissiyot qanchalik kuchli bo'lsa, hayol shunchalik erkin bo'ladi.
Hayol kuchi idrokka bog’liq bo'ladi. Biz idrok qilganimizda diqqat bilan idrok qilsak, hayol kuchayib, kengayadi, agar diqqatimiz hayolga qaratilsa, unda idrok qilsak, hayol kuchayib kengayadi, agar diqqatimiz hayolga qaratilsa unda idrok susayadi.
Hayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bog’liq bo'ladi, ya'ni asab tizimining tetikligiga, charchab qolganligiga, soqligiga va betobligiga boqliq bo'ladi.
Hayolning realligi – voqelikni to‘g’ri aks ettiruvchi hayoliy obrazlarning yaratilishi, geniylarni hayolining kuchi real hayoldir.
Bolalar ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtirishlarining asosiy sabablari:
Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali ko'rmagan narsalar to‘g’risida obrazlar paydo bo'ladi.
Kichik yoshdagi bolalar hayolining o'sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg’ulotlari, turli o'yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega.
Hayol faoliyati kuchli bo'lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi.
Hayolning asosiy hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Hayol jarayonining hususiyatlaridan biri shundan iboratki, hayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o'z oldiga qo'ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga keladi.
Hayol jarayonining o'ziga hos hususiyatlaridan yana biri shundaki, hayol hamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi.
Hayol jarayonining o'ziga hos hususiyatlaridan navbatdagisi hotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir.
Hayolning o'ziga hos hususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo'lsa, hotira obrazlari o'tgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo'lsa, hayoliy yo'l bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o'tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini hayolan tasavvur qilib ko'rish bilan bog’liq bo'lishi mumkin.
Download 185.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling