Reja: Kirish Yalpi talab va Yalpi taklif tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati Yalpi talab yalpi taklif tarkibi muozanati va unga ta'sir qiluvchi omillar Yalpi
Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o'zgarishi
Download 448 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Yalpi talab va yalpi taklif modeli vositasida m
Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o'zgarishi
(13-chizma). Chizmadan ko'rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o'sishiga taklif egri chizig'i bo'yicha muvozanat nuqtasining o'ng tomonga silijishi orqali javob beriladi.Ya'ni, AD1 dan AD2 ga qadar o'sgan talab miqdori iqtisodiyotda to'liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1 dan Q2 ga qadar o'stirish orqali qondiriladi. Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quwatlaridan to'liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o'zgarishsiz qoladi. Chizmadan ko'rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD idan AD2 ga oshishi faqat narx darajasini Ridan R2 ga qadar o'sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potentsial daraja - Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o'zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo'lgan hisoblanadi. Tik kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o'zgarishi 14-chizma Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o'zgarishi chizig'i. 15-chizma Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o'zgarishi chizig'i bo'ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Qidan Q2 ga qadar ko'payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu ko'payish ayni paytda narxlar darajasini ham Ridan R2 ga oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta- sekin to'la bandlik holatiga o'tayotganligini, qo'shimcha quwatlarning ishga tushirilishi tobora о'sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Demak, yalpi talabning o'sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro'y berishidan kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta'sir ko'rsatar ekan. Yalpi talabning kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi.Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o'zgarishsiz qoladi.Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to'liq bandlik darajasida bo'lganligi sababli, uning real hajmi o'zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta'sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo'lmaydi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo'lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Hammamiz bilishimiz mumkinki, kelgusi yillarda mamlakatimizdagi yalpi taklif va yalpi talab o'rtasidagi farq oldingiga qaraganda juda ham ko’p o’zgarib turganini iqtisodiyotimizdan ko’rib olsak ham bo’ladi. Bunday ko’rsatkichning hosil bo'lishida davlat sarflari (investitsiya sarfidan tashqari) ning hisobga olinmaganligi ham ta'sir ko'rsatgan. Ta'kidlash lozimki, keyingi yillarda aholining pul daromadlari jamg'armalarni o'stirish, turli to'lov va badallar ko'rinishida sarflangan, ya'ni yalpi talabga aylanmagan. Hozirda jahonda ro'y berayotgan global iqtisodiy inqiroz ayni paytda ko'plab mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanatning buzilishini ham ifodalaydi. Xulosa Iqtisodiyotni eng oliy muommosi bo’lmish “cheklangan resurslardan insonlarning cheksiz extiyojlarini qondirish” masalasi bugungi kunda axoli demagrafiyasini oshishi natijasida qiyinlashib bormoqda. Talabning oshishi taklifni oshishiga olib kelmoqda. Buning natijasi o’laroq xar bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat yalpi ichki maxsuloti va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlari oshib borayotganidan ko’rish mumkun. Yalpi talab va yalpi taklifni muvozanatga keltirish avvalom bor turmush darajasi yaxshilanishiga va ishsizlikni oldini olishga yordam beradi. Respublikamizda yalpi talab va yalpi taklif muvozanatlashuvini amalga oshiruvchi markaziy bank va moliya vazirligi bo’lsa, uning xisobini Respublika statistika bo’limi shug’ullanadi. Yuqoridagi malumotlar stat.uz saytidan olindi. Shuni aytishimiz mumkinki biz makroiqtisodiy tahlil kursini o’rganish bilan uning real voqelik, yani bizning atrofimizda bo’layotgan hodisalar, qaysiki iqtisodiy sohadagi, u albatta barcha sohalarga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, o’zgarishlarni tushunishimiz hamda ulardan unumli foydalanish, boshqa so’z bilan o’z ma’nfaatimiz yoki butun jamiyat manfaati yo’lida oqilona foydalanish uchun imkon beradi. Bundan tashqari talabning o’zi nima ekanligini anglaganimiz holda, uning o’zgarishida qanday omillar ro’l oynashini bilishimiz biz yaqin kelajakda o’z xususiy sektorimizda yoki jamoat birlashmasida bunday o’zgarishlarni oldindan sezishimiz va o’z o’rnida kerakli xulosalar chiqarib eng muhim bo’lgan chora tadbirlarni amalga oshirish uchun strategik rejalar tuzish uchun juda muhim ekanligini anglashimiz mumkin. Bu esa, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish obektini kutilmagan iqtisodiy talofatlardan ximoyalash hamda nafaqat zarardan qochish balki o’zgarishlardan unumli va ongli ravishda foydalanish oqibatida keskin ravishda katta foydaga erishish va korxona yoki tashkilotning kelajagi uchun muhim bir qadam tashlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shundan ko’rinadiki, talab ya’ni yalpi talabning o’zgarishini kuzatish juda muhim bir jarayon ekanligini anglab yetamiz. Jamiyat ehtiyojlari o’zgaruvchanligi, bizga bu boradagi qadamlarda o’ta puxtalik bilan aniq rejali iqtisodiyot olib borishga undaydi.Bu esa har bir shaxs uchun, kerak bo’lsa jamiyat uchun foydali bo’lishini anglatadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak mahalliylashtirish dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotining o'sish omillarining barqarorligini saqlashga, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar assortimentining ko'payishiga hamda jahon bozorida mamlakatimizning o'rnini mustahkamlashga, tarmoqlar va hududlararo sanoat kooperatsiyasini yanada takomillashtirishga, mahalliy xomashyo rusurslari negizida yuqori texnologiyali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishga, milliy valyuta xarid qobiliyatini o'stirish va valyuta kursi darajasini maqbullashtirishga, yangi ish o'rinlarining yaratilishiga hamda eng asosiysi mamlakatimiz aholisining turmush farovonligining oshishiga xizmat qiladi. Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki xar qanday iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklif modeli muvozanatlashuvi iqtisodiy o’sishga olib keladi. Bundan tashqari axoli real daromadlariga mos ravishda o’sish kuzatilsa rivojlanish bosqichi tezlashishi rivojlangan mamlakatlar misolida ko’rish mumkun. Download 448 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling