Reja: Kirish. «Yo`l harakati qoidalarini» umumiy qoidlari


Yangi yilda yangi orzular


Download 0.56 Mb.
bet10/10
Sana04.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#170416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari

Yangi yilda yangi orzular. (Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan)
Kun shiori: “Yangi yil kelmoqda, sovg`a-salomi bilan”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Yangi yilingiz qutlug` bo`lsin”

O`qituvchi:

Har bir kelayotgan yil o`zgacha bir yangiliklarga boy bo`ladi. Yangi yilni hamma o`zgacha bir hayojon va umidlar bilan qarshi oladilar. Ayniqsa, yangi yilda bolalar juda ham zavqu-shavqqa to`ladilar. Yangi yil yana qish faslida kelganligi bilan ajralib turadi. Qorning oppoq va mayin yog`ishi, bundan bolalar xursand bo`lib, chanalarini olib ko`chalarda mazza qilib, quvnab qish havosidan bahramand bo`ladi.

Har yili Mustaqillik maydonida va barcha viloyat va shahar markaziy maydonlarida ko`m-ko`k archaning turli o`yinchoqlar bilan yal-yal tovlanishi har bir insonning qalbida tinch kunlarga shukronalik tuyg`usini uyg`otadi. Har bir maktabda, jamoat joylarida bayram tantanalari zo`r ko`tarinki, kayfiyat bilan o`tkaziladi.

Yangi yil o`zga yurtlarda masalan, Hindistonning janubida mart, shimolida aprel va g`arbida oktabr oylarida nishonlanadi.

Afrika davlatlari bo`lmish Efiopiya va Myanmada yil almashinuvi sentabr va aprel oylariga to`g`ri keladi.

O`zbekistonda yangi yil 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi boshlanadi. Soat millari 24-00 ko`rsatganda yangi yil bongi jaranglaydi va televideniya orqali Yurtboshimiz Islom Karimovning tabrigi butun O`zbekiston xalqiga o`zbek va rus tilida taqdim etiladi. Hamma yurtdoshlarimiz bir-birini tabriklay boshlaydilar.



Yana shohidi bo`lamizki, xalqimizning mehribonchiligi va oqibatliligiga.

Topshiriq: Har bir o`quvchi o`z buva-buvisi, ota-onasi va uka-singillariga atab “yangi yil sovg`asi” tabrigi va otkritkasini yaratadilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling