Reja; Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli


Download 121.93 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi121.93 Kb.
#1598983
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makroiqtisodiyot klassik nazariya.

(M/P)d =L (R, Y);
Bu yerda: Rfoiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog‘liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo‘ladi:
(M/P)d = kY - hR
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; R – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflatsiya sur’atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o‘zgarishi foiz stavkasi o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ham pulga talabning ko‘payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig‘ining siljishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Qisqacha xulosa.
Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig‘indisidn iborat.
Pulga bo‘lgan talab hajmi YaIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog‘liq.
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko‘paytirish qobiliyatiga ega.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
4. Yalpi taklif grafigi va omillariga klassik va keys nazariyalarini yondashuvi.
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (3-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo‘lgan hajmidan kamdir.
Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‘lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‘rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi.
Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:


Download 121.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling