Qisqacha xulosa.
AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli darajasi deb aytiladi.
AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |