Reja: Kognitiv, konseptual va formal modellar Boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash


Modelni korrektirovka qilish (to'g'rilash)


Download 246.5 Kb.
bet7/7
Sana26.12.2022
Hajmi246.5 Kb.
#1066910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 Modelni adekvatligini tekshirish va korrektirovka qilish

Modelni korrektirovka qilish (to'g'rilash). Agar modelni adekvatligini tekshirish mobaynida tizim bilan model orasida ruxsat etilmagan omutanosibliklar aniqlanib qolguday bo'lsa, u holda modelni to'g'rilash zarurati paydo bo'ladi. Model korrektirovka qilinayotganda quyidagi ko'rinishdagi o'zgarishlar bo'lishi mumkin:

  • global;

  • lokal;

  • parametrik.

Agar konseptual yoki matematik modelda uslubiy xatolik mavjud bo'lsa, u holda modelga global o'zgartirishlar kiritish zarurati paydo bo'ladi. Bunday xatoliklarni yo'qotish natijasida yangi model hosil bo'ladi. Lokal ko'rinishdagi o'zgarishlarda esa ba'zi bir parametr yoki algoritmlarni aniqlashtiriladi. Ular quyidagicha amalga oshiriladi, masalan, tizim komponentalari va tashqi ta'sirlarni yaxshiroq tasniflab beruvchi boshqa modellar bilan almashtirish orqali. Lokal o'zgarishlar matematik modelni qisman o'zgartirsada, lekin ba'zi holatlarda dasturiy modelni yangilash zarurati paydo bo'ladi. Iloji boricha bunday ko'rinishdagi o'zgarishlarni qilmaslik uchun, modellashtirishni maqsadiga erishishda lozim bo'ladigan darajadan ko'ra ko'proq darajada detallashtirish (bo'laklash) (tizimni) tavsiya etiladi.
Parametrik o'zgarishlarga esa kalibrli deb atalmish, ba'zi bir maxsus parametrlarni o'zgartirishlar kiradi.
Modelni korrektirovka qilish strategiyasi quyidagicha bo'lishi lozim: birinchi navbatda global o'zgarishlar, ikkinchi navbatda lokal o'zgarishlar va nixoyat oxirgisi parametrik o'zgarishlar.
Modelni adekvatligini tekshirish va uni korrektirovka qilish bosqichi modelni yaroqlili sohasi aniqlash va fiksatsiya qilish bilan yakunlanadi. Yaroqlili sohasi deganda shunday shartlar to'plami nazarda tutiladiki, agar mazkur shartlar o'rinli bo'lsa, u holda modellashtirishning natijasi ruxsat etilgan oraliqda, ya'ni natijalar tadqiqotchini qanoatlantiradi.



Nazorat savollari

1. Kognitiv va konseptual modellar?


2. Modellarni o'zaro bog'liqligi?
3. Modelni qurishda ma'lumotlarni yig'ish tushunchasi?
4. Taqsimot qonuni tanlash qanday amalga oshiriladi?
5. Funksiyalarni approksimatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?
6. Gipotezani ilgari surish nima?
7. Matematik modelning maqsadi?
8. Modelni adekvatligini tekshirish tushinchasi?
9. Modelni korrektirovka qilish?


Foydalanilgan adabiyotlar


1. Введение в математическое моделирование//Учеб.пособие/под ред.П.В.Трусова – М.Логос, 2005, 440 с.
2. Советов Б.Я., Яковлев С.А. Математическое моделирования систем //Учеб. для вузов, 3-е изд., перераб. и доп., - М.: Высш.школа, 2001, 343 с.
3. Д.Л.Егоренков, А.Л.Фрадков, В.Ю.Харламов. Основы математического моделирования. построение и анализ моделей с примерами на языке Matlab.
4. Камилов М.М., Эргашев А.К. Конспект лекций по дисциплине «Математическое моделирование» для студентов направления 5521900 - «Информатика и информационные технологии».
Download 246.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling