Reja: Kombayn ishidagi don nobudgarchiligini kamaytirish


Donni ikki maksadda tozalanadi


Download 0.56 Mb.
bet3/5
Sana22.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1042010
1   2   3   4   5
Bog'liq
ELwBoKXiFPp6V8Vqsyiar3vusMHSUKzP

Donni ikki maksadda tozalanadi:
1. Ozik-ovkat uchun don, asosan, begona utlarning achchik va zaharli urug’idan, puch, singan donlardan ajratiladi.
2. Urug’lik tayyorlash uchun maxsus yetishtirilgan g’alla hosilini avval tozalab, keyin urug’lik uchun saralanadi.
Donni tozalash va saralash usullari ularning fizik-mexaniq xususiyatlariga bog’liq hol da bo’ladi. Bularga donning o’lchamlari, aerodinamik xususiyatlari, zichligi va boshqa xususiyatlari kiradi.
Donni aerodinamik xususiyatlaridan foydalangan hol da havo okimi yordamida yengil kushindilardan ajratiladi (231- rasm). Don aralashmasiga ventilyator 1 hosil kilayotgan havo okimi (shamoli) yunaltirilsa, puch va yengil kushindilar (uchuvchanligi ko’p bo’lganligi sababli) uzokrok joyga uchib utadi va 4- novga tushadi. Tuk va ogir donlar yakinrokdagi 3- novga tushadi.
Don uchta o’lchami bilan tavsiflanadi: buyi l, eni v, qalinligi (232- a rasm). Donni eniga qarab yumalok kuzli (232- v rasm), qalinligi buyicha kuzlari turtburchak shaklidagi (232-b rasm) Kal­vir­larda tozalanadi, uzunligiga qarab esa trierlarda saralanadi.
Donni galvir yordamida tozalash uchun uning ustiga tushayotgan aralashma galvir yuzasiga nisbatan siljib harakatlanishi kerak, aks hol da don galvir kuzidan utmaydi. Shu sababli galvir, albatta, tebranma harakat qilishi kerak. Don uzunligi buyicha tsilindrsimon trierlarda saralanadi. Trierlar ich tomonida uyachalari bo’lgan uzluksiz aylanuvchan tsilindrdan iborat (233- rasm).



Aylanayotgan tsilindrning bosh qismidan saralanayotgan don uning ichiga tushadi. Agar donning uzunligi uyacha diametridan kichik bo’lsa, u uyacha ichiga tushgan hol da tsilindr bilan birgalikda ma`lum balandlikka ko’tarilib, keyin uz ogirligi bilan pastga, ya`ni, nov 3 ga tushadi. Uyachaga sigmagan don esa tsilindr kiya o’rnatilganligi sababli, uning kuyi tomoniga siljib borib tushib ketadi. Kupincha, mashinalarga ikki xil: uzun va kalta aralashmalarni ajratadigan trierlar birgalikda o’rnatiladi. Birinchisining uyachalari don urug’lari uzunligi buyicha to’liq sigadigan diametrda uyilgan. Trier aylanganda uyachalarga tushgan urug’lik donning hammasi ko’tarilib novga tashlansa, suli urug’i va boshqa uzun aralashmalar tsilindrning ikkinchi chetigacha siljib borib, chikib ketadi.
Tozalanayotgan donning tarkibidagi zarrachalar har xil aerodinamik xususiyatga ega bo’lgani sababli, ular maxsus aspiratsion kanallarida ventilyator hosil kilayotgan havo okimi ta`sirida bulaklarga ajratilib tozalanadi.
Donni shakliga kura kuzlari uchburchak ko’rinishida bo’lgan galvirda (234- rasm), vintsimon separatorlarda (235- rasm), kiya o’rnatilgan turli shakldagi novlarda tozalanadi (236- rasm).
Ba`zi ekinlarning urug’lariga, odatda, aralashib koladigan begona utlarning urug’i uzining o’lchamlari, shamolda uchuv­chanligi va boshqa xususiyatlariga qarab, deyarli asosiy ekin urularidan fark kilmaydi. Bunday hol larda don sirtining gadir-budurligidan foydalanib tozalanadi. Masalan, beda uruidan sarik pechak uruini ajratish uchun tozalanadigan urug’lar aralashmasiga magnitga tortiladigan metall kukun korishtiriladi, sarik pechak urug’i gadir-budur bo’lganligi sababli, unga metall kukuni yopishib koladi va u aralashmani tagiga magnit 1 o’rnatilgan tasmasimon transportyor 2 da harakatlantiriladi, natijada, urug’ magnit tomoniga burilib ajraladi (237- rasm).
Urug’lik don solishtirma ogirligiga qarab pnevmatik saralash stolida saralanadi. Galvir va trierda tozalangan urug’lik ichidan sifati pastrok tuk bulmagan don saralash stolida ajratiladi (238-rasm). Stolning diagonali buyicha kiya o’rnatilgan galvirsimon yuza tebranma harakatlanadi, uning ustiga solingan urug’lik tagidan (stol yuzasidagi teshiklardan) ventilyator orqali havo puflanib urug’larni sakratadi. Tebranish va sakrash ta`sirida solishtirma ogirligi kamrok bo’lgan urug’lar kalkib, don qatlamining ustiga chikib, 2- va 3- novga tushadi. Eng tuk donlar tagida kolib 4- novga tushadi.

Don tozalashning nazariy asoslari
Aralashmadan vertikal yunalishdagi havo okimi yordamida donni ajratib olish, uning tarkibidagi kushindilar va donning aerodinamik xususiyatlariga asoslangan bo’lib, bunda ikkita ko’rsatkich e`tiborga olinadi:
— donning muallaklik (kritik) tezligi VM;
— uchuvchanlik (paruslik) koeffitsienti K.
Havo vertikal okimining tezligi Vx muallaklik tezlik Vm ga teng bo’lsa, okim ichiga o’rnatilgan don yoki biror jism, pastga yoki yuqoriga harakatlanmasdan, joyida kalkib turadi. Don aralashmasidan ayrim kushindilarni uchirib olib ketishi uchun havoning tezligi Vx ularning muallaklik tezligi VM dan katta bo’lishi kerak. Havo okimidagi jismga shamolning bosim kuchi R ta`sir etadi:
R= q p x S(Vx – Vm)2, (165)
bu yerda, q — havoning qarshilik koeffitsienti, uning miqdori, jismning shakli, sirt holati va havoning tezligiga bog’liq bo’lib, u tajriba asosida aniqlanadi. (bugdoy uchun q = 0,18...0,26, suli uchun q = 0,011...0,15);
px — havoning zichligi (pxq1,2 kg/m3).
S — jism Midel kesimining yuzasi, m2 (Midel kesimi deganda, jismning havo okimiga perpendikulyar bo’lgan tekislikka tushi­ril­gan proektsiyasi tushuniladi). Donning ogirlik kuchi aerodinamik bosim R ga teskari yunalgan. Agar >R bo’lsa, don pastga tusha boshlaydi, G=R bo’lsa, don muallak holatda bo’ladi. =R bo’lishini ta`minlaydigan V muallaklik (kritik) Vm tezlik deb ataladi va kuyidagi ifoda yordamida aniqlanishi mumkin:

(166) formuladagi q va S miqdorlarni aniq topish kiyin bo’lganligi sababli, amalda Vm miqdor tajriba asosida o’lchab aniqlanadi.
Uchuvchanlik (paruslik) koeffitsienti Ku esa xisoblab topiladi:

Donni tozalashning keng tarkalgan usullaridan yana biri — turli shakldagi kuzga ega bo’lgan galvirlarda elashdir. Galvir kuzidan don elanib utishi uchun kuyidagi ikkita shart bajarilishi kerak:
1. Galvir kuzining kattaligi shunday tanlanishi kerakki, unga don tegishli o’lchami buyicha (eni yoki qalinligi) bemalol sigadigan bo’lishi kerak.
2. Don galvir yuzasiga nisbatan ma`lum tezlikda harakatlanishi kerak.
Galvir 1 burchagi ostida kiya o’rnatilib, (240- rasm)gorizontga tortki 2 ga osilgan bo’ladi. Galvirni radiusi rk bo’lgan krivoship 3 va uzunligi l bo’lgan shatun 4 tebranma harakatga keltiradi. Texnologik jarayon davomida galvir ustidagi donga ogirlik kuchi G, ishkalan ish kuchi F va inertsiya kuchi Ri lar ta`sir kiladi. Galvirning engashish burchagi kichik bo’lgani uchun qabul qilinsa,
G qmg, F = mgf va Ri q ma ga teng bo’ladi.

Bu yerda,
m — donning massasi, kg;
g q 9,81 m/s2;

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling