Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
-MA’RUZA. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA HAJMDAGI
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
6-10
8-MA’RUZA. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA HAJMDAGI
MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI REJA: 1. Ma’lumotlar banki tushunchasi va uning tarkibi 2. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari 3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining (MBBT) arxitekturasi 4. Microsoft Access 2010 dasturida jadvallar, so‘rovlar, forma va hisobotlar hosil qilish 1. Ma’lumotlar banki tushunchasi va uning tarkibi Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga o‘tish imkoniyatini yaratdi. Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanish uchun mo‘ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo‘shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo‘llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to‘plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi. Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo‘lib, ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi; ishlashning ishonchliligi; tezkorligi va unumdorligi; foydalanishning oddiy va qulayliligi; foydalanishning ommaviyligi; axborotning ximoyalanganliligi; kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi. Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va yechilishi kerak bo‘lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat: axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish; saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash; foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumotlarni izlash va tanlash; olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish. Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi; 2) ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT); 3) masalalarni yechishning amaliy dasturlar to‘plami; Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling