Reja: Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari
Download 20.2 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plotter
- Kompakt disklar
- Printer
- Chiqarish qurilmalari
- Modem va faks modemlar.
MAVZU: Komyuterga asosiy va qo'shimcha qurilmalarni ulash REJA: 1. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari 2. Periferik qurilmalar va ularning vazifalari Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi. Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi. Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan. Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi. Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi. Tarmoq qurilmasi– bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma. Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi. Kolonka - kompyuterdan tovushli (ovozli) film, musiqa, o`yinlar o`ynagan paytda o`yinning maxsus effekt tovushlarni eshitish , tovushli programmalarni, maxsus tovushli o’rgatuvchi fayllarni bizga eshittirish uchun yordam beradigan moslama. Videoproyektor – kompyuter va shunga o`xshash namoyish vositalarining alohida qo`shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo`ljallangan. Printer – (ing.chop qiluvchi) ma’lumotlarni qog`ozda chop qiluvchi qurilma. Skaner – (ing.scaner-o`qib oluvchi) ma’lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko`rinishda kompyuter xotirasiga o`qib oluvchi qurilma. Periferik qurilmalar ham kompyuterning qo`shimcha qurilmalariga kiradi. Periferik qurilma – bu komyuterga tashqi tomondan ulanib uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Periferik qurilmalar faqat qo`shimcha ishlarni amalga oshiradi. Periferik qurilmalar kompyuterga ma’lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Periferik qurilmalarning soni ko`pligi uchun , ular bir necha guruhlarga bo`lib o`rganiladi: ▪ Kiritish qurilmalari – bu qurilmalar biror narsa (rasm, yozuv, komanda,video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani ham shu guruhga kiritish mumkin , lekin u periferik qurilma emasda. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo`la oladi:trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o`quvchi qurilmalar ,mikrofon,… ▪ Chiqarish qurilmalari – biror narsa(rasm,matn,ovoz,…) ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi.Bu guruhga quyidagilar misol bo`la oladi:printer, plotter, naushnik, kolonka,sambufer,… ▪ Saqlash qurilmalari – bu qurilmalar ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu guruhga qo`shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar , fleshkalar, floppy disketalar, disk massivlari ,… ▪ Tarmoq qurilmalari – bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi.Tarmoq topologiyalariga qarabbu qurilmalar tanlanadi. MIsol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari ,… Modem va faks modemlar. Modem-telefon tarmog`i orqali kompyuter bilan aloqa qilish va internet tarmog`iga ulanish imkonini beruvchi qurilmadir. Faks modem bu faksimil xabarlarni qabul qilish va jo`natish imkonini beruvchi modemdir. O`zining tashqi ko`rinishi va o`rnatilishi joyiga qarab modemlar ichki va tashqi modemlarga bo`linadi. Download 20.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling