Reja: Korxonaning to‘lov qobiliyati
Download 46.33 Kb.
|
KORXONANİNG TO‘LOV QOBİLİYATİ TAHLİLİ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Korxonaning to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari tahlili.
- Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
- To‘lov qobiliyati deyilganda
MAVZU: KORXONANİNG TO‘LOV QOBİLİYATİ TAHLİLİ REJA: 1.Korxonaning to‘lov qobiliyati. 2. Korxonaning to‘lovga qobiliyati ning zarur va muhim sharti. 3. Korxonaning to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari tahlili. 4. Korxonaning to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi. Foydalanilgan adabiyotlar. Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarni bajarishadi. Shuningdek, davlat budjeti, moliya,bank, sug‘urta va kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob berishni belgilangan muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larni yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo‘lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to‘lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin. To‘lov mablag‘lariga pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovar va mahsu- lotlar qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi, shuningdek, qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha to‘lov majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag‘ va qo‘shimcha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to‘lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo‘lishi kerak. To‘lov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va sug‘urtaga, mehanat haqi, turli xil kreditorlarga bo‘lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan mablag‘lar solishtiriladi. Korxona balansi aktividagi moddalarni pulga aylanishi aktiv likvidligi, to‘lovga qodirlik (to‘lov qobiliyati) esa muddatida va to‘liq hajmda qarzlardan uzulishni ifodalaydi. Download 46.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling