Reja: Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi
Download 1.14 Mb.
|
Kreativ pedagogika faning nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti.
Taʼlim tizimini boshqarish organlari har yili taʼlim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga eʼtibor qaratadi. Аna shu maqsadda oʼquv dasturini ishlab chiqiladi, yangi oʼquv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham oʼqituvchilarni kasbiy oʼsishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olgʼa intilishga boʼlgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning oʼquv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti.
Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va koʼnikmalarining oʼzlashtirilishida fan sifatida “Kreativ pedagogika” muhim oʼrin tutadi. Har qanday fan kabi “Kreativ pedagogika” oʼquv predmeti ham aniq maqsadni koʼzlaydi. “Kreativ pedagogika” fanining maqsadi shaxsni kreativ oʼqitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat “Kreativ pedagogika muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat: 1) taʼlim mazmuni, oʼquv rejalari va dasturlarini saralash; 2) oʼquv moduli (fani)ni oʼqitishning taktika va strategiyalarini belgilash; 3) mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash; 4) taʼlim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash; 5) kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab chiqish Maʼlumki, har bir fan oʼzining tadqiqot obʼekti va predmetiga ega boʼladi.
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling