Reja Kristallanish. Kristallanish jarayonining muvozanati va tezligi. Kristallarni hosil qilish usullari va uning xossalariga kristallanish sharoitining ta’siri
xossalariga kristallanish sharoitining ta’siri
Download 96 Kb.
|
1 2
Bog'liqKristallizatorlar konstruksiyalari Ven diagrammasi
xossalariga kristallanish sharoitining ta’siri.
Qattiq erigan moddalarni kristall holida ajratib olish uchun eritmalar о‘ta tо‘yingan holatga keltiriladi. ґta tо‘yingan eritmalar quyidagi usullari bilan olinadi: 1) Eritmalardagi erituvchining bir qismini bug‘latish yо‘li bilan uni quyiltirish; 2) eritmalarni sovitish bilan eruvchanlikni kamaytirish; 3) eritmalarga erituvchini о‘ziga biriktiruvchi yoki eruvchanlikni kamaytiruvchi moddalarni qо‘shish; 4) umumlashtirilgan usul. Bug‘latish yо‘li bilan kristallanish jarayonida erituvchi bug‘latish apparatlarida isituvchi truba devorldari orqlai issiqlik vositasida bug‘latilib, shu apparatning о‘zida kristallanish jarayoni sodir bо‘ladi. Bu usul izotermik kristallanish deyiladi. Kristallari eritmadan filtrda yoki sentrifugalarda ajratib olinib, keyin esa yuviladi. Yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bо‘lgan tuzli eritmalarni sovitish natijasida о‘ta tо‘yingan eritmalaridan kristallar ajralib chiqadi. Bu jarayon bir va kо‘p bosqichli apparatlarda davriy va uzluksiz ravishda olib boriladi. Tuzli eritmalarning eruvchanligi yomon bо‘lsa, kristallanish jarayoni eritmalarni isitish yо‘li bilan olib boriladi. Umumlashtirilgan usulda kristallanish jarayoni vakuum ostida, erituvchining bir qismi isituvchi agent vositasida bug‘latib yо‘qotish hamda maydalash usuli bilan olib boriladi. Vakuum ostida kristallanish jarayoni issiqlik apparat devorlari orqali berilib, eritmaning bir qismini bug‘latish uchun sarflanadi. Kristallanish jarayoni qarab kristallarning shakli, kattaligi, granulometrik tarkibi, tozaligi har xil bо‘lishi mumkin. Kristallaning shakli kristallanayotgan moddaning tabiatiga, eritma tarkibidagi qо‘shimcha aralashmalar miqdoriga bog‘liq. ґta tо‘yinish darajasi kam bо‘lgan eritmalardan kristallarni sekin о‘stirib, katta о‘lchamli kristallar olinadi. Kristallarning kattaligi eritmalarni aralashtirish usuli va intensivligiga bog‘liq. Aralashtirish kristallarning hosil bо‘lishiga ikki xil ta’sir qiladi, ya’ni birinchidan, eritmani intensiv aralashtirish natijasida diffuziya orqali kristall qirralari kо‘proq modda о‘tib u kattalashadi, ikkinchidan, kо‘p mayda kristallar hosil bо‘ladi. Toza holdagi moddalar eng effektiv va keng tarqalgan yagona usul-kristallanish orqali olinadi. Moddalarning tozalik darajasi kristallanish jarayonining sharoitga hamda yuvish va filtrlash jarayonlariga bog‘liq. Kristalldagi qо‘shimcha aralashmalar dastlabki eritma tarkibidagi moddalarning kristall qirralaridagi teshiklarga kirib qolishi va eritma yuzasiga yutilishidan hosil bо‘ladi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling