Reja: Kuzatish pedagogik tadqiqot metodi


Download 87 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi87 Kb.
#1240410
  1   2
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA KUZATISH METODI VA UNING TURLARI


IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA KUZATISH METODI VA UNING TURLARI
Reja:


1.Kuzatish – pedagogik tadqiqot metodi.
2.Ilmiy kuzatish.
3.Pedagogik kuzatishning ob'ekti.
4.Kuzatishni o'tkazishda rioya qilinadigan qoidalar.

Kirish


Kuzatish - pedagogikadagi boshqa metodlar orasida eng ko'p uchraydigan metod. Bolalar holatini o'rganishda kuzatish metodining mohiyati, faktlari to'liq va aniq hisobga olishda hayotiy tajriba bilim, va malakalarni tasvirlashga yordam beradi.Kuzatish bu taffakur bilan mustahkam bog'langan idrokdir” - deb, ko'rsatiladi. Pedagogik enseklopediyada ( pedagogicheskaya enseklopediya, T.Sh. 10 bet, 1966)
Ilmiy kuzatishlarning muhim tomoni - kuzatish zarur bo'lgan umumiy predmetning asosiy tomoni kurmok, hisobga olmok, faktlarni guruxlamok, hodisalarning yo'nalishini aniqlamokdir. Birinchi ko'zatilgan hodisalarning bir - biriga o'xshashlik tomonlarini ayrimlik belgilarini ajratmok, hodisalarni klassifikasiya qilish va yigilgan fakt va natijalarni umumlashtirishdan iboratdir. Kuzatishni idrok va tafakkurdan ajratib bulmasligi, ya'ni kurilgan ko'zatilgan narsalarni aniq, to'liq va mantikiy, ob'ektiv holatda tasvirlashdan iborat. Kurilgan va ko'zatilgan narsalardan eng muhimlarini, kimmatli zarur narsalarni kuzatish maqsadga muvofiq. Voqea, Hodisa va faktlarning aniq borishi sodir bo'lish jarayonini pedagogik kuzatish metodi yordamida ogzaki va yozma nutq bilan tasvirlash imkoniga egadir. Kuzatish tadqiqot metodidan to'g'ri foydalanish uchun o'zok va to'g'ri tayyorgarlik zarurdir.
Pedagogik tadqiqotlarda kuzatish metodidan foydalanishning yo'llari L. V. Zankov, V.I. Juravlev,I.I. Monoszon, M. Skatkinlarning kitobi va monografiyalarida ifodalangan. Olimlarning qarashlarida kuzatish metodi ayrim hollarda bir - biri bilan solishtirib o'rganish demakdir. Yoki kuzatish metodiuniversal tadqiqot metodidir. Kuzatish metodi voqeani turlichatasvirlashi mumkin yoki qisqartirilgan holatda ham o'tishi mumkin. Kuzatish natijasida fktlarni shundayligicha tasvirlash mumkin va jamoada shaxs shakllanishining tarbiyaviy holatini ham o'zicha tasvirlash mumkin. Demak, kuzatish tadqiqot metodi - bola holatining shaxs va jamoaning shakllanishini o'rganish va tarbiyalashni solishtirishda eng muhim va kulay tadqiqot metodlaridan biridir.
Qisqa qilib aytganda, kuzatish metodi yordamida fakt va voqealarni aniq tasvirlash mumkin va ayrim apparatlar hodisa va faktlarning ichki psixik jarayonini sodir bo'lishi sabablarini hisoblab berish mumkin.
Fanda kuzatish metodining bir necha turlari mavjud. Ilmiy xodim voqea va hodisalarni qanday holatda o'rganishga karab ularni keraklilarini tanlaydi. Adabiyotlarda pedagogik jarayonda kuzatishning ob'ekti haqida material yoritilgan. Refleksologiyaning vakillari kuzatish ob'ekti deb stimul va reaksiyani oladilar. (Masalan, o'qituvchining so'zi stimul, o'quvchining javobi esa reaksiya)
Hozirgi sharoitda pedagogik kuzatishning № 1 ob'ekti deb, bola faoliyatini karamokda. Bu faoliyat faqat bola atrofini urab to'rgan voqealik bulib bola uni karab turmasdan balki o'rganadi. Masalan, o'rtoqlari va boshqa odamlar, jumladan katta kishilardan faoliyat harakteri unga munosabati, faoliyat jarayoni munosabati-pedagogik kuzatishning asosiy ob'ekti hisoblanadi. Pedagogik kuzatishning muhim ob'ektlaridan birinchisi bola o'z hayotida munosabatda bo'ladigan narsa va predmetlardir.
Olam juda boy narsalardan iborat bulib faqat uni kuzatsa bilish zarurdir. Narsalar, predmetlar bola uchun olamni bilish vositasidir. Narsalar atrof bilan muomala qilishdan xabar beradi.
Hozirgi vaktda bolalar ijodkorligining mahsuloti-ga ko'prok e'tibor berilmokda. Bola chizgan rasm va u yasagan modeldan oz bo'lsada uning hayotiy qarashi, u ko'radigan predmetlarning obrazi ko'rinib turadi. Masalan: aytish mumkin o'g'il bolalar yaxshi ko'radigan va hamisha chuntaklarida ko'tarib yuradigan narsa va predmetlarga yaxshi ko'rgan kalami, ruchkasi, plamaster, pichok va markalar kolleksiya, yoki uningnarsalarga bo'lgan munosabatini ko'rsatuvchi harakterli xislatlari o'quv kurollariga bo'lgan munosabatini, kitoblari, kundaligi, daftari va x.k. Bo'larning hammasi kuzatish ob'ekti bulib, bolaning harkterini ochuvchi belgilardir.Bir yumoristik ertakda xikoya qilinishicha, bola holodelnik chiqishi kerak bo'lgan lotoriya beliti topib oladi. U beletni bir tipratikonga almashtiradi. Bolalar ko'pincha kattalarni narsalariga predmetlariga xavas qiladilar. Ular o'zlarining ruchkalari, kalamlari, kitoblarini almashtirib turadilar. ular predmetdan foydalanib kolmasdan, balki predmetga karab o'z harakterlarini ham o'zgartirib turadilar. Ularning tarbiyalanganlik darajasi ham bilinib boradi.
Pedagogik kuzatishning muhim ob'ektlaridan biri bolaning nutqidir. Ma'lumki kishi o'z nutqida hayotiy tajribasi, aqliy faoliyati va hududiy - milliy ko'rsatkichlarini bildiradi.
Bola nutqini kuzatganda: bola o'z nutqini kanchalik to'liq va aniq ifoda etishi har - xil psixok holatda bola nutqining o'zgarib turishi, o'z so'zini ongli ishlatishga etibor beriladi.
So'zning mimika bilan ko'z, yuz tuzxilishi harakati bilan ifoda etishi, so'zning tezligi so'zlar orasidagi pauza, to'xtalish va boshqalarga etibor beriladi.
So'z boyligining ko'pligi, kamligi, so'zni tamomlash, so'z yordamida sodda va kiyin gaplarni tuza olish malakasi.
Yigilgan bu materiallarni hammasi bola tempera-mentdagi bolaning nutqi hamisha chaqqon, jo'shqin, undovli gaplar ko'pligi bilan suhbatdoshini o'ziga tortadi. Xolerik tipdagi kishining ham nutqi hayajonli, jo'shqin, ammo u aytadigan gaplarining bir nechasini tushirib qoldiradi.U o'z so'zida qaytarishlar qiladi va h.k.z.
Flegmatik temperamentdagi kishi ham hayajonli gapirish mumkin. Ammo u shoshilmaydi, uning nutqi boshqalarni hayajonga solishi, qoyil qoldirishi, o'zini ko'rsatish, muhokama qilishdan iborat yana bir temperament-dagi kishi borki u melanholika. Uning nutqida ham pauza bo'lib turadi, ko'proq birovlar nutqida sitalar keltirib turadi, o'z fikri bilan biron narsani aytishga qo'rqadi.
Umuman boalning nutqida tahlil qilish va kuzatish bilan bola rivojlanishining boshqa tomonlarini ham bilib olish mumkin.
Bola faoliyatini chukur tahlil qilish, uning faqat nutqining bilish bilan kifoyalanmasdan, bola yozgan xat va ma'lum darajada bolaning ayrim odatlari, harakter, temperamentidan darak beradi.Masalan: tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar xat ustida yozilgan adresga xat egasi o'z familyasi va ismini konvertning chap tomoniga yakinrok yozsa uning ish ustida puxtaligi, uylab ish qilishi kurinib turadi. Agarda shu familya va ism konvertning ung tomonida bo'lsa, haraktersiz va mugombirligi bilinib turadi, yoki xatining tuzilishidan uning qanday temperamentda ekanligini ham bilish mumkin. Masalan ayrim kishilar o'zining yozgan chiroyli yozishga urinadi ammo, uni to'g'ri va xatosiz yozishni uylamaydi. Ayrim kishi esa bir yozgan narsasining mazmunini yana uylab ko'radi, xatolarini to'zatadi, sungra xatni jo'natadi. Ayrim kishilarning xati tez - tez o'zgarib turadi. Demak bunday odamlar o'z - o'zlariga ishonchsiz bo'ladilar.Ayrim kishining esa xati doimiy bir xil tartibda, kurinishli yoziladi. Demak bunday odamlar o'z kuchiga va kobilyatiga ishonadi. Lekin kishi harakterini ko'zatganda uning birgina xatiga karab baxo berish ham yaramaydi. Kishiga baxo berish uchun uning hamma tomonlarini to'liq bilish lozim.
Kuzatishning muhim ob'ektlaridan yana biri aniq holatda bolaga ta'sir etish. Masalan, bola navbatchilikni bajarmaganda, sport uyini noto'g'ri bajarilganda, o'qituvchi bilan bola o'rtasida ziddiyat paydo bo'lganda ko'rsatilgan tarbiyaviy ta'sir berilgan tanbex natijasida bolaning tarbiyalanganligini aniq ko'rsatuvchi holat bo'lishi mumkin.
Bunday holatda bolaning kamchiligi bilan ko'rsatilgan tarbiya natijalari hisobga olinib boriladi.
Bola hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tahlil qilinadi ( so'z, ta'sir, mimika, manera va x.k.z.) bola harakteridagi ayrim qaytarilgan sifatlar ham hisobga olinadi.
Kuzatish metodini kullaganda faqat nimani kuzatish kerakligi bilan chegaralanib kolmasdan, balki buni qanday qilish kerak degan masalani ham unutmaslik kerak. Bu erda ilmiy kuzatish dalillarini hisobga olishdan farq qiladi.
Kuzatish bolaga ta'sir ko'rsatish bilan birga qo'shib olib boriladi, har - xil tarbiyaviy ta'sirdan bolalarning olgan reaksiya hisobga olinadi.
Kuzatish analitik harakterga ega bulib, bola xulqining u yoki bu sababi bilan bog'lanishi, bolaga ta'sir etish va uning kamchiligini tahlil qilish xulqining yo'nalishini o'rganishdan iborat.
Kuzatish tizim bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kuzatishning rejasi, to'ziladi, unga ta'sir etishning tarbiyagaasoslangan yo'nalishi ( masalan, tarbiyachi usmirning kamchiligini majlisda muxokama qilingandan keyin, u haqida jamoa va o'rtoqlari bergan maslahatlarni, usmir kanchalik to'g'ri va xakkoniy tushundi, uni o'ziga qabul qiladi va x.k.z. hisobga olib boradi.)
Bolaning tarbiyalanganligini bilish uchun o'zok va muntazam aniq maqsad bilan kuzatish zarur.
Kuzatish tasodifan, yuzaki bulmasdan, balki tadqiqotchi bolaning hamma tomonlarini o'rganish va hisobga olish zarur. Ayrim hollarda tadqiqotchilar faqat o'zlarini qiziqtirgan tomonlarini o'rganadilar holos.
Kuzatish jarayonida bolaning psixik holatini ham hisobga olish zarur.
Ko'zatilgan voqea va faktlarni hisobga olishda, kishining xayolidan ko'tarilgan muhim narsalarni harakter va mazmunini bo'zib ko'rsatmaslik zarur.
Kuzatishda ayrim bola yoki butun jamoa ko'zatilish mumkin. Ayniksa ayrim bolalar bilan individual suxbatlar o'tkazish orkali to'liq natijaga erishish mumkin.
Shunday holatda kuzatishning dasturi quyidagicha rejalashtirish mumkin.





Kuzatish yordamida xulqni o'rganish sharoiti.

Ro'yxat buyicha bolaning tartib nomeri

Utkazilgan suxbat- natijasida bolaning fikri

1.

Poxodning rejasi bilan tanishtirilganda ularning qiziqishi oshdi va paxod bo'ladigan kunni chidamsiz-lik bilan kutadi.

7, 11, 13, 18, 23, 24,



O'z atrofii bilan tanishishni, odamlarni bilishni istaydi.

2.

Qiziqib turdi. Paxodni rejasi bilan rilganda qiziqishi sundi.
3, 5, 9, 16, 19, 22, 25.

3, 5, 9, 16, 19, 22, 25.

Vaktni xushchakchak utkazmokchi,dam olmokchi, harid kilmokchi va boshqalar.

3.

Rejani aniq kungil bilan qabul
qilish.



1, 4, 8, 10, 14, 17, 26.

Salomatligi yomon bo'lgani uchun uchastkaga ishlashga ota-onalari kuymadi.Paxod nima bilan tagadi deb kurkishdi.

4.

O'zrli sabablar bilan paxodga bormadilar



2, 6, 12, 15.

Ota - onaga yordam berish uchun, uchastkaga ishlash uchun .

5.

Sababsiz paxodga borishdan bosh tortdilar.

20, 21, 27, 28.

Tushuntirish berishmadi.

Bu kuzatish turistik paxod tashkil qilish buyicha utkaziladi.
Shundan sung paxodga kim kancha tayyorgarlik kurishi kuzatishldi. va hisobga olinadi. Kim faol tayyorlandi, kim passiv, kim faol ishtirok etdi, kim passiv, kim tuskinlik qildi.
Bu kuzatish bolalar xulqini ko'rsatuvchi birgina ko'rsatkichlar hisobga olinadi. ( yaxshi, konikarli, yomon yoki) berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajarishga intiladi, berilgan topshirikni bajarishda o'qituvchining yordamida muxtoj va x.k.z. Shu jumladan kizlar va o'g'il bolalarning topshirikni bajarishdagi harakati ham hisobga olinadi.
Ayniksa kuzatish natijalari sonlar bilan belgilash juda kulaydir. Dunda shaxsning tarbiyalanganlik darajasi son bilan belgilanadi. Olaylik o'qituvchi mehnatsevarlik darajasi son bilan belgilanadi. Bunday holatda mehnatsevarlik darajasi belgilaydi: Mehnatda vijdonan qatnashadi, mehnatda qatnashuvini ayta oladi, mehnatga qatnashishga intiladi va halol ishlaydi, mehnatda o'zok muddat bilan ishtirok etishga layokatli va x.k.z. Bu erda bir necha mehnatsevarlik ko'rsatkichlari hosil bo'ladi. Bu ko'rsatkichlar bolaning yoshiga karab besh va undan ortik bo'lishi mumkin. Eng yuqori ko'rsatkich “besh” undan sal pastrok ko'rsatkich “turt” yoki chetdan mehnatni talab qilib ishlatsa “uch” ayrim holda qatnashadi, ayrim holda mehnatga qatnashmaydi “ikki” umuman dangasa ishlamaydi- “bir” baholanishi mumkin.
Sungra shu baxo normalari asosida o'quvchilar faoliyati ustidan kuzatish olib boriladi va ayrim daftarga uning natijalari hisobga olib boriladi. Bu kuzatishni quyidagicha tablisaga joylashtiramiz.
O'quvchilarning hammasi ustidan kuzatish olib borilgandan sung tuplangan materiallarga asosan, quyidagi mehnatsevarlik ko'rsatkichlari hosil buldi.
- o'quvchilar mehnatsevarligining yaxlit darajasi
- kiz va o'g'il bolalarning har - xil mehnatga munosabati
- u yoki bu faoliyatda faol darajasi.
- har - xil sharoitda, mehnatga bog'liqlik munosabati, mehnatni tashkil qilish va uning maqsadini tushunishi va boshqalar. Shu ko'rsatkichlardan sung har bir ko'rsatkichuchun alohida tablisa tuzilishi mumkin.
6 - “A” sinfning kishlok xujaligi mehnatiga munosabati.
Kuzatish natijasida tadqiqot uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar olinadi, bu ma'lumotlar keyinchalik o'rganil-gan jarayon va hodisaning samarali natijasini chiqarishga imkon beradi.
Kuzatishni o'tkazishda ayrim zarur bo'lgan qoida tartibga rioya qilish zarur bo'ladi.
1. Kuzatishning umumiy rejasiga muvofiq bir kishi ko'zatgandan ko'ra, boshqa kishilar yordamida kuzatish, keyin olingan faktldarni bir- biriga taqqoslash. Kuzatishni bunday tashkil qilish sub'ektividan saklaydi. ( Ko'zatuvchining dunyoqarashiga ilmiy yo'nalishiga, hayotiy tajribasiga bog'liqdir. Bundan tashqari uning holati, bolalarda bo'lgan, o'qituvchilarga bo'lgan munosabati ham katta rol o'ynaydi.)
2.Kuzatishni yashirin holatda olib borilishi lozim. Agar bola uni ko'zatayotganliklarini bilib kolsa, o'z harakatlarini vaktincha o'zgartirishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda kuzatishni maxsus kinos'yomka yoki telerepartaj sezilmaydigan mikrofon yordamida magnitafonga yozib oladilar. Bunday holatda bolalar xonaga joylashtiriladi, xonaning bir tomoni kurinarli oyna bilan jixozlangan bulib, tadqiqotchi bolalarni oynadan kurib turadi. Bunday holatda tdkikotchi bolalarga kurinmaslikka harakat qiladi.
Ayrim tadqiqotchilar bolalar faoliyatini ko'zatganda, o'qituvchi yoki ko'zatuvchi bulib kolmasdan, ular faoliyatiga aktiv ta'sir etuvchi munozara qatnashchisi sifatida ishtirok etadilar.Bunday holatda bolalar uning ko'zatuvchi ekanligini sezmaydilar. Bajarilishi lozim bo'lgan faoliyatga bolalar faol qatnashadi.
3. Kuzatilgan faktlarni aniq hisobga olish lozim, voqeaning davom etishi jarayoni, shaxsga ta'siri aniq hisobga olinadi. Kuzatish jarayonida kullanilgan ovoz yozuvchi apparatlar va kinos'yomkalar voqeaning sodir bo'lishini aniqlashga yordam berishi mumkin, ammo jonli kuzatishning urnini bosa olmaydi.
4. Gurux ustidan taksimlangan kuzatishni sinab kurish. Buni uchun ko'zutuvchilarnng har biri bolalar faoliyatining ma'lum qismi bilan shug'ullanadilar. Shundan sung ko'zatilar natijalarini solishtirib kurish, individual kuzatishlarning aniqligi va to'g'riligini tekshirib kurish.
5. Kuzatish yaxshi natija berish uchun, voqea va hodisa-ning kuzatish, bolalar faoliyatining o'rganish uchun suxbat o'tkazish, anketalar qo'llash yaxshi natija beradi.Bunday vaktda tadqiqotchi o'zining butun sezgi organlarini ishga solib ish kurishi kerak bo'ladi. Ya'ni o'rtoqlarining holatini tushunishi, kattalar va bolalarning individual xususiyatlarini bilish, ularning temperamentlarini ajrata olishi zarur.
6. Kuzatish yakunida o'z - o'zini kuzatishni solishtirish. Bu maqsadda o'z-o'zini kuzatish kundaligini yuritish, o'z - o'ziga tavsif berish, bo'lgan voqealar yuzasidan o'quvchilarning esdaliklarini uyushtirish, bo'larning hammasi ish joyidan repartaj olgandek qiziq va uyushgan holda tashkil qilinishi zarur.
Har bir alohida bo`lgani singari ijtimoiy psixologiyaning o`z metodlari va ularni qo`llash vositalari mavjud. To`g`ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya falarida qo`llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o`ziga xoslikni hisobga olgan holda ularni ishlatish yo`llari va m’lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud. 
Har qanday fanning yutug’i ma’lum darajada uning metodik apparati rivoji bilan belgilanadi. Fanning metodik apparati yangi ma’lumotlarni qo’lga kiritish va uning asosida nazariy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun ijtimoiy psixologiya metodlarini ishlab chiqish doimo tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Ijtimoiy psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot ob’ektini tanlashni, qo’lga kiritilgai natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
'Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qo’llash avvalom bor shu tadqiqot maqsadlaridan va o’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda ijtimoiy psixologiya metodlarinint kim tomonidan qo’llanilishi ham juda muhim hisoblanadi. 
Ijtimoiy psixologik tadqiqotdan olingan axborotning ishonchliligi qayta tekshirish o’tkazilganda ham bir xil ma’lumotlar to’planishi, turli tadqiqotchilar tomonidan bir xil natijalarni qo’lga kiritish.
Asoslilik yoki validlik avvalombor tadqiqotchi qo’llaydigan vositaning xususiyatlari va bu vositaning aynan tadqiqotchini qiziqtirayotgan, o’rganilayotgan ob’ektning aynan zarur xususiyatlariii aniqlash imkoniga egaligi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qo’llanilayotgan metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni o’rganishga mosligi bilan belgilanadi.
Har qanday ijtimoiy-psixologik tadqiqot ob’ektini o’rganish dasturini tuzishdan boshlanadi.
Tadqiqot taxmini- tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan ilmiy faraz. Bu taxmin o’tkaziladigan tadqiqot natijasida isbot qilinadi.
Tadqiqot metodi- bu tadqiqotchini qiziqtirgan axborotni qo’lga kiritish yuli, vositasi.
Tadqiqot metodikasi- bu turli jarayonlar va ularning xususiyatlari to’g’risidagi zarur axborotni qo’lga kiritish uchun ishlatiladigan aniq usul va vositalar majmuidir.
Ijtimoiy psixologik- tadqiqot dasturi pilotaj tekshiruv o’tkazilgandan keyin aniqlashtirib olinadi.
Pelotaj tadqiqot bosh yo`nalishni, asosiy tadqiqot metodlari va uni tashqil qilish tamoyillarini belgilab olishni ta’minlaydi. U tadqiqot o’tkazish vaqti joyi, vaziyatini tekshirib ko’rish imkonini beradi. Pilotaj eksperiment davomida tadqiqotchi tomonidan tadqiqot o’tkaziladigan tekshiriluvchilar soni va xususiyatlari aniqlanadi. Tanlab olingan tekshiriluvchilar -bu barcha individlar ichidan tadqiqot uchun tanlab olingan indnvidlar. Ular qandaydir xususiyatlar bilan birlashtirilgan. Hajmiga qarab, katta va kichik tekshiriluvchilar soni farqlanadi. P- 30 bo’lsa, kichik hajmli tanlab olingan tekshiruvchilar bo’lsa, kattasining soni belgilanmagan. Demak, tekshiriluvchilar (general) bosh majmui chiziq bu o’rganilishi lozim bo’lgan; tanlab olingan tekshiriluvchilar esa real o’rganiladigan individlar. Tanlangan tekshiriluvchilar bosh majmuini adekvat aks etilishi, ya’ni reprezentativ.
A n k e t a metodi hamma tanish bo`lgan usullardan biri lekin ko`pincha anketa o`tkazgan odamning uning tuzilishi qanchalik qiyinligi yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ularni to`g`ri sharxlash qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi.
Anketaga kiritilgan savolar ma’lumotiga ko`ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo`linadi.
Ochiq anketa restondentdan o`z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.
Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo`lib tekshiriluvchi o`ziga ma’qul bo`lgan, o`zining qarashlari fikrldari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq favollarning kamchiligi-respondentlarning har doim ham qo`yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi (tomonidan o`z fikricha ergashishga o`xshash holatning mavjudligi yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bermaslikdadir.
I j t i m o i y p s i x o l o g i k t e s t l a r. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo`lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodsa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo`lib, ular 20-30 yillarga hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keladiki, natijada maxsus soha-psixometrika kirib keldiki, natijada maxsus soxa-psixometrika yuzaga keldi.
Testlarni qo`llashni qulaylik tomoni shundaki bir test yordamida ma’lum ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta takror-takror sinab ko`rish mumkin. Lekin ularni umumiy deb bo`lmaydi., chunki u yoki bu test muayyan turdagi ob’ektda sinalgan bo`lsa, uni shunga o`xshash ob’ektlardagina qo`lash mumkin. Xolos, qolaversa undan olingan ma’lumotlar nisbiy xususiyat kasb etadi.
I j t i m o i y p s i x o i o g i k e k s p e r i m e n t –bu ijtimoiy hodisalarni o`rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o`rtasidagi maqsadga yo`naltirilgan muloqotdir. Bunday muloqotning yuzaga kelishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to`playdi. Umumiy psixologiyada bo`lgani singari, Ijtimoiy psixologiuada ham quyidagi turlari mavjud:
Ijtimoiy-psixologik eksperiment bunda tadqiqotni maxsus sharoit yaratadi va yana shu sharoitda aniq reja asosida ma’lumotlar to’playdi. Umumiy psixologiyada ham uning tabiiy va laboratoriya turlari farqlanadi.
Laboratoriya eksperimenta odatda maxsus sharoitlarda alohida xonalarda, zarur asbob uskunalar yordamida o’tkaziladi.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarni eksperimentni o’tkazish eksperimentatordan uni o’tkazish texnikasiga yuqori darajada ega bo’lish, uni to’g’ri rejalashtira olishni umumiy taxmini tuza olishni reprezentatish tekshiruvchilarni tanlay bilishni talab qiladi.
P r o y e k t i v metodlar. Ular test usullarining bir ko`rinishi hisoblanib ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko`rinishga ega bo`lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirigi beriladi. Binobarin tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo`lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko`rinishi mavjud emas buyumlar, yog`ochlar berilishi yoki ularga qarab tekshiriluvchi o`zining hissiy kechinmalar qizikishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.
Lekin hozirgi davrda hayot fanidan tatbiqiy xususiyatga ega bo`lishini talab qilayotganligi tufayli bu qatorga bir turkum metodlarini kiritish lozimki, ular ijtimoiy psixologiyadagi faol tayyorgarlik metodlari deb ataladi. Ularga ijtimoiy psixologik treningning barcha shakllari kiritiladi. Ular o`z mohiyatiga ko`ra, shaxs va guruhning ma’lum sifatlarini shakllantiruvchi eksperimentni eslatadi. Lekin ularning faol metodlari toifasiga kiritilishiga asosiy sabab- bu usullar yordamida qisqa fursatda bevosita muloqot sharoitida kutilayotgan samaraga erishilishidir. Ya’ni tahlil qilib chiqilgan metodlardn farqli o`laroq, faol ijtimoiy psixologik metodlar shaxsda yoki guruhda shakllangan xususiyatlarni qayd qilish emas, balki tarkib toptirish lozim xislatlarni amaliyotchi psixolog yoki ijtimoiy xodimning faol aralashuvi orqali hosil qilishga qaratilgandir.
Proektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog`lari" testini kiritish mumkin (1921 y). Bu dog`lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog`lardan iborat bo`lib, har bir dog` har xil bo`yoqli fonda ko`rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog"ning nimani eslatayotganligini aytish so`raladi. Uning og`zidan chiqqan so`zlar, assotsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.

Xulosa
Yana bir proektiv usul - bu S. Rozensveygning rasmli assotsisiyalar usulidir. Bunda hayotga tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo`sh kataklarda berilishi mumkin bo`lgan javobni yozishni so`raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yunalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o`xshash muhim faktlar to`planadi.


"Tugatilmagan hikoyalar" ham guruhdagi va yakka shaxslarning qarashlari, ulardagi psixologik yo`nalishlarni o`rganishda ancha qo`l keladigan usuldir. Ularda shaxsning o`ziga, atrofdagilarga, jamoaga munosabatlari aniqlanadi. "Mening hayotiy intilishlarim...", "Mening kayfiyatimning buzilishiga sabab, odatda...." va shunga o`xshash iboralarning davomi yezilib, tugatilishi taklif etiladi.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling