2-qadam. Foydalanuvchilarni qo‘shamiz
LMS ning o‘ziga xos xususiyati foydalanuvchilarning turli rollarining mavjudligidir. Har qanday tizimda doimo uchta asosiy rol mavjud:
«Foydalanuvchi» - u ta’lim oluvchidir. Bu eng keng tarqalgan rol. Foydalanuvchilar o‘zlariga berilgan kurslarni va erkin o‘rgansa bo‘ladigan materiallarni o‘tishlari mumkin.
«Muallif» - Mualliflik huquqiga ega foydalanuvchi o‘quv materiallarini boshqarishi mumkin: kurslarni qo‘shish va o‘chirish, shuningdek odatiy foydalanuvchilarga kurslarni o‘tishni topshirish.
«Administrator» - O‘quv materiallari bilan ishlash bilan birga, administrator foydalanuvchilarni qo‘shishi va o‘chirish, ularni guruhlarga birlashtirishi va rollarni berishi mumkin.
Kichik kompaniyalarda muallif va administrator ko‘pincha bitta shaxs bo‘ladi.
Yaxshi LMS -lar administratorlarni bir xil ishlardan halos qilishga intiladi, shuning uchun ular tizimga foydalanuvchilarni qo‘shish jarayonini maksimal darajada avtomatlashtiradilar. Masalan, iSpring Learn da buni bajarishning 3 usuli bor: elektron pochta orqali taklif qilish, o‘z-o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazish havolasini ulashish yoki CSV yoki XLSX- faylidan ro‘yxatni ko‘chirish.
3-qadam. Natijani baholash
O‘qitish samaradorligini o‘lchash imkoniyati, yanada ko‘proq kompaniyalar ta’lim olishni boshqarish tizimlaridan foydalanishni boshlayotganining asosiy sabablardan biridir. Sizda qancha foydalanuvchi bo‘lishidan qat’iy nazar - 5 yoki 5000 - LMS yordamida siz real vaqt rejimida ularning muvaffaqiyatini kuzatishingiz mumkin. Batafsil statistika ta’lim oluvchilarning materiallarni o‘rganishga qancha vaqt sarflashi va qancha yutuqlarga erishilganligini ko‘rsatadi.
Afzalliklar
Ta'lim xarajatlarini kamaytirish. Misol uchun, MW-light kompaniyasi iSpring platformasidan foydalangan holda bir xodimni o'qitish xarajatlarini 20 barobarga qisqartirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |