Reja: Lutfiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot


Download 59.94 Kb.
bet7/7
Sana09.04.2023
Hajmi59.94 Kb.
#1346375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hamida zirovatova

3.Voqeaband g‘azal-voqelikning bir bo ‘lagi ifodalanadigan,hamma baytlari bir mavzuni yoritishga,bir g ‘oyaviy mazmunni ilgari surishga qaratilgan g‘azal.Syujetli g ‘azalga nisbatan «lirik hikoya», «lirik novella» atamalari ham qo‘llaniladi.
Voqeaband g‘azallar ikki xil: biror voqea munosabati bilan yozilgan yoki aniq tarixiy voqeaga asoslanmay,oddiy lirik syujet zaminiga qurilgan bo‘lishi mumkin.
4.Musalsal g‘azal-tarkibida lirik voqea,manzara,fikr va kechinma satrlar silsilasida darajama-daraja (tadrijiy) rivojlanish xususiyatiga ega bo ‘lgan g ‘azal.Bu g‘azallarning eng oily navidir.Misol: Alisher Navoiy «Ishq o ‘ti-azal qismati» («Jong ‘a chun dermen…»), «Yordan ayru ko ‘ngul…» va boshqalar.
Ma’no jihatidan esa orifona,oshiqona va rindona g‘azallarga bo‘linadi.
Fors so‘z san’atida g ‘azal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da,Sa’diy ijodida u to‘la shakllanib,she’riyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi,keyin Hofiz uni yuksak darajaga ko ‘tardi: u o ‘zigacha tasavvufiy va dunyoviy yo ‘nalishda rivojlanib kelgan g ‘azalchilikni o ‘zaro omuxta qildi.Xusrav Dehlaviy,Kamoliddin Isfahoniy,Farididdin Attor,Jaloliddin Rumiy,Xoju Kirmoniy,Salmon Sovajiy,Abdurahmon Jomiy,Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar g ‘azal taraqqiyotida katta rol o‘ynaganlar.
O ‘zbek adabiyotida g ‘azalning ilk namunalari Rabg ‘zuziyning «Qissasi Rabg‘uziy»,Xorazmiyning «Muhabbatnoma» sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi,Hofiz Xorazmiy,Yusuf Amiriy,Sakkokiy,Atoiy,Gadoiy,Lutfiy,Alisher Navoiy,Bobur,Ubaydiy,Mashrab,Mujrim-Obid,Amiriy,Nodira,Uvaysiy,Munis,Ogahiy,Muqimiy,Furqat,Avaz O‘tar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.
Fors-tojik g ‘azalchiligida aruz vaznining hazaj bahri,turkiy xalqlar g‘azalchiligida ramal bahri ko ‘p qo ‘llangan.Masalan,Navoiyning 2600 g‘azalidan 1600 ga yaqini,Atoiyning 260 g ‘azalidan 109 tasi,Husayn Boyqaroning esa barcha g ‘azallari ramalda yozilgan.Aruzda 21 ta bahr bo ‘lib,o ‘zbek g ‘azaliyotida faqat Navoiy ularning ko ‘pchiligini qo‘llagan.
XV asrdan g ‘azal o ‘zbek she’riyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi.Navoiy o ‘zbek tilida 2600 dan ortiq g ‘azal yaratib,bu janrning g ‘oyaviy-tematik doirasini kengaytirdi,uni hayotga yaqinlashtirdi,realistic tamoyillarni kuchaytirdi.Keyinchalik o ‘zbekk she’riyatida Hamza,Cho ‘lpon,Xurshid,G ‘afur G‘ulom,Sobir Abdulla,HAbibiy,Charxiy,Chustiy,Xolis,Vosit Sa’dulla,Jumaniyoz Jabbarov,Erkin Vohidov,Abdulla Oripov,Jamol Kamol va boshqalar g ‘azalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar,shu bilan birga,an’anaviy ishq-u oshiqlik mavzuida ham ko ‘plab badiiy barkamol g ‘azallar yaratdilar.
Dastlab, (masalan,Abdulqodir Marogiy ko ‘rsatishicha,XIV-XV asrlarda) «navbat» deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida,asosan,fors tilidagi she’rlar bilan ijro etilib,2 sarxona va bozgo ‘ypan iborat bo ‘lgan.
G‘azal urdu,hind,fors,panjob,gujarot va boshqa tillarda kuylanib,unda Xusrav Dehlaviy,Kabir,Surdas,Mirzo G‘olib,Muhammad Iqbol,Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning she’rlari asosiy o ‘rin tutadi.XX asrda g ‘azalning zamonaviy shakllari rivoj topib,ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan,Roshan Ara begim,Bare G‘ulom Ali Xon,Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar,Muhammad Rafi va boshqalar) da keng ijro etilmoqda.
Tuyuq-lirik janr.u arabiy va forsiy adabiyotda yo ‘q.Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Tuyuq 4 misrali she’r bo ‘lib,aruzning ramal bahrida yoziladi; a-a-b-a, ba’zan a-b-v-b tarzida va favqulodda xillarda- a-a-a-a o ‘lchovida qofiyalanadi.Biroq Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi.Masalan:
Ul pari ishqida devonani,
Eyki,istarsen,kelib gulxanda ko‘r.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey ko ‘ngul,nazzora qil,gulxanda ko‘r.
O‘zbek mumtoz she’riyatida Lutfiy va Alisher Navoiy tuyuqning eng go‘zal namunalarini yaratgan.
Tuyuq so‘z o‘yini asosida tajnis qofiyasida beriladi.Tajnissiz tuyuqlar ham bor.Tuyuqning dastlabki namunalari xalq og‘zaki ijodida uchraydi.Bizgacha yetib kelgan tuyuqlar Burhoniddin Siyosiy (XIV asr) qalamiga mansub. «Qutadg‘u bilig» da ham tajnisli to ‘rtliklar bor,biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan.Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida tuyuqni birinchi marta janr sifatida belgilab o‘tgan va shakllantirgan.Bobur o ‘zining «Aruz risolasi» asarida tuyuqni turkiy she’riyat shakllaridan biri sifatida baholagan.Tuyuq hozirgi she’riyatda birmuncha boshqa nomlarda uchraydi.Xususan,ozarbayjonda bayot,turklarda ma’ni,turkmanlarda la’li.Mumtoz adabiyotda Lutfiy,Navoiy,Habibiy,Charxiy,Sobir Abdulla va boshqalar ijodida tuyuqning yetuk namunalari mavjud.
Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.R.Orzibekov «O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi»»,Toshkent,
2.R.Vohidov « Navoiyning ikki durdonasi».Toshkent: ‘‘Fan’’ ,1992.
3.Lutfiy.Devon.Gul va Navro‘z.Toshkent,1965. Yana Lutfiy.Sensan sevarim.O‘zbek she’riyati bo ‘stoni.G ‘afur G ‘ulom nomidagi ASN,Toshkent-1987,764-bet.
4.O ‘zbek adabiyoti.To ‘rt tomlik,I tom.Toshkent,1977.
5.Valixo ‘jayev B. «Malik ul-kalom Mavlono Lutfiy».Samarqand,1999. Yana mumtoz siymolar .Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi.Toshkent-2002, 84-171-betlar; Husayn Boyqaro- «Husayniy» she’riyati.Mumtoz siymolar. 3-83-betlar.
6.Nasimxon Rahmonov «O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi» Toshkent-2014.
7.R.Vohidov,H.Eshonqulov «O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi» Toshkent-2006. 185-196-betlar.
8.Umidjon Qoziyev «O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi» Namangan-2016.
9.H.Boltaboev,N.Rahmonov. Mumtoz adabiyot namunalari. 1-2- jild.Toshkent,2003.
10.Mallayev N. «O‘zbek adabiyoti tarixi»,Toshkent.1976.
Mavzu yuzasidan tayyorlangan testlarni bajaring.
1.Lutfiyning «Xoh inon,xoh inonma» g ‘azali ta’sirida kim g ‘azal yaratgan?
A) Nodira
B) Furqat
C)Navoiy
D)Mashrab
2. «Gul va Navro ‘z» dostonining muallifi kim?
A)Sakkokiy
B)Navoiy
C)Lutfiy
D)Haydar Xorazmiy
3.Lutfiy dunyodan o ‘tganda Navoiy necha yoshda edi?
A) 20
B) 22
C) 24
D) 26
4.Lutfiy ijodining qancha qismini g ‘azal tashkil etadi?
A) 70 foizini
B) 75 foizini
C) 80 foizini
D) 90 foizini
5. «Xoh inon,xoh inonma» g ‘azalining radifida qanday she’riy san’at qo ‘llangan?
A)Talmeh
B) Tanosub
C)Tardi aks
D)Tazod
6.Tuyuq qaysi adabiyotga xos?
A) Arabiy
B) Forsiy
C)Turkiy
D)Noto ‘g ‘ri javob yo ‘q.
7.Dehikanor hozirgi kunda qayerga to ‘ g ‘ri keladi?
A)Nangobod
B)Hirot
C)Muzrabod
D)Sherobod
8. «Xoh inon,xoh inonma» g ‘azali qanday mavzuda bitilgan?
A)Ko ‘ngil
B) Ishq
C) Tangri Taolo
D) Yorning jamoli
9. «Qiladurg‘on bu ko‘nguldir,bu ko‘ngul» radifli g‘azalining vaznini aniqlang.
A)Hazaji musaddasi mahzuf
B)Ramali musammani mahzuf
C)Hazaji musammani axrabi makfufi maqsur
D) To’ g ‘ri javob yo ‘q
10. «Dog ‘i bor» tuyuqida qanday badiiy san’at qo ‘llangan?
A)Talmeh
B)Tanosub
C)Tazod
D)Tajnis
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Mumtoz adabiyotimizda kimlarning ijodida tuyuqning eng go ‘zal namunalari uchraydi?
2.Lutfiyning «Qiladurg‘on bu ko‘nguldir,bu ko‘ngul» radifli g‘azali ta’sirida kim g‘azal yaratgan?
3.Alisher Navoiy Lutfiy haqida qaysi asarlarida ma’lumot berib o’tgan?
4.G ‘azal tuzilishiga ko ‘ra qanday mustaqil turga ajraladi?
5.Bizgacha Lutfiy turkiy (o ‘zbekcha) devonining XVI-XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan jami nechta nusxasi yetib kelgan?
Mavzu yuzasidan topshiriq.
1.Lutfiyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
2.Lutfiyning bironta tuyug ‘ini yoddan aytib bering.
3.Lutfiy g ‘azallaridan birontasini tahlil qiling.
4.Lutfiyning o ‘zbek xalq maqollarini qo ‘llagan g ‘azallarini toping.
5. «Men g‘azal shaydosiman» mavzusida insho yozing.
Download 59.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling