Reja: Lutfiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot


G‘azallar «Xoh inon,xoh inonma» radifli g ‘azali


Download 59.94 Kb.
bet2/7
Sana09.04.2023
Hajmi59.94 Kb.
#1346375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hamida zirovatova

G‘azallar
«Xoh inon,xoh inonma» radifli g ‘azali
Sensan sevarim,xoh inon,xoh inonma,
Qondur jigarim,xoh inon,xoh inonma.

Hijron kechasi charxi falakka yetar,ey moh,


Ohi saharim,xoh inon,xoh inonma.

Haqqoki,qilich kelsa boshimg ‘a eshikingdin


Yo ‘qtur guzarim,xoh inon,xoh inonma.

Usruk ko ‘zing ashkolina har gah nazar etsam,


Qolmas xabarim,xoh inon,xoh inonma.

Yoqub bikin ko ‘p yig ‘idin qolmadi sensiz


Nuri basarim,xoh inon,xoh inonma.

Oy yuzung ‘a ko ‘z solg ‘ali o ‘zga kishi birla


Yo ‘qtur nazarim,xoh inon,xoh inonma.

Ishq o ‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,


Ey siymbarim,xoh inon,xoh inonma.
Bu g ‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan.Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof o ‘zbekcha bo ‘lgan so ‘zlardan tashqari,fors-tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko ‘p uchraydi. «Turkona» deyilganda shu narsa ko‘zda tutiladi-ki,she’rda o‘zbekcha so‘z va iboralar qo‘llash asosiy o‘rin tutadi.
G‘azal-an’anaviy yetti baytdan iborat.An’anaviyligi shundaki,o ‘zbek mumtoz she’riyatida ko ‘p g ‘azallar aynan yeti qo ‘shmisradan tashkil topgan bo‘ladi.She’r aruzning nisbatan murakkab turlaridan biri bo ‘lmish hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (yoki maqsur),ya’ni maf’uvlu-mafoiylu-mafoiylu-faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan.Taqte’si: --V/ V—V/V—V/V--( yoki V - ~).
G‘azalda ishq mavzusi qalamga olingan.Lirik qahramon oshiq nomidan so‘zlaydi.To ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri ma’shuqaga murojaat qiladi.Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko ‘zda tutilganini ham unutmaslik kerak.
Qofiyasi («sevarim-jigarim-saharim-guzarim-xabarim-basarim-nazarim-siymbarim») va radifli («xoh inon,xoh inonma»)- juda jarangdor.Asar qurilishida ularning alohida o ‘rni bor.Xususan,radifning to ‘rt so ‘zdan tashkil topgani,amalda sakkiz misrada ularning qaytarilishi ohang ustuvorligini kuchaytirgan.Radifning o ‘zida tazod bor. «xoh inon» bilan «xoh inonma» o ‘rtasidagi o ‘zaro ma’no zidligi asarga alohida badiiy joziba baxsh etgan.
«Inonma»-hozirgi tilimizda mavjud «ishonma» so ‘zining XV asrdagi shakli.Mamlakatimizning ayrim hududlarida (masalan,Buxoro viloyatida),shuningdek,Afg ‘onistondagi o ‘zbek shevalarining ba’zilarida hozir ham «ishonma» shakli ishlatiladi.
G ‘azalning tili-sodda,ravon.Murakkab,falsafiy-tasavvufiy so ‘z va timsollar-uchramaydi hisob.Shuning uchun g ‘azal mazmuni-bugungi o ‘quvchi uchun ham tushunarli.Baytlar yengil kayfiyat,ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi.Hozirgacha hofizlrimiz bu g ‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham shundan bo ‘lsa kerak.Bu g ‘azal ham mumtoz yo‘lda,ham zamonaviy estrada usulida ashula qilingan.
Matlada,radif («xoh inon,xoh inonma») dan tashqari,to ‘rttagina («sensan»,«sevarim», «qondur» va «jigarim») so‘z ishtirok etgan.Bu birinchi bayt amalda yorga oshiqlikni anglatadi,xolos.Lekin qo ‘shmisra mazmunidan uning to‘g‘ridan to‘g‘ri yorga murojaat ekani bilinib turibdi.
Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron (ayriliq) kechasida sahargacha oh chekkani,bu charxi falakka yetgani aytiladi.Birinchi misra oxiridagi « moh » so ‘zi bilan ikkinchi misra boshidagi «oh» o ‘zaro ohangdoshlik paydo qilganki,bu ham shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.
Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi.Buning uchun avval «guzar» so ‘zining ayni matnga xos ma’nosini tushunib olish kerak.Agar bu so ‘zni «o ‘tish»deb anglasak: «Xoh inon,xoh inonma,Xudo haqqi,boshimga qilich kelsa ham,eshiging oldidan o ‘tmayman»,-degan g‘azaldagi umumiy mantiqqa zid ma’no –mazmun kelib chiqadi.Shuning uchun bu so‘zni «ketish» ma’nosida tushunish lozim.Shunda: «Xoh inon,xoh inonma,Xudo haqqi,boshimga qilich kelsa ham,eshiging oldidan nara ketmayman»,-degan to‘g‘ri ma’no anglashiladi.
To‘rtinchi baytda lirik qahramon har vaqt yorining suzuk «usruk» ko ‘zi shakliga qaraganida hushidan ketib qolishi («qolmas xabarim» ) ni aytib: «Bunga xoh ishon,xoh ishonma» ,-deydi.Xuddi ikkinchi baytdagi kabi to ‘rtinchi qo‘shmisra birinchi satrida «nazar» so ‘zi qo ‘llangan: uning g ‘azal qiyofasidagi so ‘zlarga (ular orasida «nazarim» ham uchraydi) umumiy hamohangligi bor.
Beshinchi baytda talmeh san’ati ishlatilgan.Shoirning lirik qahramoni Yoqub alayhissalom kabi ko ‘p yig ‘layverganidan keyin «nuri basari qolmagani», ya’ni ko ‘zlari ko ‘r bo ‘lganini aytadi.Yoqub alayhissalom o ‘g ‘li-Yusuf alayhissalom dardida ko ‘p yig ‘lab,ko ‘r bo ‘lgan.Bu mumtoz she’riyatimizda ko ‘p bor tilga olinadigan yoki unga ishora qilinadigan tarixiy voqealardan biri hisoblanadi.Lirik qahramon yori ishqida yig ‘layverib,ko ‘zdan qolganini aytish uchun shu talmehdan foydalanadi.
Oltinchi baytda yana bir muhim nuqtaga e’tibor qaratiladi.Yor timsolida zimdan Tangri taolo ko ‘zda tutilgani uchun u hamisha yakka-yu yagona zot sifatida ta’riflanadi.Bu baytda ham lirik qahramon yorini o ‘zga kishi bilan yonma-yon ko ‘rishni istamasligini ta’kidlaydi.Biroq: «Oy yuzung ‘a ko ‘z solg ‘ali o ‘zga kishi birla yo ‘qtur nazarim…»,-deyish orqali shoir matn mag ‘ziga: «Sening oydek yuzingga boshqa kishining boqishini istamayman»,-degan fikrni ham singdirgan bo ‘lsa,ajab emas.Shoir yorni «Oy yuzli» deb ta’riflagani uchun ham shunga mutanosib ravishda maqtada uni «siymbarim» deydi.Oyning oqligi bilan siym,ya’ni kumushning oqligi o ‘rtasida kuchli o ‘xshashlik bor.
Bu ikki qo ‘shmisra aro yana bir mutanosiblikni sezmaslik mumkin emas.
Oltinchi baytda yor yuzi tilga olingan edi.Maqtada lirik qahramon,g ‘azaldagi maqsad-muddaosidan kelib chiqib,o ‘z yuzi haqida ham unga eslatib qo ‘yishni unutmaydi: Lutfiyning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg ‘ayib ketib,oltinni yashiradigan darajaga yetdi,ya’ni shunchalik sarg ‘aydiki,buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo ‘lmay qoldi!
Lutfiy g ‘azallari bunday go ‘zal badiiy topilmalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Adabiyotimizda mashhur g ‘azallarga naziralar bitish,ya’ni uning qofiya va radifidan foydalanib,o ‘xshatmalar yozish an’anasi shakllangan.Lutfiyning bu g‘azali ta’sirida Boborahim Mashrab (1640-1711) ham bir tazmin g ‘azal yaratgan.

Download 59.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling