Reja: Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va madaniyat
HAYVONLARNING INTELLEKTUAL HARAKATLARI
Download 356.55 Kb.
|
Reja Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va
HAYVONLARNING INTELLEKTUAL HARAKATLARI
Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil qiladi. YUksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni paykay (baholay) oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko`ra oladilar. Bunday harakatni aqliy (intellektual) harakat tipi deyish mumkin. Olimlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o`ringa qo`yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko`zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko`nikmalarning tarkib topishi hamda harakat shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi. Maymunlar intellekti (aqli) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo`nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo`llariga tushib qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo`laklarga ajratadilar, odamlarni har xil usullar bilan o`z qafaslari oldiga jalb qiladilar, erda sudralib ketayotgan hashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo`lgan. Boshqa hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo`l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog`liqdir. "Qo`l"ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Ma`lum sharoitlarda maymunlarda harakatlarning instinktiv shakllari ham nomoyon bo`ladi. Biroq yuksak darajada taraqqiy etgan maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq qiladi. Masalan uy qurish jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko`rar ekan. Instinklarda tashqi sharoit hisobga olinar ekan. Maymunlarda ko`nikma hosil qilishning ham o`ziga xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko`nikma tez shakllantirilsa, maymunlarda bu jarayon biroz murakkab kechadi. Maymunlarning "qiziquvchanligi" natijasida ularning diqqatini ko`pincha biror harakat va ob`ektga qaratish, to`plash qiyin. Download 356.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling