Reja: Mahalliy davlat orginlarning olib borishi lozim bo’lgan vakolatlari
-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topsh
Download 39.5 Kb.
|
ma\'muriy huquq kazus1
59-modda. Ma’muriy hujjatni bekor qilish, o‘zgartirish yoki haqiqiy emas deb topsh
Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Qonunchilikda ma’muriy hujjatlar faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o‘zgartiriladigan hollar nazarda tutilishi mumkin. Ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish zaruriyati qonunchilikdagi o‘zgartishlar, jamoat manfaatlariga bo‘lgan tahdidning oldini olish, ma’muriy hujjatning qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatni o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli. Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, ma’muriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, o‘z mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki ma’muriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan bo‘lsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozim. Manfaatdor shaxsning ishonchi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar: manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa; manfaatdor shaxs o‘ziga ma’muriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan bo‘lsa; manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning g‘ayrihuquqiyligini bilgan yoki o‘z aybiga ko‘ra bu haqda bilmagan bo‘lsa; ma’muriy hujjat aldash, tahdidlar yoki ma’muriy organga boshqacha tarzda g‘ayrihuquqiy ta’sir ko‘rsatish oqibatida qabul qilingan bo‘lsa; qonun manfaatdor shaxslar ishonchining himoyasini hisobga olmagan holda ma’muriy hujjatni bekor qilishni talab etsa. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu modda yettinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda g‘ayrihuquqiy ma’muriy hujjat orqaga qaytish kuchi bilan, uni bekor qilishning yoki yo‘q qilishning aniq paytini belgilash orqali bekor qilinishi mumkin. Manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan yoki muqarrar bo‘lgan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi. Mulkiy zararning o‘rnini qoplash ma’muriy hujjatning mazmuniga ko‘ra manfaatdor shaxs olishi kerak bo‘lgan naf miqdoridan oshmasligi kerak. Mulkiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bekor qilinganligi haqida xabardor qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida taqdim etilishi mumkin. qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita ma’muriy hujjatning o‘zida nazarda tutilgan bo‘lsa; agar ma’muriy hujjat bilan qo‘shimcha majburiyatlar bog‘liq bo‘lsa va manfaatdor shaxs ularni bajarmagan bo‘lsa; agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat asosida o‘ziga berilgan pul mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo‘lsa; agar ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish ushbu hujjat yuborilgan manfaatdor shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor shaxslarga qiyinchilik tug‘ilmasa. Xuddi shunday mazmundagi ma’muriy hujjatni takroran qabul qilish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni tegishli asoslarda bekor qilishga yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ilgari qabul qilingan ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ma’muriy hujjatni qabul qilayotganda ma’muriy organ bekor qilinayotgan yoki o‘zgartirilayotgan ma’muriy hujjatning qaysi qismi va qaysi vaqtdan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotishini belgilashi kerak. Ma’muriy hujjat qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bu moddada ma’muriy hujjatlarni haqida malumot berilgan shundan kelib chiqan tarzda ushbu qonuni bekor qilish huquqiga ega ekanligi bilishimiz mumkin. Va kazusda ham ko’rishimiz mumkinki qaror bekor qilingan. Qonunga zid emasligi ma’lum bo’ladi. Mamuriy hujjatlarni ustudan shikoyat qilsh va uni bekor qilish haqida 60-modda keltirilgan. Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling