Reja: Mahsulot sifati


Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi


Download 26.18 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi26.18 Kb.
#1509715
1   2
Bog'liq
maxsulot sifati

4.3. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me'yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig`ida yemirishilishi mumkin bo`lgan mahsulot sifati ko`rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo`yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko`rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.
Mahsulot sifatini bir me'yorda bo`lishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o`rin egallaydi.
Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi.
Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat-o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir.
Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o`zgartmalar kiritishdan iborat.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi.
Shuning uchun bu tizim o`zaro bog`langan mahsulot sifatini boshqarishni ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig`indisi sifatida ko`zda tutilgan bo`lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi.
Download 26.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling