Reja: Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va ahamiyati Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli Kirish
Xarajatlar taqsimoti jarayonida ushbu tushunchalarga e’tibor berilishi lozim
Download 30.32 Kb.
|
moliyaviy h
Xarajatlar taqsimoti jarayonida ushbu tushunchalarga e’tibor berilishi lozim
Xarajatlarni taqsimlash Bu - xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq obyektlar bo’yicha guruhlash jarayoni Bu - o’sha joyda qilingan xarajatlar hisobga olinishi lozim bo’lgan tashkiliy bo’lim yoki alohida hisobga olinadigan bo’g’in Xarajatlar obyekti Bu - nisbatan o’z mustaqilligiga ega bo’lmagan, lekin oxirgi moliyaviy natijalarni, qilingan xarajatlar, chiqimlarni aniqlashda bularning ham ulushini aniq belgilash lozim bo’lgan eng quyi ishlab chiqarish bo’g’inlar Xarajatlarni hisobga olishning “to‘liq xarajatlar” usuli xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to‘liq tannarxi qanchani tashkil qilganini ko‘rsatadi. Bu shu xo‘jalik yurituvchi subyektda moliyaviy hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarini olib borish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun, albatta, ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini “o‘zgaruvchan xarajatlar” usuli orqali hisoblash ham joriy qilinishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib me’yoriy miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari “normativ xarajatlar” usulidan ham foydalaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki sotish hajmi aniq bo‘lgan vaqtda oldindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan xarajatlar normasidan foydalangan holda, imkon qadar aniq belgilash mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish va yuritish maqsadida xarajatlarni ikkita asosiy obyekti guruhiga qarab taqsimlash lozim: tarkibiy tuzilmalar va mahsulot bo‘yicha. Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1.Xarajatlar markazi bo‘yicha xarajatlarni yig‘ish; 2.Yig‘ilgan xarajatlarni sexda qayta ishlanadigan aniq mahsulotga olib borish. Tannarxni kalkulyatsiya qilishda xarajat turlari xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi uchta usuldan biri tanlanishi mumkin: Tannarxni barchaxarajatlar bo’yicha hisoblab topish - tannarxni kalkulyatsiya qilishning“to‘liq xarajatlar” usuli (absorprtion costing). Tannarxni faqato‘zgaruvchan xarajat turi bo‘yicha hisobgaolish - tannarxni kalkulyatsiya qilishning “direkt-kosting” usuli (direct costing). Tannarxni belgilangan xarajatlar normasi miqdorida hisobga olish - tannarxni kalkulyatsiya qilishning “normativ xarajatlar” usuli (standard costing). Bu usullarning har biri turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’ladi. 2-chizma Download 30.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling