Reja: Makroiqtisodiyot fanining kelib chiqishda Klassik va Keyns maktab vakillarining tutgan o’rni


Klassik iqtisodchilar va Keynschilarning iqtisodiy muvazanat nazaryasi


Download 280 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi280 Kb.
#1039718
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sof export funksiyasi.Importga chegaraviy moyillik

Klassik iqtisodchilar va Keynschilarning iqtisodiy muvazanat nazaryasi.
Klassiklar nazariyasi asosida ikkita asosiy tushuncha mavjud. Birinchidan, to‘liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining (Y = S+I+G+Xn) yetishmasligi (ya’ni, AD AS bo‘lishi) mumkin emas. Ikkinchidan, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Pul bozori investitsiya va jamg‘armalar tengligini hamda to‘liq bandlik sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga (Y*) teng.
Klassik iqtisodchilar jamg‘arish talabning yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg‘arilgan so‘m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi. Agarda, tadbirkorlar uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chikarish hamda bandlik darajalari doimiy bo‘lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‘ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg‘arma va investasiyalarning tengligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi.
Bilamizki, iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitiga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham boshqa bir iqtisodchilar klassik nazariyaning asosiy jihatlarini tankid qila boshladilar.
Keyns nazariyasining eng qimmatli jihati shuki, u bozor iqtisodiyotida ish bilan to‘la bandlikni ta’minlaydigan xech qanday mexanizm yo‘qligini isbotladi. Makroko‘lamda iqtisodiyot muvozanatga erishish mumkinligi, lekin shunda ham ma’lum miqdorda ishsizlik va inflyasiya saqlanib qolinishini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tasodif ekanligini, kapitalizm o‘z-o‘zidan tartibga tushib, rivojlanib ketavermasligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyasiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‘armalarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning bekarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosiblikning asosiy sabablaridan biri rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg‘armalarning bir-biriga mos kelmasligidir.
Bunga sabablardan biri shundaki, jamg‘arish va investitsiyalash to‘g‘risidagi qonunlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishadi. Ikkinchidan, jamg‘aruvchilar va investorlarni jamg‘arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi.

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling