Reja: Makroiqtisodiyot fanining kelib chiqishda Klassik va Keyns maktab vakillarining tutgan o’rni


Download 280 Kb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi280 Kb.
#1039718
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sof export funksiyasi.Importga chegaraviy moyillik

Keynschilar fikricha, jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‘arishadi. Jamg‘armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy xo‘jaliklari oila boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‘armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma va investitsiya¬lar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga harakat kilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalarning ko‘payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z vaqtida investitsiyaning o‘sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab beradi.

Keyns modelida jamg'arish va investitsiya

Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
«Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa eng barqaror komponent bo‘lgan investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar — moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va investitsiyalar miadorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan uzgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiyiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi (E=C+I+G+Xn) grafigi, iste’mol funksiyasi (S = a + v(U-T)) grafigi ko‘rinishidagidek bo‘lib unga nisbatan I+G+Xn mqdorda yuqoriga surilgan bo‘ladi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‘rib chiqish jarayonini soddalaiggirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (U) o‘zgarishiga bog‘liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to‘lig‘icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo‘shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar.

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling