neoklassiklar, davlat aralushuvi siyosatining doimiy opponentlari;
monetaristlar, ko’p masalada neoklassiklar bilan fikrlari bir, lekin pul instrumentlar orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solish zarurligini e’tirof etishadi;
yangi Makroiqtisodiyot maktabi, xozirgi vaqtda davlat aralashuv siyosatining eng katta raqiblaridan biri.
Bu to‘rtda maktablar o‘rtasida davom etayotgan baxslar asosan bozor mexanizmlarini faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, aniqrogi, makroiqtisodiy maqsadlarga erishishda bozor mexanizmlarining samaralidorlik masalasi ko‘ndalang turadi.
Asosiy kelishmovchiliklar uchta savolga taqaladi:
1) narxlar va ish xaqi stavkalari egiluvchalinligi; 2) umumiy taklifning egiluvchanligi;
3) «kutishlarning» iqtisodiyotdagi o‘rni.
Ishsizlik bo‘yicha davlat siyosati: klassik va keynscha yondashuvlar
Davlatning ishsizlikka nisbatan olib boradigan siyosatiga kelsa, bu yerda bir xil nuqtai nazar yo‘qligini aytib o‘tish joizdir. Ishsizlikka va uni tartibga solish masalalariga klassik va keynscha yondashuvlar mavjuddir. Bu qarashlar mehnat bozori faliyatini klassiklar va keynschilar tomonidan turlicha tushunishga asoslangan.
Klassik maktabda mehnat bozoridagi muvozanat g‘oyasi hukmronlik qiladi. Har qanday bozordagi kabi, mehnat bozorida ham, agar u o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, muvozanat yuzaga keladi, iqtisodiyot esa uzoq muddat mobaynida to‘liq bandlik darajasiga, ya’ni tabiiy ishsizlik darajasiga intiladi. Ishlab chiqarishning tabiiy darajasi gipotezasi (ishsizlikning tabiiy darajasi) amerikalik iqtisodchi M.Fridmenga mansubdir. Agar so‘nish davrida ishsizlik ortsa, buni vaqtinchalik holat deb baholash lozim, jonlanish boshlangach, mehnat bozori o‘zining tabiiy holatiga - to‘liq bandlik darajasiga qaytadi.
Keyns maktabi vakillari tabiiy daraja gipotezasini inkor qiladilar va unga muqobil ravishda ishsizlikning gisterezisi konsepsiyasini ilgari suradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |