Reja: Makroiqtisodiyot fanining kelib chiqishda Klassik va Keyns maktab vakillarining tutgan o’rni


(a+I+G+Xn) Avtonom xarajatlar mi^dori sof eksport funksiyasini hisobga olgan holda quyidagiga teng bo‘ladi: a+I+G+g


Download 280 Kb.
bet5/5
Sana20.12.2022
Hajmi280 Kb.
#1039718
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sof export funksiyasi.Importga chegaraviy moyillik

(a+I+G+Xn)
Avtonom xarajatlar mi^dori sof eksport funksiyasini hisobga olgan holda quyidagiga teng bo‘ladi:
a+I+G+g
Sof eksport funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu erda:
Xp sof eksport;
g — avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaraviy moyillik;
Y — daromad.
m’ = DM / AY;
Bu srda: DM - importga xarajatlarning o‘zgarishi;
AY - daromadlarning o‘zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi.
Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar milliy va import mahsulotlarga bo‘lgan xarajatlar miqdorini oshiradi.
Bunda mamlakatdan eksport miqdori shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (U) miqdoriga bog‘lik bo‘lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (U) o‘zgarishi bilan sof eksport (Xp) o‘rtasidagi bog‘liklik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizig‘i haqiqiy va reja¬lashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo‘lgan (U=E) chiziqni qaysidir A nuqtada kesib o‘tadi. Keltirilgan ushbu chizma “Keyns xochi” nomini olgan. U=E chizig‘da haqiqiy inve-stitsiyalar va jamg‘armalar tengligi saqlanadi. A nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o‘zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.
Klassik iqtisodchilar to‘liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdori yetishmasligi mumkin emas, shunday bo‘lgan taqdirda ham baho va ish haqi kabi dastaklar ishga tushib, barcha muammolarni hal qilishadi, deb hisoblashadi.
Klassik iqtisodchilar nazariyalarining noto‘g‘ri jihatlarini birinchilardan bo‘lib ingliz iqtisodchisi Jon Keyns o’zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» nomli asarida isbotlab bergan.
Klassiklar fikricha, jami talab egri chizig‘i vertikal to‘g‘ri chiziqdan iborat va ishlab chiqarishning real hajmini ifodalaydi. Keynsianchilar fikricha, mahsulotlar narxi va ish haqi egiluvchan emas, shuning uchun jami taklif egri chizig‘i gorizontal o‘qdan iborat.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelida muvozanat darajadagi ishlab chiqarishni ta’minlovchi ikkita omil umumiy xarajatlar va umumiy daromadlarning kesishuv nuqtasida ro‘y beradi. Bu modelda tovar zahiralarining o‘zgarishi muvozanatni ta’minlovchi omil deb saraladi.
Makroiqtisodiy muvozanat potensial YaMM hajmidan kamroq bo‘lgan haqiqiy YaMM hajmida o‘riatilsa retsession uzilish, aksincha bo‘lsa iiflyasion uzilish ro‘y beradi. Avtonom xarajat¬larning oz miqdorga o‘zgarishi yalpi daromadlar hajmida bunga nisbatan bir necha bor ortiq o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.

1. Agapova G. A., Seregina S.F. Makroekonomika. - M.: DIS, 1997.
2. BorrR. Politicheski ekonomika v 2-x tomax. 1-tom.-M., 1995.
3. Burdo M., Viplash CH. Makroekonomika (Evrapeyskiy tekst). -S.Pb: Sudoistroenie, 1998.
4. Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.X., Jumaev Z.A. Makro- i^tisodiyot (ma’ruzalar matnlari). — T.: TDIU, 2000.
5. Makkonell, Kempbell R., Bryustenli JI. Ekonomika. Prin¬sipы problemы i politika. V 2-x tomax. - M.: Respublika, 1992.

  1. Richard Leyard. Makroekonomika. Kurs leksiy dlya rossiy¬skix chitateley. — M.: 1994.

  2. www.google.com.

  3. www.Yandex.ru

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling