Reja: Maktabgacha ta`lim sohasiga hozirgi kun talabi
Download 39.61 Kb.
|
KURS ISHI Marjona
MAVZU: ZAMONAVIY TA’LIM MAZMUNI VA UNGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARI Reja: Maktabgacha ta`lim sohasiga hozirgi kun talabi Maktabgacha ta`limda Germaniya tajribasi M.Montessori pedagogikasining mohiyati Bolalarni aqliy rivojlantiruvchi o`yinlar Darhaqiqat, O`zbekistonning milliy istiqlolga erishish, ijtimoiy va siyosiy sohada sodir bo`layotgan tub o`zgarishlar ta`lim tizimini, jumladan, maktabgacha yoshfagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish, ularni aqliy, ma`naviy, jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayonini yangilashni taqoza etmoqda. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning 26 moddasida “O`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiya .. o`quv jarayoniga joriy etilsin” deyilgan bo`lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Ta`lim berishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarini yaratish va o`quv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash” talab etiladi. Texnologiya yunoncha ikkita “texno”, ‘logiya” so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, mohirlik, ustalik to`g`risidagi ta`limot degan ma`noni anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya esa shu paytgacha ta`lim-tarbiya berishda foydalanib kelgan an`anaviy uslublardan voz kechgan holda yangi, qildiradigan, ijodiy izlanishga chorlaydigan uslublar yig`indisidan mohirlik bilan foydalanishlar. Maktabgacha ta`lim tizimida predmetli yo`nalish mavjud edi. Predmetli ta`lim maktabgacha ta`lim muassasalarida o`zining mazmuniga ko`ra tobora murakkablashib, maktab ta`limiga yaqinlashib boradi. Natijada bolaning o`yin faoliyatiga asoslangan rivojlanish jarayoni uning ruhiy rivojlanishi bilan nomuvafiq murakkab ta`lib jarayoni bilan almashtirildi. Bu holat tarbiyalanuvchilarning dastur vazifalarinin o`zlashtirishlariga ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazdi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo`nalish uyg`unlashtirilib turli xil o`yinlardan foydalani orqali tashkil qilinmoqda. Bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tishda qiziqarli “Aldarko`sa”, “Bilmasvoy”, “Afandi”, “yalmog`iz”, “dehqon bobo”, “Qimmatxon” kabi va shu obrazlar yordamida bog`lanib, didaktik o`yinlaridan foydalaniladi. Bugungi kunda maktabgacha ta`lim sohasida xalqaro aloqalarga keng o`rin berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya tajribalari o`rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijodiy qo`llanilmoqda. Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiya yashab ijod etgan, Gollandiyada vafot etgan. Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun dunyo xalqlari biladi. U bolalar bilan ishlash jarayonida bolalarga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni: ularning qobiliyatlari, qiziqqishlari, bilim darajalarini o`rgandi. Shularga asoslanib didaktik o`yinlar va didaktik materiallar yaratdi. Uning fikricha pedagogika bolaga yordam bermaydi balki, tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham shunday. O`rgatish uslubi bolalarning istagi, qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog`lanmas ekan, bu uslubning samarasi to`g`risida o`ylamasa ham bo`ladi. Biz o`rganib qolgan eski uslubga nazar tashlaydigan bo`lsak, bolalarning istak hohishini hisobga olmasdan hammasini yig`ib, majburlab gapimizni eshitishi, xuddi shunday qilib hikoya qilib berish, namunadagiday rasm chizish talab qilinar edi. Bunday holat bolani chegaralab uning erkin harakat qilish, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik sifatlarini bo`g`adi. Natijada faqat bola ko`r-ko`rona o`zgalarga taqlid qilishdan nariga o`tmaydi. Bolalik inson umrining bir bo`lagidir. Inson butun umr bo`yi oladigan bilimning eng ko`p qismini ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshida egallaydi. Yoshligidan istak, hohishi bo`yicha harakat qilishi, o`ylashi mustaqil fikrlashi uchun oilada ham, bolalar bog`chasida ham kattalar tomonidan sharoit yaratilishi zarur. Bola “kim bilan”, “qachon”, “nima bilan” shug`ullanilishini o`zi hal qilsin. Masalan: hal qilishning barcha bosqichlarini o`zi yecha olsagina mantiqiy fikrlashi rivojlanib boraveradi. Savolga to`g`ri va tez javob berishi uchun kattalar shoshilmasligi kerak. Kech bo`lsa ham bola o`z xatosini o`zi to`g`rilasin, o`z fikrining to`g`riligini o`zi dadil turib isbotlay olsin. M.Montessori pedagogikasining ahamiyati xuddi shunday sifatlarni tarbiyalashga, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilganligidadir. U yaratgan o`yinlar sezgi organlari: ko`rish, eshitish, teri-tuyush. Hid bilish, ta`m bilish orqali narsa va hodisalarni bilib olishga mo`ljallangan “kvadrat tuz”, “bo`sh katakni to`ldir”, “nuqtalat o`yini”, “Loto”, “Rangiga qarab o`rnini top”, “O`z o`rnini top”, “Qaysi biri ortiqcha” o`yinlari shular jumlasidandir. Atoqli italiyalik pedagok, psixiatr vrach M.Montessori 1870-1952 yillarda yashab ijod etgan. U asos solgan bolalar uylariga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jalb qilinib, u yerda tarbiyaning o’ziga xos tizimi amalga oshirildi. U tuyg’u organlarini tarbiyalashni birinchi o’ringa qo’yadi,buning uchun tegishli didaktik material ishlab chiqadi. Mashqlar sistemasi bolalarda muayyan ko’nikma va malakalarni: predmetlarni shakliga,vazni va rangiga qarab farqlash,xilma-xil ovoz va hidlarni bilish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Montessoru foydalanadigan didaktik materiallar o`z-o`zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo`lib, bolalarga, pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug`ullanish imkonini beradi. Lekin bunda sezgi organlarining rivojlanishi nutqning o`sishi bilan bog`lanmas edi. Kattalar tomonidan majburlash, “uni o`yna”, “buni o`yna”, “xato qilding”, “mana bunday bajar” qabilida ish tutish M. Montessori pedagogikasiga zid uslublardir. Uning ta`limi “O`zim bajarishim uchun menga yordam ber” qabilida ish yuritishga asoslangandir. Bola erkin “kim bilan”, “nima bilan”, “qachon” tushunchalarini o`zi hal qilsin. O`zi ko`rib, eshitib, harakat qilib, paypaslab mushohada, ya`ni mantiqiy fikrlay olsin. Maktabgacha ta’lim sohasida pedogogik jarayonga xozirgi kun talablari bolalarni erkin fikrlashga undovchi qanday topshiriqlar, ta’limiy oyinlardan foydalanish lozimligi togrisida tushuncha beradi. Bolalarda erkin , xur fikrlilikni tarbiyalash istagi xalqimizda qadimdan mavjudligini ta’kidlash uchun Xoja Nasriddin xaqidagi rivoyatlardan birida mazkur mavzuga dahldor bo`lgan kichik bir korinish saqlanib qolganligini quyidagicha hikoya qiladi . Xoja Nasriddinning qoshnisi uning oz farzandini kaltaklayotgani ustidan chiqib qoladi. Qoshni xayron boladi. Chunki bola tartibli, doimo ota-onasining aytganini qiladi .Qoshnisi Xoja Nasriddindan kaltaklash sababini soraganida, u quyidagicha javob qiladi: -Togri , bolam buyurgan ishlarimni bekami-ko`st bajaradi. Biroq uning aybi shundaki, men buyurmagan ishlarni bajarishni bilmaydi. Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning davlat ta‘lim standartlariga ko’ra maktabgacha ta‘lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma‘naviy me‘yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko’zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to’g’risida‖gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to’rt yoshgacha), o’rta guruh (to’rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha). Germaniyada esa bolalarga ―nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak‖- degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan boshlab bog’chaga berishga majburdirlar. Ko’pgina nemis oilalari farzandlarini ancha erta bog’chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta‘limning 6 xil turi mavjud bo’lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Yaponiya, Italiya va Xitoy davlatida bolalar asosan 3 yoshdan bog’chaga qabul qilinadi. Faqatgina juda majbur bo’lgan oilalar farzandlarini bolalarga qarash markazlariga berishlari mumkin. Masalan, Yaponiyada bolalar yaslisiga (bolaga qarash markazi) bolani uch oyligidan berish mumkin, lekin bunday holat yaponlar orasida keng tarqalgan emas, chunki bunday yoshda bolani yasliga joylashtirish uchun onada juda jiddiy sabab bo’lishi kerak. Shuningdek bunday ayol jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi. Atrofdagilarning fikri esa yaponlar uchun ―eng asosiy‖ deb hisoblanadi. Yaponiyada bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi. Mamlakatimizda esa bolalar bog’chaga bir yoshdan qabul qilinadi. Farzandi uch yoshga to’lmagan onalarga mehnat qonunchiligida imtiyozlar belgilangan. Davlatimiz maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qamrov masalasini oshirish hamda maktabgacha tayyorlovni to‘liq amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi qonun hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Jumladan, O’zbeksiton Respublikasi ―Ta‘lim to’g’risida‖gi qonunga muvofiq maktabgacha ta‘lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta‘limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. 9, 8-modda Endilikda respublikamizdagi 6 yoshdan-7 yoshgacha bo’lgan barcha ta‘lim olishga layoqati bo’lgan bolalar davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 1 yillik maktabgacha tayyorlov guruhida boshlang’ich sinflarga tayyorlanadi va ularga sertifikat beriladi. Bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda esa ancha ilgari boshlanadi. Masalan, Italiyada bolalar 3 yoshdan-6 yoshgacha maktabga tayyorlanadilar. Bu jarayon davlat bog’chalarida va xususiy katolik bog’chalarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyada esa 1988 yilda «Ta‘lim to’g’risida»gi qonuni kuchga kirgan. Unda nafaqat ta‘lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta‘lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. Singapurda ham maktabgacha ta‘lim ta‘limning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Bog’chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o’qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o’rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog’chalar yo’q. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining barchasi xususiy bo’lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg’armalar tomonidan boshqariladi. Uzluksiz ta‘lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganar ekanmiz, har bir davlat o’ziga xos bo’lgan xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu xosliklar qaysidir jihatdan o’sha mamlakatlarning rivojlanishiga, taraqqiy etishiga ham xizmat qilganligini ko’rishimiz mumkin. Bunga hattoki tarixning ham o’zi guvohdir. Masalan, yaponlardagi bolalar bog’chalarida ta‘lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o’qishdan tashqari bolalarga qo’shiq aytish o’rgatiladi, sport musobaqalari o’tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o’tkazilishidan maqsad – bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo’shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo’shiqchi qo’llanilmaydi, musobaqa o’tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g’oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka g’olib bo’lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo’lni qo’lga berishga yo’naltiradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi. Dunyo bozorini egallagan Xitoy ham bu natijaga ta‘limni isloh qiltish bilan erishdi. Xitoy xalqi butun dunyoga o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so'ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to’ldirganligi buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, farzand tarbiyasida ham bu o’z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas‘ul bo’lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir. Uch oydan boshlab chaqaloq bog’chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o’rgatila boshlanadi. Bog’chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e‘tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang’ich sinfdanoq intizomli bo’lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o’qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir. Xullas, xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalari ularning davlatlarini rivojlanishiga katta xizmat qilib kelmoqda. Xitoyliklarning ―Bir yilni ko’zlasangiz sholi eking, ellik yilni ko’zlasangiz daraxt eking, yuz yilni ko’zlasangiz farzand tarbiyalang degan hikmatidan bugungi kunda zamonaviy davlatlarning deyarli barchasi samarali foydalanmoqda. Shu nuqtai-nazardan, bizning mamlakat ham unib-o’sib kelayotgan barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor qaratmoqda. Bu borada kerak bo’lsa, xorijiy davlatning ilg’or tajribalaridan unumli foydalanish orqali milliy ta‘lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davr talabi hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz ezgu maqsad-uchinchi Renesans davrini barpo etishni rejalashtirgan. Ana shunday ezgu maqsadlarni esa albatta bugungi kunda voyaga yetayotgan avlod amalga oshiradi. Maktabgacha ta‘lim va tarbiya esa ana shu avlodni ta‘limning birinchi bo’g’inidan savodli va tarbiyali bo’lishini ta‘minlashga xizmat qilishi kerak. Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. MTMsining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o‘yinda, mehnatda, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o‘stirish va savod o‘rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko‘nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi. Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‘ulotlar qo‘yiladi. Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni ko‘proq talab etadigan, kam harakatli mashg‘ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg‘ulotga yengilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg‘uloti va shunga o‘xshashlar rejalashtiriladi. Kun davomida mashg‘ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, nutq o`stirish va tasviriy faoliyat va hokazo. Mashg‘ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroqo‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O‘yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin bolaga quvonch bag‘ishlaydi, ijobiy his va kechinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O‘yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg‘otishlari kerak. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o‘yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning axloqiy hislarini, o‘zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O‘yindan bolalardagi o‘zaro o‘rtoqlik, do‘stlik, bir-biriga yordam ko‘rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi. Bolalarning o‘yin bilan shug‘ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli materiallar bilan ta’minlanadi, shu orqali bolalar o‘yinining mehnat bilan uyg‘unlashib ketishiga erishiladi. Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o‘yinlarining hamma xilini syujetli-rolli, qurilish dramalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o‘ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga o‘yin harakatlarini o‘rgatadi, tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda xaqqoniylik prinsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ijodiy o‘yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya’ni mashg‘ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi. Mashg‘gulotlarda va mashg‘ulotdan tashqari vaqtda o‘ynaladigan didaktik va harakatli o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o‘yinlar orqali amalga oshiradi. Xarakatli o‘yinlarda bolalarning jismoniy madaniyatinn tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak. Harakatli o‘yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o‘tkazilishi kerak. O‘rta va katta gurhlarda turli xil sport o‘yinlari o‘tkazib turiladi. Hamma o‘yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta’minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan didaktik va harakatli o‘yinlarni o‘ynaydilar, xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini tashkil eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulq, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e’tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovkatlanishga, mashg‘ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo‘l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo‘jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg‘ulotlarda qo‘l mehnatining yangi turi o‘rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko‘nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o‘stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta’minlash lozim. O‘z-o‘ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va yechinishga o‘rgatiladi. Katta guruh bolalari o‘zlarini har doim batartib (tashqi ko‘rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o‘yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini o‘yin va mashg‘ulotdan keyin joy-joyiga yig‘ishtirib qo‘yadilar. Har kuni ertalabki mashg‘ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o‘yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o‘yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o‘yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o‘yinchoqlar bilan ta’minlaydi, maydonchada, guruh xonasida o‘yin uchun joy tayyorlaydi. O‘yin va mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug‘, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo‘lishi) kerak. Sayrdatabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o‘tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Keyin harakatli o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o‘yinlar tashkil etiladi. MTMda bolalar turmushini tashkiletishga katta e’tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo‘lgan talabini to‘la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi. Bolaning sog‘lombulib, to‘g‘ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo‘lishini, tinchlikni ta’minlaydi. Bolalarning uyg‘onganlarini sekin-astalik bilan turg‘azish kerak. Bola organizmining o‘zgaruvchan tashki ta’sirlarga chidamliligini oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi tadbirlar havo, quyosh, suv vannasi bilan chiniqtirish amalga oshiriladi. Bunga chiniqtiruvchi tadbirlar vaqtini sekin-asta kupaytirib borish, suv temperaturasini pasaytirib borish, kunduzi uyquni ochiqhavoda tashkil etish, bolalar kiyimlarini yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va kechki soatlarda ochik. havoda bo‘lishlarini ta’minlash ularning sog‘lom, barkamol bo‘lib o‘sishlarida katta ahamiyatga ega. Bolalarning ochiqhavodagi faoliyatlarini qiziqarli va maroqli o‘tishini ta’minlash uchun har xil o’yinlar, sport ermak o‘yinlari, kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shart-sharoit yaratiladi. Download 39.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling