turli xil ko’rinishdagi ma’lumotlarni o’zida saqlab turuvchi va dastur ishlash
davomida qiymati o’zgarib boradigan konteyndir. Tushunish qiyin
bo’lganduraa? Kayfiyatni cho’ktirmaymiz. Keling berilgan iboraga, hayotiy
misol orqali o’xshatish berib ko’ramiz: Tasavvur qiling sizning uyingizda
omborxona bor. Tabiiyki u yerda , kundalik yumushlaringizda
foydalanadigan ishchi qurollar (ketmon, lapatka…) va oyingiz tayyorlagan
kampot-u qiyomlar saqlanadi. Kampot shirin bo’lganidan yozning jazirama
issig’ida zo’r ketadi va ombor ham asta-sekinlik bilan bo’shashni boshlaydi.
Lekin omborga kirib, uni ochmaguningizgacha qishin – yozin turaveradi.
O’zgaruvchilar ham bir ombor hisoblanadi. Ular ham o’zida ma’lum bir
toifaga oid qiymatlarni saqlab boradi.
O’zgaruvchilarni e’lon qilish. O’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun birinchi
navbatda uning qaysi toifaga tegishliligi, uning nomi hamda unga beriladigan
qiymatlarni aytib qo’yish talab etiladi.
Tip o’zgaruvchi_nomi = qiymati
Tip deyilganda – int , string , double kabilar nazarda tutildi. O’zgaruvchilarni
e’lon qilish to’g’risida gap ochilganda maktablardagi bir holat ko’zimning
oldiga kelaveradi:
Ustoz: - Kimning bolasisan ?
O’quvchi: – Direktorni.
Ustoz: - O’tir bahoying besh!
Ustoz: - Senchi ?
O’quvchi: - Kirakashni.
Ustoz: - O’tir bahoying uch
Bu maqolamda men operatorlar haqida qisman ma’lumot berib o’taman.
Operatorlar odatda harakat yoki jarayonni (harakat va jarayonni ham
bo’lishi mumkin) ifodalovchi belgidir. Ular matematika va logikani yaxshi
biladigan har qanday inson uchun muammo tug’dirmaydi. Ya’ni ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |