Topilgan elementni ro’yhat boshiga qo’yish orqali qayta tartibga keltirish
Topilgan element birdaniga ro’yhat boshiga joylashtiriladi. Tuzilmadan har safar birorta element izlab topilsa va u ro’yhat boshiga olib borib qo’yilaversa, natijada oxirgi izlangan elementlar ro’yhat boshiga joylashib qoladi va biz oxirgi vaqtlarda izlangan elementlarni tez izlab topish imkoniga ega bo’lamiz.
Boshida q ko’rsatkich bo’sh, p esa ro’yhat boshini ko’rsatadi; p ikkinchi elementni ko’rsatganda, q birinchini ko’rsatadi. Ro’yhat boshi ko’rsatkichi (table) birinchi elementni ko’rsatadi. Ro’yhatda key kalitli element topilsa, u p ko’rsatkich bilan, undan oldingi element esa q ko’rsatkich bilan belgilanadi. Shu topilgan p elementni ro’yhat boshiga joylashtiriladi.
Dastur kodi:
node *q=NULL;
node *p=table;
while (p !=NULL){
if (key == p->k){
if (q == NULL) { //o‘rinlashtirish shart emas
search = p;
exit(0);
}
q->nxt = p->nxt;
p->nxt = table;
table = p;
exit(0);
}
q = p;
p = p->nxt; }
search = NULL;
exit(0);
Do'stlaringiz bilan baham: |