Reja: Malyus qonuni Yorug‘likning qaytishda va sinishda qutblanishi
Download 124 Kb.
|
Yorug‘likning qutblanishi. Yorug’lik to’lqinlarining muhit bilan o’zaro ta’sirlanishi
(11.1)Yorug‘likning ikkiga ajralib sinishini ham, Malyus qonunini ham yorug‘likni bo‘ylama xususiyatidan kelib chiqib tushuntirib bo‘lmaydi. Yorug‘likni ko‘ndalang to‘lqin ekanligidan kelib chiqilsa, bu hodisalar osongina tushuntiriladi. Quyidagi rasmda ko‘ndalang to‘lqin tarqalishini mexanik modeli keltirilgan.
Elektromagnit to‘lqinda vektorlar o‘zaro perpendikulyar bo‘lib, to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikda yotadi (11.2-rasm). Hamma vaqt yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta’siri jarayonida elektr vektori muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham vektor yorug‘lik vektori ham deb yuritiladi. Agar elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayonida yorug‘lik vektori o‘zining oriyentatsiyasini saqlasa, bunday to‘lqin chiziqli-qutblangan yoki yassi qutblangan (to‘lqinlarni qutblanishi termini, ko‘ndalang mexanik to‘lqinlarga nisbatan Malyus tomonidan kiritilgan) deyiladi. Yorug‘lik vektori tebranayotgan tekislik tebranish tekisligi deb (11.2-rasmda, u z tekisligi), magnit vektori tebranayotgan tekislik (x z - tekisligi) esa, qutblanish tekisligi deb yuritiladi. Lazerlar chiziqli qutblangan nur chiqaradi. Yorug‘lik qaytishi va sinishida ham qutblanishi mumkin. Masalan, ko‘k yorug‘lik osmonda qisman yoki to‘la qutblangan bo‘ladi. Biroq, oddiy manbalar nurlantiradigan yorug‘lik (masalan quyosh nuri, lampalar nurlanishi va boshqalar) qutblanmagan. Bunday manbalardan chiqadigan nurlanish har xil vaqtda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p sonli atomlar nurlanishidan iboratdir. Shuning uchun natijaviy to‘lqin vektorining oriyentatsiyasi vaqt bo‘yicha tartibsiz o‘zgaradi. Natijada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tebranishlar o‘zaro teng bo‘ladi. Bunday qutblanmagan yorug‘lik tabiiy yorug‘lik deb ataladi (11.3-rasm, a).Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling