Reja: Malyus qonuni Yorug‘likning qaytishda va sinishda qutblanishi


Download 124 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi124 Kb.
#1490094
1   2   3   4
Bog'liq
Yorug‘likning qutblanishi. Yorug’lik to’lqinlarining muhit bilan o’zaro ta’sirlanishi

Masalan, shisha uchun (n=1,53) Bryuster burchagi 56˚ ga yaqin. Boshqacha qilib aytganda tabiiy yorug‘lik nuri shisha plastinkaga 56˚ burchak hosil qilib tushurilsa qaytgan nur tushish tekisligiga perpendikulyar yo‘nalishda to‘la qutblangan bo‘ladi.

Bryuster qonunining fizik mohiyatini batafsilroq tushunaylik. Yorug‘likning qaytishi va sinishi ikki dielektrik chegarasida emas, balki vakuum bilan dielektrik chegarasida ro‘y berayotgan holda qaraylik. Tushayotgan yorug‘lik elektr maydoni ta’sirida dielektrik tarkibidagi elektronlar tebranma xarakatga keladi. Tebranuvchi elektronlar o‘z navbatida ikkilamchi kogerent to‘lqinlarni nurlantiradi. Ikkilamchi to‘lqinlar birlamchi to‘lqinlar bilan kogerentdir. Bu to‘lqinlar o‘zaro interferensiyalashishi tufayli qaytgan va singan nurlarning yo‘nalishlaridan tashqari barcha yo‘nalishlardagi tebranishlar so‘nadi. Elektron nazariya qaytgan va singan nurlarning tabiatini shu tarzda tushuntiradi. Ko‘p kristallarda yorug‘likning yutilishi yorug‘lik to‘lqini elektr va magnit vektorining yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Bunday xossaga Malyus tajribasida ishlatilgan turmalin kristali ega. Biror qalinlikdagi turmalin kristali o‘zaro perpendikulyar qutblangan yorug‘likni (masalan, Еx) to‘la yutadi va qisman (Еu) to‘lqinni o‘tkazadi. Elektr vektori tebranishi o‘tadigan yo‘nalish plastinkaning ruxsat etilgan yo‘nalishi deb ataladi. Turmalin kristali chiziqli qutblangan yorug‘lik olish uchun qutblovchi polyarizator va yorug‘likni qutblanganligini tekshirish uchun analizator sifatida ham ishlatiladi.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling