Yorug‘likning qutblanishi. Yorug’lik to’lqinlarining muhit bilan o’zaro ta’sirlanishi Reja: 1. Malyus qonuni XIX asrning boshlarida T.Yung va O.Frenel yorug‘likning to‘lqin nazariyasini rivojlantirganda, yorug‘likning to‘lqin tabiati noma’lum edi. Dastlab, yorug‘lik butun olamni to‘ldirib turuvchi muhit–efirda tarqaluvchi bo‘ylama to‘lqin bo‘lsa kerak, - deb o‘ylashdi. Interferensiya va difraksiya hodisalarini o‘rganishda yorug‘likni bo‘ylama yoki ko‘ndalang to‘lqin ekanligi ikkinchi darajali edi. Birinchi marta T.Yung (1816 y.) yorug‘lik to‘lqin xususiyatiga ega ekanligi haqida gapirgan. Frenel ham Yungdan bexabar holda ko‘pgina tadqiqot natijalariga asoslanib kristallarda yorug‘likni ikkiga ajralib sinishi nazariyasini yaratib yorug‘lik to‘lqini ko‘ndalang to‘lqin ekanligi konsepsiyasini ilgari surdi. Bu hodisalardan ma’lum bo‘ldiki, yorug‘lik ko‘ndalang to‘lqin ekan. Asta sekin tadqiqot natijalari yig‘ilib yorug‘likning ko‘ndalang to‘lqin ekanligi uzil-kesil isbotlandi. Fransuz injeneri E.Malyus 1809 yilda o‘zining nomi bilan ataladigan qonunni kashf etdi. Malyusning tajribasida yorug‘lik ikkita bir xil turmalin plastinkasidan o‘tkaziladi (turmalin tiniq yashilroq rangdagi kristall modda). Plastinkalarni o‘q atrofida bir-biriga nisbatan (burchakga burish mumkin (rasm). O‘tuvchi yorug‘lik intensivligi cos2 ga to‘g‘ri proporsional ekan:
Do'stlaringiz bilan baham: |