Reja: Ma’naviy barkamol inson tushunchasi


Download 0.59 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1763356
Bog'liq
Falsafa 304-guruh Yunusova X


O’zekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Amaliy matematika va fizika fakulteti
Matematika-informatika yo’nalishi
304-guruh talabasi
Yunusova Xurshidaning
Falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti
Fan o’qituvchisi: Xamrayeva M.

Reja:

1. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi

2. Falsafa - Ma‘naviy-madaniyatning tarkibiy qismi

3. Falsafiy dunyoqarash nima degani?


Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak? Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi.

Xo’sh falsafa nima?

«Falsafa» atamasi nimani ifodalaydi? «Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan («filio»-sevaman, «sofos»-donishmandlik, degan so’zlar) bo’lib, uning lug’aviy ma‘nosi, «donishmandlikni se-vish» yoki «donishmandlik haqidagi ta‘limot» deganidir. Lekin falsafa fanida «falsafa» atamasi butunlay bosh-qacha mazmunga egadir. U falsafa fanida bir butun dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyat, inson, insonning ularga va o’ziga munosabatlarini, insonning dunyoni nazariy o’zlashtirishini ifodalaydi. Falsafa fani esa ana shu dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyatga insonning munosabatini, uning jamiyatdagi o’rni va rolini, inson bilishi-ning eng umumiy qonunlarini o’rganadi.

FAYLASUFLAR


Arximed yunonistonlik faylasuf, birinchi Muallim.
Ibn Sino o’rta osiyolik faylasuf, olim, “Tib qonunlar” asari muallifi.
Konfutsiy xitoylik “KONFUTSIYLIK” dini asoschisi.

Dunyoqarash

Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya nima, ular qanday tuzilgan? Dunyoning asosida nima yotadi? Insonning o’zi nima? Inson dunyoda qanday o’rin tutadi? Inson ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson dunyoni bila oladimi? Dunyodagi moddiy va ma‘naviy narsalar bir-birlariga qanday munosabatda? Dunyodagi harakat, o’zgarish, rivojlanish nima? Ular qanday sodir bo’ladi? Haqiqat va xato nima, ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Vijdon, imon, nomus, mas‘uliyat, burch, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik nima? Inson shaxsi nima va uni nima belgilaydi? Inson hayoti-ning mazmuni nima, degan masalalar bilan qiziqib, ularga javob izlab va javob berib keladi. Bunday muammolar hatto bugungi kunlarimizgacha davom etib kelmoqda. Insoniyat bu muammolarni hal qila borish bilan birga, bugungi kunda ular yoniga-dunyoning umumiy manzarasi qanday? Insoniyat Yerdagi mavjud tsivilizatsiyani jahonga xavf solib turgan termoyadro halokatidan saqlab qolishi mumkinmi? Insoniyat jamiyatning hozirgi bosqichiga xos bo’lgan qiyinchiliklar, ziddiyatlardan qanday qutula oladi? Insonning xatosi bilan kelib chiqqan ekologik, energetik talofatlarni qanday bartaraf qilish mumkin? Bunday muammolar har doim insonning o’zi yashab turgan dunyoni to’g’ri bilishini, uning dunyodagi o’z o’rnini to’g’ri belgi-lashini, o’z-o’zini to’g’ri anglashi vazifasini qo’yib kelgan. Bu vazifalarni hal qila borish, ularni tushunishga urinish asta-sekin kishilarni falsafiy fikrlashga jalb qilib, ularda falsafiy masalalar bilan shug’ullanishga ehtiyoj tug’dirgan. Kishilarning dunyoni va unga bo’lgan o’z munosabatlarini o’rganishi ularning o’z turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari o’z miyalarida qayta ishlanib, chuqur o’ylagan, nazariy o’zlashtirilgan, ularning e‘tiqodlariga aylangan o’ziga xos dunyoqarashning paydo bo’lishiga olib kelgan.

Qiziqarli

Foydalanilgan adabiyotlar:

    • Source #1
    • Source #2
    • Source #3

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling