Reja: Maqsad − muayyan natijaga erishish yo`l va usullarni belgilovchi omil


Download 218.5 Kb.
bet2/8
Sana20.10.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1711477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
M1

Safarova Rohatoy G`aybullayevna,
O`zPFITI umumiy o`rta ta`lim mazmuni
pragnostikasi bo`limi mudiri, pedagogika fanlari
doktori, professor .
KIRISH
tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz…Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz. O`z davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixini o`zimiz tiklamasak, o`zimiz xolisona yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas.1
I.A.Karimov.

Ta`lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta`lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta`lim maqsadining ta`lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Kraevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o`rganish ta`lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta`lim maqsadi o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta`lim maqsadi ta`lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt va metodistlarning ta`lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta`lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta`lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To`g`ri, davlat va jamiyat ta`lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta`lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta`lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta`lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi.


Ta`lim maqsadi silsilasida ona tili ta`limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki maktab ta`limi ona tilini ta`lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta`lim oluvchi ona tilini ta`lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta`limning barcha tur, bo`g`in va bos`ichlari uchun ona tili ta`limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta`limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi tilshunos bo`lishi shartmi?!
Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, ta`limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta`limining o`ziga xos maqsadi va zarurati mavjud, zarurat esa o`rganilishi lozim.
Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida "O`zbekistonda ona tili ta`limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz "bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?".1 Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta`limida o`qitish maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma`naviy ahamiyat kasb etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta`lim maqsadining uzoq ildizlari bilan tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta`lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta`lim tarixi, ta`lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta`lim maqsadining tubdan yangilanishi, bу maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta`limi nazariyasi va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan. Shuningdek, unda:
−"O`zbekistonda ona tili ta`limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi", degan fikrning noto`g`riligi;
−"ona tilida ta`lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish" tushunchalari bir narsа emasligi;
− ona tilida ta`lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va ta`lim tili tushunchalari bir-biriga mos kelishi;
−ona tili ta`limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida ta`limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi;
−ona tilida ta`lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta`limi mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar batafsil bayon etiladi.
Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta`lim maqsadi tushunchasi, uning ta`lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi esa ona tilida ta`lim va ona tili ta`limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida ta`lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini yoritishga bag`ishlanadi.



Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling